N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

 
 
 
 
1)
Quyidagi keltirilayotgan misolda molekulyar massa (M) 100 (C
7
N
16
)ga teng deb qabul qilingan. 
2)
R.X.Vezirova, R.R.Jafarov, A.A.Kerimova hisoblari keltirilgan. Hisoblangan gaz zaxirasini shu 3% - qiymatga kamaytirish kerak. 


67 
II-bob. Gaz va gazokondensat konlarini ishga tushirish 
1 §. Gaz konlarini ishlashni loyixalashtirishning o‘ziga xosligi 
Gaz konlarini ishlatishning o‘ziga xos hususiyatlari. 
Gaz konlarini 
ishlatishning o‗ziga xos jihati gazning fizik hususiyatlari neft hususiyatlaridan 
farqlanishidadir: qovushqoqlik va zichlikning ancha pastligi va 
yuqori 
siqiluvchanlikka egaligi, shuningdek gaz mahsulot sifati bilan ham farq qiladi. 
Shuning uchun gaz konlarini ishlatishni loyihalashtirish neft konlarini ishlatishni 
loyihalashtirishdagidan tubdan farq qiladi.
Gaz uyumlarini ishlatish tizimi 
deganda qatlamdagi, quduqdagi va gaz 
yig‗ish tizimidagi gazning harakatlanish jarayonini boshqarish tushuniladi. Bunda 
ishlatish tizimiga gazlilik maydoni bo‗ylab zarur ishlatish quduqlari, ularni 
ishlatishga tartibi bilan kiritish, mos ravishda gaz yig‗ish tizimlarining, quduq va 
inshootlarning texnologik ishlash rejimi kiradi.
Bunda quduqlarni ishlatishning turli darajalari uchun masalalar yechiladi, ya‘ni 
yillar bo‗yicha gaz qazib chiqarishning bir qator variantlar rejasi uchun amalga 
oshiriladi. Gaz uyumlarini ishlatishning turli darajalarida texnik-iqtisodiy 
ko‗rsatkichlar rejalashtirish bilan shug‗ullanadigan korxonalar uchun xalq xo‗jaligi 
samaradorligidan kelib chiqib gaz qazib chiqarish rejalarni aniqlashga yordam beradi. 
Yangi gaz konini ishlatishning o‗ziga xosligi qatlam – quduq – gaz quvuri – 
iste‘molchi tizimlarining uzluksiz aloqasiga asoslangan. 
Gazning fizik hususiyatlarini gazodinamik hisoblarda inobatga olish lozim. 
Suyuqlik va gazlarning qatlamda harakatlanishi sizilish qonuniyatlariga bo‗ysunadi. 
Gaz qovushqoqligining pastligi sabab, u qatlamda yuqori harakatchanlikka ega. 
Shuning uchun gaz qatlamlaridan yuqori gaz beruvchanlikka erishiladi. Agar 
qatlamlar bir-biridan ajratilmagan bo‗lsa, u holda barcha gazni bitta quduqlar to‗ridan 
olish mumkin. Biroq quduqlarning bosimga qarshi ishlashi texnik nossozliklar va tez-
tez uchrab turuvchi kollektorlarning past mustahkamliligi, shuningdek quduqlarning 
chegaralangan o‗tkazuvchanlik hususiyati sababli konda bir emas bir qancha 
quduqlar burg‗ilashga majbur etadi. 


68 
Boshlang‗ich qatlam bosimi yuqori bo‗lgan yirik gaz konini ishlatish 
jarayonini 2 bosqichga ajratsa bo‗ladi. 
Birinchi bosqichda, ya‘ni qatlam bosimi magistral gaz quvuri boshida talab 
qilinadigan bosimdan yuqori bo‗lsa, gazni qatlam energiyasi hisobiga uzoq 
masofalarga transport qilish mumkin. Bunda quduq tubidagi bosim quduq tanasi 
bo‗ylab va kondagi gaz quvurlarida bosim pasayishi hisobiga gaz quvurlari boshidagi 
bosimdan farq qiladi. 
Ikkinchi bosqichda, ya‘ni qatlam bosimi magistral gaz quvuri boshida talab 
qilinadigan bosimdan past bo‗lsa, bosh kompressor stansiyasi quriladi va u konning 
tugatilishiga qadar xizmat qiladi.
Uzoq muddat mobaynida gazga bo‗lgan talab ortishining samarali rejasiga 
bog‗liq ravishda qazib chiqarishning doimiy yoki o‗suvchi darajasini saqlab turish 
mumkin. 
Gaz zahiralari kamaya borgan sari qatlam bosimi tushib boradi va qazib 
chiqarishni belgilangan darajada faqatgina yangi quduqlarni ishga tushirish bilan 
ushlab turish mumkin. 
Ishlatishning oxirlarida belgilangan darajada mahsulot olishni ushlab turish 
faqatgina quduqlar sonini oshirish orqali amalga oshirish mumkin, biroq bu samarali 
bo‗lmasligi mumkin. Uyum ishlatishning yakunlanish rejimiga o‗tadi, bu jarayon 
qatlam bosimi quduqdagi gaz ustuni og‗irligi tufayli paydo bo‗ladigan bosimga 
yaqinlashgunga qadar davom etadi. So‗ngra kon ishlatishdan to‗xatiladi va gaz 
faqatgina mahalliy ehtiyojni ta‘minlash uchun qo‗llaniladi.
Gaz quduqlari soni turli davrlarda turlicha bo‗lishi, biroq qazib chiqarishning 
belgilangan rejasini ta‘minlash uchun yetarli bo‗lishi, gaz quduqlari eng minimal soni 
bilan belgilangan umumiy qazib chiqarishga erishi maqsadga muvofiq. Bundan 
ko‗rinib turibdiki, gaz konlarini ishlatishda qazib chiqarishning imkon darajasida 
yuqori debit bilan quduqlarni ishlashi uchun uchun qulay sharoit yaratish kerak. 
Agar qidirish quduqlar soni gaz konini ishlatish uchun kerak bo‗lgan minimal 
darajadagi quduqlar sonidan oshib ketsa, u holda ortiqcha quduqlarni ishlatish 


69 
maqsadga muvofiq emas. Ularni vaqtinchalik yopish yoki boshqa gorizontlarga 
o‗tkazish kerak.
Yuqori debitga qatlamda bosimning minimal sarfi, quduq tubi zonasi va quduq 
stvolida olish mumkin. Quduq tubi zonasi qatlamdagi bosim sarfini kamaytirish 
uchun qatlamni o‗qli va o‗qsiz perforatsiya yoki torpedalash yordamida ochish
quduq tubi zonasini gilli eritma va sement qoldiqlaridan tozalash, qatlamni xlorid 
kislota va ftor kislotasi aralashmalari bilan qayta ishlash, qatlamni gidravlik yorish 
ishlarini amalga oshirish kerak.
Qatlam va quduq tubi zonasidagi bosim yo‗qotilishi qanchalik kam bo‗lsa, 
o‗zgarmas depressiyada quduq debiti shunchalik yuqori bo‗ladi. 
Quduq minimal depressiya bilan ishlatilganda quduq tubi va qatlam tag suvlari 
ko‗tarilishi oldini olish mumkin. 
Siqilgan gazning qatlam energiyasini ratsional ravishda ishlatish kerak. Quduq 
konstruksiyasi, quduq diametri va favvora quvurlari diametri (agar zaruriyat bo‗lsa), 
quduqni ishlatishda minimal energiya sarfini ta‘minlashi kerak. 
Gaz konlarini ham huddi neft konlari singari kompleks loyihalashtirish kerak. 
Bu loyiha konning geologik o‗rganilganligi, gazodinamik hisob-kitoblar, texnologik 
va iqtisodiy tahlillardan kelib chiqqan holda amalga oshirish kerak. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin