"Biblis" atom elektrstansiyasining asosiy issiqlik sxemasi. Germaniyaning “Biblis” atom elektr stantsiyasida 1500 min-1 aylanish tezligiga ega bo'lgan, 1200 MVt quvvatga ega bo’lan turbina agregati o'rnatilgan (- rasm). “Biblis” AES reaktordan iborat bo'lib, bug’generatori bilan to'rtta tayanch va bitta turbina mavjud. Reaktor umumiy quvvati Qr = 3517 MVt. Reaktorga kirishdagi ishchi jismni ya’ni suvning harorati 284,7 ° C, chiqishdagi harorati 316,6 ° C da, konturdagi bosim esa 15,4 MPa (reaktordan chiqishda). Yuqoridagi suv suvli energetik reactor (SSER) atom stansiyasining yuqoridagi sxemalarida bo'lgani kabi, bug' kompensatori bor (elektr isitgichlar bilan). Kompansatorli isitgichlarning quvvati 4500 kVt, uning to'liq hajmi 85 m3, suv miqdori 45 m3 bo'lgan. Turbina oldidagi bug ' bosimi 4.97 MPa. Yuqori bosimli tsilindrda (YuBTs) turbini chiqadigan joyda, ajratuvchi va bir martalik bug ' bug’ o’taqizdirgich o'rnatilgan. Turbinadagi past bosimli turbinaning kirish qismidagi bug' bosimi 1 MPa, harorat 220 ° C dir. Ajratilgan namlik (separator) deaeratorga tushiriladi va bug’ o’ta qizdirgich isitish bug'ining kondensati YuBTs dan so'ng o'rnatilgan issiqlik almashtirgichga chiqariladi. Yuqori isitgichning bu drenaj sxemasi qurilmaning samaradorligini oshirishga olib keladi. Kondansatorda bosim pK = 0.0039 MPa uchun mo'ljallangan. Bunday sharoitlarda atom elektr stantsiyasining netto FIKi 32,7% ni tashkil qiladi. 7.20- rasmda "Biblis " atom elektrstantsiyasi (Germaniya) sxemasi keltirilgan.