N uzoqov, X. A. Alimov,B. X. Yunisov


-rasm. Azot oksidlarini hosil qilinishini kamaytirish usullari



Yüklə 2,26 Mb.
səhifə87/96
tarix12.10.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#154481
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   96
jdownloads texnika mmp qozon-qurilmalari-darslik

3-rasm. Azot oksidlarini hosil qilinishini kamaytirish usullari: a- gazlar qayta aylanishi va uni berish usuli azot oksidlar miqdorini pasayishiga ta'siri: 1- sovuq voronka orqali gazlarni berish; 2- xuddi shuni chetdagi shlislar orqali; 3-xuddi shuni yondirgich tagidagi shlislar orqali; 4-xuddi shuni ikkilamchi havo kanallari orqali; 5-hamma havo bilan yondirgich orqali gazlarni berish; b- o'txonada ikki bosqichli yoqilg'ini yoqish uchun o'txona chizmasi: 1- o'txona kamerasi; 2- barcha yoqilg'i va 85% umumiy havoni berayotgan yondirgichlar; 3­15% havo miqdorini berayotgan shlislar.

IESlarda oltingugurt va azot oksidlaridan tashqari ma'lum sharoitlarda boshqa zararli moddalar hosil bo'lishi mumkin. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, bir xil noxush sharoitlarda uglerod (II) oksid СО2 hosil bo'lishi mumkin. Kislorodning etishmaslik hollarida o'txonaning ayrim qismlarda yuqori haroratli piroliz kechishi mumkin. Bunda yuqori molekulali birikmalar hosil bo'ladi, jumladan, konserogen xususiyatlariga ega benz(a)piren С20Н12. Aholi yashaydigan joylarning havo atmosferasida uning eng ko'p miqdori 0,1 mkg/100 m3 ni tashkil qilishi kerak.
Benz(a)pirenni hosil qilinishini kamaytirish usulidan asosiysi bu, to'liq yonmagan yonish mahsulotlarini oxirigacha yoqishdan iborat. Gaz mazutli elektr stansiyalarda yoqilg'ini to'la yonishini doimiy nazorati optik tutun o'lchagichlar yordamida tashkil qilingan.

  1. 4. Suv havzalariga IES larning zararli tashlamalarini tashlanishini
    kamaytirish


Zamonaviy IES eng yirik suv iste'molchilaridan biridir. Masalan, Davlat issiqlik elektr stansiyalarda (DIES) 1 kVt(s elektr energiyani ishlab chiqarishi uchun 0,12 tonnadan ziyod suv kondensatorda bug'ni kondensatlanishiga sarflanadi, bu DIESdagi hamma iste'mol qilinadigan suvning 97-98% ni tashkil qiladi. Qolgan suv texnologik ehtiyojlar uchun: qozon va issiqlik tashuvchilarni ta'minlashga qo'shimcha suvni tayyorlashga, mazutni isitish va parchalashga, qurilmani yuvishga, kulning gidrotransporti va boshqalarga sarflanadi.
Zamonaviy IESlarda quyidagi oqava suv turlari mavjud:
turbina kondensatorlarining sovutish suvlari;
kondensat tozalashdan va suv tayyorlash qurilmalaridan qayta ishlangan va yuvilgan suvlar;
neft mahsulotlari bilan ifloslangan suvlar;
oltingugurtli mazutda ishlaydigan qozonning tashqi qizdirish yuzalarini va isitgichlarni yuvishdagi suvlar;
asosiy qurilmani kimyoviy yuvish va konservasiyalash-dagi suvlar;
gidrokulni xalos etadigan suvlar;
yoqilg'i tayyorlash traktlari xonalarini gidravlik tozalashdagi suv;
elektr stansiyalarning joylardagi yomg'ir suvlari;
kommunal-maishiy va xo'jalik suvlari.
Oqava suvlarni suv havzalariga tashlanishi ulardagi suvni ifloslanishiga, ularning organoleptik xususiyatini (rangi, hidini, ta'mini, sanitar tadbirini o'zgarishiga, kislorodni biologik iste'mol qilinishiga, kislorodning konsentrasiyasini PH qiymatiga) hamda flora va faunani nobud bo'lishiga (tashlanayotgan qo'shimchalarning zaharli ta'siri tufayli) olib keladi. Suv havzalarining me'yorida bo'lishi uchun ulardagi zararli moddalarning REM deb nomlanadigan konsentrasiyasi ma'lum qiymatdan oshmasligi lozim. suvning harorati Suv havzalariga etarlicha ta'sir o'tkazadi, chunki uni ko'tarilishi bilan barcha oksidlanish jarayonlari tez jadallanib boradi, kislorodning konsentrasiyasi va PH pasayadi (PHHing qiymati 6,5-8,5 oralig'ida bo'lishi lozim).
Sovutilgan suv bilan suv havzalariga juda ko'p issiqlik miqdori tashlanadi. Masalan, sovutilgan suv bilan olib ketayotgan solishtirma issiqlik uni turbina kondensatorida 8-100 C ga isitilishida, organik yoqilg'i bilan ishlaydigan IESlarda suvning 0,12-0,31 t/(kVt(soat) sarfida taxminan 4,3 kJ/(kVt(soat) ni tashkil etadi. Bunda suv havzasiga solishtirma issiqlik yuklanishi 12-17 kJ/m3 dan oshmasligi kerak. Bu to'g'ridan-to'g'ri ishlaydigan sovutish tizimlarining imkoniyatlarini chegaralaydi.
Suv havzalariga issiqlik yuklanishini etarlicha kamaytirilishi suv omborxonalari va gradirnya(suv minora)larning suvlari bilan aylanma sovutish tizimlaridan foydalanib amalga oshirish mumkin bo'ladi. Ammo bunda kapital mablag'larning ishlatilishi ancha oshadi va IESlarning F.I.K.i sovutish suvining harorati ortishi va kondensatorlarda bo'shliqning kamayishi hisobiga bir muncha pasayadi. Agarda to'g'ridan to'g'ri tizimdagi turbina kondensatoriga tushayotgan o'rta yillik sovutish suvining harorati 110 C ni tashkil qilsa, unda gradirnya bilan aylanma suvniki esa -220 C ni tashkil etadi. Bu IESning F.I.K ini 38%dan 34% ga kamayishiga olib keladi, ammo suv havzalarining issiqlik tartibini buzmasdan yirik IESlarni qurishga imkon beradi.
Bug' qozonlar zamonaviy usullar uchun qo'shimcha suv tayyorlanishida kimyoviy reagentlarning katta miqdorlari sarflanadi (ishqorlar, kislotalar, ohak, koagulyantlar va boshqalar) ular ishlatilgandan keyin suvning bir qismi bilan chiqib ketadi va oqava suvlarni hosil qiladi. Ushbu oqava suvlar zaharli qo'shimchalarga ega emas, lekin suv havzalarini tuzlar bilan ifloslantirib, havza suvining rNni o'zgartiradi, ulardagi organik qo'shimchalarning miqdorini oshirib yuboradi, bu esa kislorod ishtirokisiz bo'lgan jarayonlarida zararli mahsulotlar (H2S, СН4 va boshqalar)ning ajralib chiqishi bilan kechadi. Ko'p hollarda bu kabi suvlarning suv havzalariga oqizib yuborishga ruxsat etilmaydi va ular oqizib tashlanishidan avval tozalanishi zarur bo'ladi.
Tashlamalarni suv havzalariga oqizib tashlanishini kamaytirish, kelajakda esa umuman tashlamaslik, suv tayyorlashning yangi ilg'or zamonaviy usullarining tatbiq qilinishi bilan hamda ularning kerakligicha jihozlash va o'zgartirish bilan amalga oshiriladi.
Neft mahsulotlari bilan ifloslangan suvlar suv havzalari uchun katta xavf tug'dirishi mumkin, chunki ular, har qanday sanoat korxonasining oqava suvlarida bo'lishi mumkin. IESlarning oqava suvlarida neft mahsulotlarining bo'lishi asosan mazut xo'jaligidan va bosh korpusdan (turbinalarning moy sovutgichlaridan va nasoslarning ayrim qismlaridan) moyning oqib ketishi hisobiga, elektr texnik qurilmalari (transformator, kabel va boshqalar)dan va yordamchi xizmatlar (depo, garaj, kompressor xonasi)dan bo'lishi mumkin.
Oqava suvlarning neft mahsulotlari suvda emulsiyalangan holda bo'ladi, ya'ni, alohida bo'lgan 200-300 mkm gacha o'lchamli zarrachalar ko'rinishida bo'lishi mumkin. Suv va neft mahsulotlarining zichliklar farqlari ta'sirida neft mahsulotlarining zarralari suv ustiga suzib chiqadi va maxsus moslamalar yordamida undan xalos etiladi. Bu jarayon maxsus apparatlar - neft tutgichlar yordamida olib boriladi. 8.4-rasmda neft mahsulotlaridan oqava suvlarning tozalashni texnologik chizmasi (bularga neft tutgichi, flotator va filtr kiradi) ko'rsatilgan.



Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin