0 S rasm. Bug'li bir konturli atom elektr stansiyasining sikl.
Bug'li bir konturli atom elektr stansiyasining ttsikli2.1.3-rasmda ko'rsatilgan. Tsikl quyidagi jarayonlardan tashkil topgan: 4-1 - ishchi jismni qizdirilishi; 1-2 - yadroviy reaktorda bug' hosil bo'lishi; 2-3 - ishchi jismni turbinada adiabatik kengayishi; 3-4 - kondensatorda o'zgarmas bosimda issiqlikni olib ketilishi. Qaynatuvchi reaktorli bir konturli AES sxemasi qo'llanilganda qurilma keskin soddalashadi va ishchi jismning bosimini oshirish imkoniyati mavjud bo'ladi (7.27-rasm). Ushbu sxemada IAEL ni sovituvchi suv reaktor 1 da qaynaydi va bug' hosil bo'lib bug' turbinasi 3 ga kiritiladi. Faqatgina majburiy sirkulyasiyali nasosli 2 atom reaktori biologik himoyalanadi. Ishchi jism nisbatan kam radioaktivlikka ega, ammo barcha jihozlar, turbina 3, separator 4, kondensator 5 va barcha kommunikasiyalar xizmat ko'rsatuvchi xodim uchun qisman radiatsion xavfli bo'lib qoladi. Bu jihozlarni ekspluatasiyalash sharoitini qiyinlashtiradi va qurilmaning asosiy kamchiligi hisoblanadi.