N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov


 §. Gaz tarkibidagi og‘ir uglevodorodlarni ajratish



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

5 §. Gaz tarkibidagi og‘ir uglevodorodlarni ajratish
Gaz va kondensatni ajratish past haroratli separatorlarda amalgam oshiriladi. 
Bunda gaz va kondensat aralashmasining bosimi maksimal kondensat ajralish 
bosimigacha ko‗tariladi va keyin separatorga kirgiziladi. U yerda aralashmaning 
bosimi kamayadi va harorat pasayadi. Natijada bug‗ holatda bo‗lgan kondensatning 
gazdan ajralishi sodir bo‗ladi. Quyida uning umumiy texnologik chizmasi va jarayoni 
aks ettirilgan. 
Quduqlar (
1
) dan olingan gazlar drossel shaybasi (
2
) orqali tomchi ajratuvchi 
past haroratli tik separator (
3
) ga keladi. Drossel shaybasida gaz-kondensat 
aralashmasining bosimi maksimal kondensat ajralishi bosimigacha ko‗tariladi va 
aralashmaning harorati kamaytiriladi. Natijada separator (
3
) da gaz va kondensatning
ajralishi sodir bo‗ladi. Ajralgan gaz gaz sovitgichi (
5
) ga keladi, u yerda harorati 
kamaytiriladi. Keyin gaz bosimni moslab turuvchi shtutser (
6
) ga keladi, bosimi 
maksimal kondensat ajralish bosimigacha ko‗tariladi va tik separator (
7
) ga 
haydaladi. Tik separatorda gaz va kondensatning batamom ajralish jarayoni sodir
bo‗ladi. Ajralgan kondensat kondensat quvuriga, gaz esa sovitkich (
5
) orqali keyingi 
tozalash jarayoniga uzatiladi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
6.11 -rasm. Past haroratli separatsiya qurilmasining umumiy texnologik 
chizmasi: 
1
– gaz quduqlari; 
2
–drossel shaybasi; 
3
–tik separator;
4
– kondensat 
yig‗uvchi idish; 
5
– gaz sovitgich; 
6
– bosimni moslab turuvchi shtutser; 
7
– tik 
separator, 
8
– yotiq past haroratli separator. 


228 
Past haroratda ajratish qurilmasida, gaz 7,0 – 8,0 MPa bosim va 55 – 60 
0

harorat bilan kelib, qurilmadagi S – 1 birinchi pog‗ona separatoriga jo‗natiladi. S – 1 
separatori, gaz oqimi vertikal zavixritel (yo‗naltirgich) orqali kiradigan gorizontal, 
silindrik apparatdan iboratdir. Zavixritel (yo‗naltirgich) da gaz oqimi ko‗chma 
silindrning yo‗naltiruvchi parraklari hisobidan aylanuvchi harakatga keladi.
Zavixritel (yo‗naltirgich) da oqim tezligi ko‗chma silindr tirqishlaridagi zazor 
o‗lchamining o‗zgarishiga qarab tartiblashtiriladi. Tomchili suyuqlik va mexanik 
aralashmalar markazdan qochma kuchlar hisobidan kiruvchi naycha devorlariga 
tegib, apparatning gorizontal qismiga oqib keladi, gaz esa oqim markazida joylashgan
shtutser orqali, separatordan T – 1 issiqlik almashtirgichiga yo‗naltiriladi.
S – 1 apparatining gorizontal qismida, gaz oqimidan solishtirma 
og‗irliklarining farqiga ko‗ra ajralgan suyuqlik, qatlam suviga va uglerodli 
kondensatga ajratiladi.
Tomchili suyuqlik va mexanik aralashmalardan ajratilgan gaz S – 1
separatoridan T – 1 qo‗shaloq issiqlik almashtirgichining quvurli hududiga 
yo‗naltiriladi, bu yerda esa quvuraro hudud bo‗yicha o‗tuvchi quritilgan gazning 
aylanma oqimida 25 - 40 °S haroratgacha sovutiladi.
T – 1 issiqlik almashtirgichida 25 - 40 °S haroratgacha sovutilgan gazning 
oqimi 7,0-8,0 MPa bosimda to‗g‗ridan – to‗g‗ri S–2 ikkinchi pog‗ona separatoriga 
jo‗natiladi. S–2 separatorining tuzilishi va ishlash tamoyili S – 1 birinchi pog‗ona 
separatoriga o‗xshashdir.
Tomchili suyuqlik va mexanik aralashmalardan ajratilgan tabiiy gaz T– 2 
qo‗shaloq issiqlik almashtirgichining quvurli hududiga yo‗naltiriladi, bu yerda esa 
issiqlik almashtirgichining quvuraro hududida S – 3 uchinchi pog‗ona separatoridan 
keladigan sovuq gazning aylanma oqimida 0 – 8 °S haroratgacha sovutiladi.
T – 2 issiqlik almashtirgichida gidrat hosil bo‗lishining oldini olish uchun,
purkovchi moslama (forsunka) orqali issiqlik almashtirigichning quvurli hududiga 80 
%-lik DEG aralashmasini uzatish ko‗zda tutilgan. T – 2 da gidrat hosil bo‗lishi 
ingibitorini uzatish, to‗rtta oqim bilan PRG-3 taqsimlash paneli orqali amalga 
oshiriladi. 0 - 8 °S haroratgacha sovutilgan tabiiy gaz 7,0 – 8,0 MPa bosimda T – 2 


229 
issiqlik almashtirgichidan reduksiyalash bog‗lamiga uzatiladi, gaz tarkibidagi qisman 
mexanik aralashmalarni turbodetandr agregatiga o‗tib ketmasligi uchun qurilmada 
yangi S – 3 separator o‗rnatiladi bunda gaz tarkibidagi suyuqliklar qisman ushlab 
qolinadi va gaz turbodetandrga yuboriladi, bu yerda 7,0 - 8,0 MPa dan 4,5 – 5,0 MPa 
gacha bosimda reduksiyalanadi va turbodetandrning parraklari aylanish tezligi va 
drossel - samara hisobidan gaz harorati minus 10 dan minus 15 °S haroratgacha
sovutiladi. 
Tabiiy gaz, reduksiyalash va ejektrlashdan so‗ng 4,5 - 5,0 MPa bosim va minus 
10 dan minus 15 °S gacha haroratda S – 4 to‗rtinchi pog‗ona past haroratli 
separatoriga yo‗naltiriladi (6.12 – rasm) va bu yerda drossel – samara hisobiga 
harorat pasayishi natijasida hosil bo‗lgan suyuq fazalarning ajralishi, oqim yo‗nalishi 
va tezligining o‗zgarishi hisobidan sodir bo‗ladi.
S – 4 separatori, kirish joyida gaz oqimidan suyuq fazalarning asosiy oqimini 
ajratish uchun to‗rsimon otboynik o‗rnatilgan silindrik vertikal apparatni o‗z ichiga 
oladi. Gaz oqimidan tomchili suyuqlikni ushlab qolish, apparatning kirish shtutseri 
oldida o‗rnatilgan gorizontal to‗rda amalga oshiriladi.
Quritilgan tabiiy gaz S – 4 separatoridan T – 2 qo‗shaloq issiqlik 
almashtirgichining quvuraro hududiga jo‗natiladi va bu yerda xom-ashyo gazining 
to‗g‗ridan – to‗g‗ri oqimi bilan 5 – 7 °S haroratgacha qizdiriladi. T – 2 issiqlik 
almashtirgichidan tabiiy gaz T–1 qo‗shaloq issiqlik almashtirgichining quvuraro 
hududiga keladi va bu yerda xom-ashyo gazining to‗g‗ridan – to‗g‗ri oqimi bilan 30 – 
40 °S haroratgacha qizdiriladi, hamda T – 1 issiqlik almashtirigichidan gazning 
to‗g‗ridan – to‗g‗ri oqimi chiqishida joylashgan tezkor o‗lchash bog‗lamiga 
yo‗naltiriladi.


230 
6.12. – rasm. Past haroratda ajratish qurilmasiga turbodetandr agregatini o‗rnatish sxemasi. 


231 
PHS-I, II texnologik qatorlarida quritilgan tabiiy gaz, turbodetandr 
agregatining kompressor qismiga keladi va u yerda turbodetandrning parraklarini 
teskari aylanishi hisobiga gaz harorati 30 – 40 °S dan 40 – 45 
0
S gacha va bosimi 4,5 
- 5,0 MPa dan 5,2 - 5,6 MPa gacha ko‗tarilib, tezkor o‗lchash bog‗lamlaridan Ø 1000 
mm li umumiy kollektoriga yo‗naltiriladi, u yerdan esa «Sho‗rtan-Sirdaryo» 
magistral gaz quvuriga Sirdaryo GRESi uchun yoqilg‗i sifatida yuboriladi.

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin