N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov


Gaz konini ishlashni loyihalashtirish bosqichlari



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

 
1.1. Gaz konini ishlashni loyihalashtirish bosqichlari 
Gaz konining ishlash davrini keyingi vaktlarda ikki davrga bo‗lishadi: birinchi 
davr – konni sinov-sanoat ishlatish davri; ikkinchi davr – konni sanoat ishlash davri. 
Sinov-sanoat ishlatishning vazifalari quyidagilardan iborat: 
1)
konni to‗la o‗rganguncha ishlatish; 
2)
konni keyingi o‗rganishni amalga oshirish; 
3)
konni sinov-sanoat ishlatish ma‘lumotlariga ko‗ra gaz zaxiralarini aniqlash 
va sanoat ishlashni loyixalashtirish uchun boshlang‘ich ma‘lumotlarni tayyorlash. 
Yuqorida keltirilgan ishlash davrlariga mos xolda gaz konini ishlashni 
loyixalashtirishda ikki bosqichga ajratiladi: birinchi bosqich – konni sinov-sanoat 
ishlash loyixasini tuzish, ikkinchi bosqich – ishlash loyihasini tuzish. 


70 
Konni sinov-sanoat ishlatish loyihasi gazning C
1
va C
2
kategoriyasidagi 
zaxirasini tasdiqlashdagi kon-geologik ma‘lumotlarga asosan tuziladi. 
Konni sinov-sanoat ishlatish loyihasida quduqlar va qatlamlarda geologik-
geofizik, gazogidrodinamik va maxsus (masalan, termodinamik, akustik va b.) 
kompleks tadqiqotlarini o‗tkazish ko‗zda tutiladi. Bu tadqiqotlar natijasida konning 
va suvli qatlamning tuzilishi, gaz-suv tutashmasining xolati, gazli va suvli qatlamning 
kollektorlik xususiyatlari, ishlatuvchi quduqlarning ruxsat etilgan texnologik tartiblari 
va boshqalar aniqlanadi. 
Yuqorida keltirilgan vazifalarni yechish uchun loyixada ishlatuvchi va 
nazoratchi quduqlarni qazish ko‗zda tutiladi, ularning gazlilik, suvlilik xududida va 
tuzilmada joylashtirilishi asoslaniladi. Kollektorlik xususiyatidan kelib chiqib gaz 
qazib olishni jadallashtirishni u yoki bu usuli sinash uchun tavsiya qilinadi. Gazni 
yig‘ish, qayta ishlash va uni konni sinov-sanoat ishlatish davrida uzoqqa transport 
qilish uchun tayyorlashning texnologik tarxi asoslaniladi. 
Konni sinov-sanoat ishlatish ma‘lumotlariga ko‗ra butun kon bo‗ylab, agarda 
imkoniyat bo‗lsa – aloxida qatlamlar bo‗yicha gazning boshlang‘ich olinadigan 
zaxirasi aniqlanadi. 
Konni sinov-sanoat ishlatish uchun ikki-uch yil muddat ko‗zda tutiladi. Lekin 
xar xil konlarning geologik tuzilishlarining murakkabliklari turlicha bo‗lganligi 
tufayli bu muddat konni ishlash loyixasini tuzish uchun kerakli miqdordagi 
ma‘lumotlarni bermasligi mumkin. Bunday hollarda bu davrni uzaytirishga to‗gri 
keladi. 
Konni sinov-sanoat ishlatish tugagandan keyin loyihaga muvofiq amalga 
oshiriladigan konni sanoat ishlashga o‗tiladi. 
Konni sanoat ishlash jarayonida ko‗p miqdorda quduqlar qazish talab qilinadi. 
Xar bir yangi quduq kon yoki suvli basseyn haqidagi tasavvurlarimizni aniqlashtiradi 
yoki umuman o‗zgartiradi. Qat‘iy qilib aytadigan bo‗lsak konni yoki uni ishlashda 
kechadigan jarayonlarni o‗rganish oxirgi quduqni qazishda xam tugamaydi. 
Ishlashning xar bir bosqichida kon haqidagi tasavvurlar yanada aniqlasha boradi. 


71 
Tabiiy xolki ishlash loyixasida qatlam haqida keyingi o‗zgaradigan ma‘lumotlarni 
nazarda tutib bo‗lmaydi. 
Ishlash loyihasini amalga oshirishda qatlamda kechadigan jarayonlar ustidan 
nazorat olib boriladi. Yangi geologik-geofizik va kon ma‘lumotlari umumlashtiriladi. 
To‗planadigan yangi ma‘lumotlar asosida konni ishlashni taxlil qilinadi. Agarda 
ishlashni taxlil qilish amaliy ko‗rsatgichlarini loyihaviylardan chekinish sabablarini 
ko‗rsatib va tushintirib bersa, unda konni tugaguncha ishlash loyixasi tuziladi. 
Ishlashning boshlang‘ich loyixasiga tuzatishlar kiritishga zarurat ko‗pincha quduqlar 
va qatlamning suvlanish xususiyatiga qarab belgilanadi. 
Birgina ishlash tugaguncha loyixa konni ishlash jarayonini yakunlaguncha 
ishonchli bashorat bera oladi deb bo‗lmaydi. Shuning uchun konni ishlashni 
loyixalashtirishni vaqt davomida uzluksiz umulashtirish, kon xaqidagi tasavvurlarni 
aniqlashtirish va u yoki bu davr uchun ishlash ko‗rsatgichlarini tuzatish jarayoni deb 
qarash kerak. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin