rasm. Namlik oraliq separasiyalanuvchi va o'ta qizdiriluvchi turbinada
bug' holatini o'zgarish jarayoni.
Yuqori bosimli bug' generatoridan chiqqan bug' turbina 6 ning yuqori bosimli qismiga kiritiladi, past bosimli bug' generatoridan chiqqan bug' - turbina 7 ning past bosimli qismiga kiritiladi. Kondensator 8 dan chiqqan kondensat ta'minot suvi sifatida bug' generatoriga bitta ta'minot nasosi 9 yordamida rostlovchi klapanlar 10 orqali uzatiladi yoki alohida ikkita yuqori va past bosimli ta'minot nasosi yordamida uzatiladi. Ikki konturli AES larning reaktor uchun ruxsat etilgan harorat potensialidan foydalanish nisbati bo'yicha kamchiligi mavjud: ishchi jismning maksimal harorati birinchi konturning maksimal haroratidan ancha past. Organik yoqilg'ida ishlovchi zamonaviy bug' turbina qurilmalarida nisbatan past bosimli to'yingan ishchi bug'dan foydalanish FIK ni pasaytiradi va qurilmani qiyinlashtiradi. Qurilmaning issiqlik iqtisodiyligini oshirishni hamda namlikni oraliq separasiyalash va oraliq o'ta qizdirishlarni qo'llamaslik uchun yangi bug'ni organik yoqilg'ini yoqish hisobiga yoki yangi bug'ning o'zini atom reaktorining o'zida foydalanish hisobiga amalga oshirish mumkin. Olovli o'ta qizdirishni kiritish qurilmani va uning ekspluatasiyasini qiyinlashtiradi, shuningdek yadroviy va organik yoqilg'ilarni qo'shimcha sarflanishiga olib keladi. Eng maqsadga muvofiq sxema ishchi bug'ni atom reaktorining kanallarida qizdirish hisoblanadi.
rasm. Ikki bosimli turbinali AES ning sxemasi.
1-atom reaktori; 2-bug' generatorining korpusi; 3-gaz haydash moslamasi; 4- yuqori bosimli bug' generatori; 5-past bosimli bug' generatori; 6-bug' turbinasining yuqori bosimli qismi; 7-bug' turbinasining past bosimli qismi; 8- kondensator; 9-nasos; 10-rostlovchi ta'minot klapanlari. rasmda shunday o'ta qizdirishli AES ning sxemasi tasvirlangan va bu sxema “to'liqsiz ikki konturli” deb ataladi. Bunda bug' generatorida hosil bo'lgan to'yingan ishchi bug' atom reaktorining maxsus kanallariga yo'naltiriladi, u yerda bug' turbinasi uchun zarur bo'lgan haroratgacha qizdiriladi. Bunday sxema Beloyarsk AES ida qo'llanilmoqda, AES ning turbinasiga kirayotgan bug'ning boshlang'ich bosimi 90 atm va harorati 5000С.