83
bo‗lmaganda quruq gazni qatlamga qayta xaydash uyumni ta‘sir bilan yetarli darajada
qamrash imkonini bermaydi. Bu esa quruq gazni tez-tez yorib o‗tishiga olib keladi.
Uyumni bir-biridan ajratilgan ko‗plab bloklarga bo‗luvchi tektonik buzilishlar
tizimini bo‗lishi xar bir blokda qatlam bosimini saqlashni tashkil qilish uchun
xaydovchi quduqlar sonini bir qancha ko‗paytirishni talab qiladi. Bunday konlar
kondensat zaxiralari katta bo‗lganda ham iqtisodiy va texnologik nuqtai nazardan
so‗nish tarzida ishlatiladi.
5) Kollektorlarning o‗tkazuvchanligi yuqori bo‗lganda chegara tashqarisidagi
suvning tazyiqi. Yuqori o‗tkazuvchan kollektorli gazkondensat konlari. Odatda
yuqori tazyiqli, faol chegara suvlari bo‗ladi. Bu uyumlarni so‗nish tarzida ishlashda
suv uyumga kiradi, uni tabiiy suv bostirishni keltirib chiqaradi, buning natijasida
qatlam bosimini tushish sur‘ati bir kancha sekinlashadi, shunining uchun qatlam
bosimini sun‘iy saqlashga bo‗lgan ehtiyoj yo‗qoladi.
Dostları ilə paylaş: