Yoqilg'ining yonish harorati. Yoqilg'i issiqlik isroflarisiz yondirilganda, yonish mahsulotlari qaysi haroratgacha qizisa, shu harorat yonish harorati deyiladi va Tyo bilan belgilanadi. Chunki yoqilg'i real sharoitlarda yondirilganda issiqliq isrof bo'lganligi sababli, yonishning haqiqiy harorati doimo nazariy hisoblangan haroratdan past bo'ladi. NAZORAT SAVOLLARI Havoning tarkibida necha foiz kislorod va azot bor?
Ortiqcha havo koeffisienti nima va u qanday aniqlanadi?
3.4. Yonish mahsulotlarining tarkibi. Yonish mahsulotlarning hajmi Tayanch iboralar: uch atomli gazlar, uglerod oksidi, oltingugurt angidridi, entalpiya Yoqilg'ilarning yonish jarayonida uglerod oksidi CO2, oltingugurt angidridi SO2 va suv bug'i H2O mahsulotlari hosil bo'ladi. Bundan tashqari yonish mahsulotlari tarkibiga azot N2 va ortiqcha kislorod O2 ham kiradi. Uglerod oksidi CO2, oltingugurt angidridi SO2 va kislorod O2 quruq gazlar deb ataladi. Uglerod oksidi va oltingugurt angidridining yig'indisi uch atomli gazlar deb ataladi RO2 = СО2 + SO2 (3.9) Yoqilg'ilarning to'la yonishi uchun, qozon o'thonasiga havoning nazariy sarfiga nisbatan ko'proq havo beriladi. Agar kerakli havo sarfini uning nazariy sarfiga bo'lgan nisbatini olsak, u holda ortiqcha havo koeffisientini aniqlash mumkin: V a= Vo, (3.10) Vx bu erda: VX - yonish jarayoniga xaqiqatdan kerakli havo sarfi; VX0 - nazariy havo sarfi. Qozon o'txonasidagi ortiqcha havo koeffisienti a, ishlatiladigan yoqilg'i turlariga bog'liq. Shu ko'rsatkich qattiq yoqilg'i uchun 1,15 ^ 1,25, suyuq yoqilg'i uchun - 1,02 ^ 1,1 va tabiiy gaz uchun 1,05 ^ 1,1 ga teng. Yonish mahsulotlarning hajmi Yoqilg'ilar to'la yonishi uchun kerak bo'lgan nazariy havo hajmi va natijada hosil bo'lgan yonish mahsulotlari hajmlarini 3.2-jadvalda keltirilgan formulalar yordamida aniqlash mumkin. 3.2 - j a d v a l
VH O= 0,111 и+ 0,01240'и+ 0,0161* V0 h 2 о J J [ [ x
Gaz
V0= 0 0 H H2O + 0,0161*1
z2 CH4+ H. + 'I 1 +S ПС.Н..+ 0.124 dr + 0 2 0 V0 x
Azot
Qattiq va suyuq
V0 = 0,79V0 + 0,008N"
Gaz
VN = 0,79Vx° + 0,01 N2
Shunday qilib, yonish mahsulotlarining jamlangan nazariy hajmi VO = RO 2+VH 2 O+VN 2 (3.11.) Yonish mahsulotlarining haqiqiy hajmi quyidagi formuladan aniqlanadi Vo = VO + (a- 1V . (3.12) Yonish mahsulotlarining entalpiyasi
Entalpiya Н- termodinamik tizimning holat funksiyasi bo'lib, u ichki energiyaning U va bosim Р bilan hajm V ning ko'paytmasi yig'indisiga teng: Н = U + PV . Izobarik jarayon (R=sonst) da entalpiya orttirmasi tizimiga uzatilgan issiqlik miqdoriga teng. Yonish mahsulotlarining nazariy hajmining entalpiyasi quyidagi formuladan aniqlanadi: < .. .. . .. Ap . V . ... ...... VTO =\VRo ■ CRo + V'+ (" + VOo ■ CHo + av Ck p, (3.13) kJ/kg yoki kJm3, Т RO2RO2N2N2H2O H2O у100 k bu erda: CRO , CN , CH O - tutun gazlaridagi komponentlarning issiqlik sig'imi 222 koeffisentlari, gazning berilgan haroratida aniqlanadi, kJ/(m3.K); Ck- kulzarralarning issiqlik sig'imi koeffisenti, kJ/(m3.K); aU - tutun bilan uchib ketgan kul zarralarining qismi; p-tutun gazining harorati, K. NAZORAT SAVOLLARI .Yonish mahsulotlarining tarkibini keltiring.
. Yonish mahsulotlarining hajmi qanday aniqlanadi?
.Yonish mahsulotlarining entalpiyasi nima?
.Entalpiya nimaga teng?
3.6.O‘txona qurilmalari. Qatlamli, kamerali va uyurmali o‘txonalar Tayanch iboralar: o’txona, o’choq, kamera, yuqori temperatura Yoqilg‘ining yonish jarayoni kechadigan qurilma o‘txona deyiladi. Yonish jarayonining borishini ta’ minlaydigan va boshqaradigan uskunalar majmui o‘txona qurilmasi deyiladi. Har qanday o‘txonani yondirish qurilmasi bilan o‘txona bo‘shlig‘i (kamerasi) ning qo‘shilmasidan iborat deb qarash mumkin. Qattiq yoqilg‘ini yoqishda yoqilg‘i bo‘laklarini tutib turadigan panjarali cho‘g‘don yondirish qurilmasi bo‘lib xizmat qiladi. Suyuq va gaz holatidagi yoqilg‘ini yoqishda o‘txonaga to‘zitilgan yoqilg‘ini va yonish uchun zaruriy havoni purkab beradigan forsunka yoki gorelkalar yondirish qurilmasi bo‘ladi. O‘txona va uning yo‘llarida qozonni isish sirtlari joylashadi, ular o‘txonada yoqilg‘i yonganda hosil bo‘ladigan issiqlikni o‘ziga oladi. Hozirgi o‘txonalarda yoqilg‘i shunchalik yuqori temperaturada yonadiki, yoqilg‘ining yonishi natijasida hosil bo‘lgan kul suyuqlanib shlakka aylanadi. O‘txonaning yuqori temperaturasi va o‘txona devoriga o‘tirib qolgan suyuqlangan shlak ta’sirida o‘txonaning ichki qoplamasi tez yemirilishi mumkin. Bundan tashqari, tutun gazlar bilan birga chiqib ketayotgan kulning suyuq zarralari isitish sirtlariga o‘tirib, issiqlik uzatilishini yomonlashtiradi. Shu sababli o‘txona devorlari ekranlanadi, ya’ni ularning oldiga ichida suv aylanib yuradigan metall quvurlar o‘rnatiladi. Yoqilg‘ini yoqish usuliga qarab o‘txonalar qatlamli va kamerali o‘txonalarga bo‘linadi. Qatlamli o‘txonalarda qattiq yoqilg‘i qatlam usulida yoqiladi. Kamerali o‘txonalar changsimon holidagi qattiq yoqilg‘i, suyuq va gaz holidagi yoqilg‘ini yoqishga mo‘ljallangan. Kamerali o‘txonalar mash’alali va uyurmali o‘txonalarga bo‘linadi. Qatlamli o‘txonalar Qatlamli o‘txonaning asosini panjarali cho‘g‘don tashkil etadi. Panjarali cho‘g‘don ustiga ma’lum qalinlikda qattiq yoqilg‘i teng joylashtiriladi va panjara ostidan yonish uchun zarur bo‘lgan havo tabiiy ravishda yoki majburan uzatiladi. Panjarali cho‘g‘don yoqilg‘ini tutibgina qolmasdan yoqilg‘iga havoni o‘tkazish, kul va shlakni kulxona tomonga uzluksiz o‘tkazib turish vazifalarini ham bajaradi. Cho‘g‘dondagi hamma teshik va tirqishlarni ko‘ndalang kesimlari yig‘indisi panjaraning jonli kesimi deyiladi. Panjarali cho‘g‘don o‘lchamlari yoqilg‘i turi va uning bo‘laklarining katta kichikligiga mos ravishda tanlanadi. Cho‘g‘don asosan cho‘yandan quyib ishlanadi va yuzasi katta bo‘lganda, u bir necha bo‘lakdan tashkil topadi. Qo‘zg‘almas cho‘g‘donli va qo‘zg‘almas qatlamli o‘txonalar, yoqilg‘i qatlamini aralashtirib harakatlanadigan cho‘g‘donli o‘txonalar. Qo‘zg‘almas cho‘g‘don ustida harakatlanuvchi qatlamli o‘txonalar. Hozirgi paytda qo‘lda xizmat ko‘rsatiladigan o‘txonalar juda kam uchraydi. Ulardan unumdorligi kam (1-2m/soatgacha) bo‘lgan qozonlarda foydalaniladi. Faqat ba’zi jarayonlar mexanizatsiyalashgan o‘txonalar yarim mexanizatsiyalashgan deyiladi. Bunday o‘txonalarda mexanizatsiyalashgan tashlagichlar ishlatiladi, ular juda mashaqqatli ishdan - yoqilg‘ini cho‘g‘donga qo‘lda tashlashdan ozod qiladi . Bunday o’txonalarni qo’llash qozon unumdorligini 6,5 - 10m/soatgacha oshirish imkonini beradi. Mexanizatsiyalashgan zanjirli cho‘g‘donni qo‘llash qozonning bug‘ unumdorligini 150 m/soat gacha oshirish imkonini beradi. Zanjirli cho‘g‘don yoqilg‘i qatlam - qatlam qilib yoqiladigan hozirgi zamon kuchli o‘txona uskunalarining asosiy qismi hisoblanadi. Yoqilg‘i bunker 1 dan harakatlanayotgan zanjirli cho‘g‘don 4 ga tushadi. U bir - biriga parallel joylashgan uzluksiz ikkita zanjirdan iborat bo‘lib,ularga cho‘g‘donlar mahkamlangan. 3.4-rasmda qatlamli o‘txonalar sxemasi keltirilgan.