N uzoqov, X. A. Alimov,B. X. Yunisov


rasm. To'yingan bug'li ikki konturli atom elektr stansiyasining sxemasi



Yüklə 2,26 Mb.
səhifə79/96
tarix12.10.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#154481
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   96
jdownloads texnika mmp qozon-qurilmalari-darslik

rasm. To'yingan bug'li ikki konturli atom elektr stansiyasining sxemasi.

1-atom reaktori; 2-bug' generatori; 3-bug' turbinasining yuqor bosimli qismi; 4-
separator; 5-bug'-bug'li o'ta qizdirgich; 6-bug' turbinasining past bosimli qismi; 7-
kondensator; 8-suvni regenerativ qizdirish tizimi.
2.1.7-rasmda K-500-65/3000 bug' turbinali AES ning prinsipial sxemasi ko'rsatilgan (quvvati 500 MVt, bug'ning bosimi 6,35 MPa, valning aylanishlar soni 3000 ayl/daq), 7.31-rasmda, i-S diagrammada bug' holatini o'zgarish jarayoni ko'rsatilgan.
Biologik himoya chegarasida birinchi konturning barcha jihozlari joylashadi, birinchi kontur reaktor 1 va bug' generatori 2 ni o'z ichiga oladi. Bug' generatorida namligi 0,5% ga yaqin bo'lgan 6,35 MPa bosimli to'yingan bug' olinadi, uning holati A nuqtadan aniqlanadi (2.1.8-rasm). Hosil bo'lgan yangi bug' turbina 3 ning yuqori bosimli qismiga kiritiladi, u yerda ishlaydi va 0,342 MPa bosimda uning namligi chegaraviy qiymatga yetadi. Yuqori bosimli qismdan keyin namlik separator 4 da bug'dan ajratib olinadi va B nuqta holatidagi quritilgan bug' bug'- bug'li issiqlik almashinuvi qurilmasi 5 ga o'ta qizdirishga yuboriladi. G nuqta
holatidagi o'ta qizigan bug' turbina 6 ning past bosimli qismiga kiritiladi va u yerda kondensator 7 dagi bosimgacha kengayguncha ishlaydi (D nuqta). Turbina ta'minot suvini regenativ qizdirish tizimi 8 ga ega.

    1. rasmda keltirilgan sxemani hisoblashda oraliq qizdirishga sarflangan yangi bug'ni va separatorda namlikni ushlab qolinishi hisobiga bug' miqdorini kamayishini hisobga olish kerak. 7.32-rasmda birinchi konturida gazli issiqlik tashuvchili ikki bosim turbinali AES ning sxemasi tasvirlangan. AES ning bunday sxemasi Buyuk Britaniyada eng ko'p foydalaniladi. Birinchi konturda issiqlik tashuvchi sifatida karbonat angdird gazi (СО2), ushbu gaz reaktor 1 va bug' generatori 2 orqali gaz haydash qurilmasi 3 orqali haydaladi. Gaz haydash qurilmasini yuritishga turbinaning anchagina quvvati (17% gacha) sarflanadi, ushbu quvvatni kamaytirish uchun gaz haydash qurilmasiga kiriyotgan gazning haroratini kamaytirish lozim bo'ladi. Bu maqsad uchun gaz yo'llari bo'yicha ketma- ket yuqori bosimli 4 va past bosimli 5 majburiy sirkulyasiyali bug' generatorlari o'rnatilgan.





    1. Yüklə 2,26 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin