1-reaktor; 2-bug' generatori-issiqlik almashinuvi qurilmasi; 3, 6-nasos; 4-bug'
turbinasi; 5-kondensator. AES larda nafaqat bug' tsikli, balki gaz tsikli ham qo'llanilishi mumkin. 7.30- rasmda gaz turbina siklli bir konturli AES ning prinsipial sxemasi ko'rsatilgan. Issiqlik tashuvchi va ishchi jism sifatida atom reaktori orqali o'tganda radioaktiv bo'lmaydigan gazdan foydalaniladi. Bunday AES lar uchun geliy eng istiqbolli issiqlik tashuvchi hisoblanadi. Gaz yopiq kontur bo'yicha past bosimli kompressor, yuqori bosimli kompressor, regenerativ qizdirgich, atom reaktori, yuqori bosimli turbina va past bosimli turbina orqali o'tadi. Gaz kompressorga kirishidan oldin suv bilan sovitiladi, yuqori bosimli turbina kompressor uchun yuritma hisoblanib, past bosimli turbina esa elektr generator uchun ishlaydi. Ikkikonturli AES tsikli.Ikki konturli atom elektr stansiyasida ikkita issiqlik tashuvchidan foydalaniladi (7.30-rasm). Birinchi konturda oraliq issiqlik tashuvchi, ikkinchi konturda esa - suv va suv bug'i sirkulyasiyalanadi. Yadroviy reaktor 1 da qizdirilgan oraliq issiqlik tashuvchi bug' generator-issiqlik almashinuvi qurilmasi 2 ga kiritiladi, u yerda issiqlik ikkinchi konturning ishchi jismiga beriladi. Keyin issiqlik tashuvchi nasos 3 yordamida reaktorga uzatiladi. Bug' generatori-issiqlik almashinuvi qurilmasi 2 sidan chiqqan bug', bug' turbinasi 4 ga kiritiladi, ishlatib bo'lingan bug' kondensator 5 ga kiritiladi, u yerda to'liq kondensasiyalanadi va nasos 6 yordamida bug' generator-issiqlik almashinuvi qurilmasiga uzatiladi. Ikki konturli atom elektr stansiyalarida odatda ikkinchi kontur birinchi konturdan maxsus biologik himoya bilan ajratilgan bo'ladi. Birinchi konturda issiqlik tashuvchi sifatida suv, organik moddalar va gazlardan foydalaniladi. Suyuq metalli (kaliy, natriy) issiqlik tashuvchilardan foydalanilganda turbinaga kiritilayotgan ishchi jismning boshlang'ich haroratini oshirish imkoniyati tug'iladi, buning natijasida siklning va qurilmaning termik FIK ortadi.