Nafas a’zolari tizimi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə3/10
tarix20.04.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#101280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Burun Bo\'shlig\'i Hiqildoq Va Bronxlarning Tuzilishi

Hiqildoq - larynx


Hiqildoq IV-VI bo`yin umurtqalari sohasida, bo`yinning oldingi yuzasida joylashgan. Orqa tomondan xalqum, yon tomonidan esa bo`yindan o`tuvchi qon tomir va nervlar bilan o`ralib turadi. Hiqildoq yuqori tomonda til osti suyagiga osilib turadi, pastda esa bir oz torayib, kekirdakga (traxeyaga) davom etadi. Hiqildoq juft va toq tog`aylarning, boylamlarning va mushaklarning birikuvidan hosil bo`ladi. Hiqildoq quyidagi tog`aylardan tashkil topadi:


1) uzuksimon tog`ay - cartilago cricoidea;
2) qalqonsimon tog`ay - cartilago thyroidea;
3) cho`michsimon tog`ay - cartilago arytenoidea;
4) hiqildoq usti tog`ayi - cartilago epiglottis;
5) shoxsimon tog`ay - cartilago corniculate;
6) ponasimon tog`aylar - cartilago cuneiformis.

Uzuksimon tog`ay xalqasimon shaklda bo`lib, hiqildoq asosida joylashgan. Orqa sohasida kengroq lamina, oldingi va yon sohalar yoysimon arcus qismlari bo`ladi. Uzuksimon tog`ay orqa sohasida chumichsimon tog`ay bilan bo`g`im hosil etuvchi yuza – facies articularis arytenoidea, oldingi sohada esa qalqonsimon tog`ay bilan bo`g`im hosil etuvchi yuza facies articularis thyroidea bo`ladi. Qalqonsimon tog`ay ikki bo`lak laminae dextra et sinistra lar dan hosil bo`lib, ularning o`zaro birikishi natijasida bo`rtib chiqqan burchak prominentia laryngea tashkil bo`ladi. Bu hosila erkaklarda o`tkir




Hiqildoq boylamlari va bo`g`imlari
(orqa tomondan).
1 - carina epiglottidis, 2 - cartilago epiglottica, 3 - cornu minus ossis hyoidei, 4 - os hyoideum, 5 - cornu majus ossis hyoidei, 6 - foramen, a. et n. laryngeorum supp. 7 - lig. thyroepiglotticum, 8 - lig. corniculopharyngeum, 9 - lig. cricoerytaenoideum posterius (articulatio et capsula articularis cricoarytaenoidea), 10 - cartilago cricoidea, 11 - trachea, 12 - paries membranaceus tracheae, 13 - cartilagines tracheales, 14 - gl. trachealis, 15 - lig. ceratocricoideum laterale (capsula articularis cricothyroidea), 16 - articulatio cricothyroidea, 17 - cornu inf. cartilaginis thyroideae, 18 - lig. ceratocricoideum posterius, 19 - processus muscularis, 20 - cartilago thyroidea, 21 - cartilago arytaenoidea, 22 - cartilago corniculata, 23 - cornu sup. cartilagenis thyroideae, 24 - membrana thyrohyoidea, 25 - lig. thyrohyoideum, 26 –cartilago triticea.
burchak hosil etadi va shu sababdan teri ostidan bo`rtib chiqib turadi. Bolalarda va ayollarda bu hosila o`tmas burchak shaklida bo`lib - teri ostida bilinmaydi.
Qalqonsimon tog`ayning ustki qismida - ustki o`yma - incisura thyroidea superior,ustki shoxsimon o`simta - cornu superius bo`ladi. Tog`ayning pastki sohasida pastki shoxsimon o`simta - cornu inferius va pastki o`yma incisura thyroidea inferior joylashadi. Qalqonsimon tog`ay tashqi yuzasida mushaklar birikadigan qiyshiq chiziqlar - linea obliqua hosil bo`ladi. CHo`michsimon tog`ay - uzuksimon tog`ayning orqa sohasining ustki yuzasida joylashadi. Piramidasimon ko`rinishga ega bo`lib, asosi - basis, uchi - apex qismlardan tashkil topgan. CHo`michsimon tog`ayning bo`g`im yuzasi - facies articularis deyiladi. Bu tog`ayda quyidagi yuzalar mavjud:
a) facies anterolateralis – oldingi yon yuza;
b) facies medialis – medial yuza;
v) facies posterior – orqa yuza. CHo`michsimon tog`ayning oldingi sohasida ovoz boylami birikadigan o`simta - processus vocalis va yon tomonga yo`nalgan mushaklar birikadigan o`simta - processus muscularis bo`ladi. Uzuksimon va cho`michsimon tog`aylar orasidagi bo`g`im – articulatio crcoarytenoidea deyilib, bo`g`im kapsulasi – capsula articularis cricoarytenoidea deyiladi. Bu bo`g`imda quyidagi boylamlar mavjud:
a) lig. cricoarytenoideum – uzuksimon va cho`michsimon tog`aylar orasida tortitladi;
b) lig. cricopharyngeum – uzuksimon tog`ay bilan xalqum orasida joylashadi.
Hiqildoq usti tog`ayi - hiqildoqga kirish teshigi sohasida joylashadi. Hiqildoq usti tog`ayi cartilago epiglottica ning yaprog`i - petiolus epiglottidis, do`ngligi - tuberculum epiglotticum bo`lib quyidagi boylamlar vositasida mustaxkamlanadi:
a) lig. thyroepiglotticum – hiqildoq usti tog`ayi va qalqonsimon tog`ay orasida tortilgan;
b) lig. hyoepiglotticum – hiqildoq usti tog`ayi bilan til osti suyagi orasida tortiladi.
Hiqildoq usti tog`ayi oldida yog` tanachasi corpus adiposum preepiglotticum ko`rinadi. Hiqildoqning qolgan mayda tog`aylari: shoxsimon hamda ponasimon tog`aylar boylamlari orasida joylashadi. Hiqildoqning qalqonsimon tog`ayi til osti suyagi bilan membrana thyrohyoidea pardasi vositasida birlashadi. Bu pardaning o`rtasi qalinlashgan bo`lib lig. thyrohyoideum medianum boylamini hosil etadi. Bu pardaning ikki yon tarafida esa lig. thyrohyoidea lateralia boylami hosil bo`ladi. Bu yon boylam tarkibida cartilago triticea tog`ayi joylashadi. Til osti suyagi bilan hiqildoq usti tog`ayi ham lig. hyoepiglotticum boylami vositasida birikkan. Hiqildoq usti tog`ayi qalqonsimon tog`ay bilan lig. thyroepiglotticum vositasida birlashadi. Uzuksimon tog`ay va qalqonsimon tog`ay orasida lig. cricothyroideum joylashadi. Ahamiyatli boylamlardan yana biri - chin ovoz boylami - lig. vocale. CHin ovoz boylami qalqonsimon tog`ay ichki yuzasidan boshlanib,cho`michsimon tog`ayning ovoz o`simtasi processus vocalis ga birikadi. CHin ovoz boylamining yuqori sohasida - yolg`on ovoz boylamlar - daxliz boylami - lig. vestibulare joylashadi. Bu boylam tutamlarining yo`nalishi chin ovoz boylami tolalariga parallel holda yo`naladi. Hiqildoq tog`aylari o`zaro birlashib, bo`g`imlarni hosil etadi. Qalqonsimon tog`ay bilan uzuksimon tog`ay orasida art. cricothyroidea bo`g`imi mavjud. Bu bo`g`im qalqonsimon tog`ayning pastki shoxlari va uzuksimon tog`ay orasida joylashadi. Bu bo`g`imda kapsulasi – capsula articularis cricothyroidea bo`lib quyidagi boylamlar mavjud:
a) lig. ceratocricoideum – qalqonsimon tag`ayning pastki shoxi bilan uzuksimon tog`ay orasida joylashadi;
b) lig. cricothyroideum medianum – uzuksimon tog`ayning ustki yuzasidan qalqonsimon tog`ayga tortilgan;
v) lig. cricotracheale - uzuksimon tog`ay bilan traxeya tog`ayi orasida joylashgan.
Bu bo`g`imdagi harakat natijasida uzuksimon tog`ayning oldingi yuzaci qalqonsimon tog`ayga yaqinlashadi. Uzuksimon tog`ayning orqa qismi va cho`michsimon tog`ay esa, aksincha bu bo`g`imda orqaga suriladi. Natijada ovoz burmasi va boylami taranglashadi. Uzuksimon tog`ay bilan cho`michsimon tog`ay orasida art. cricoarytenoideae bo`g`imi bo`ladi. Bu bo`g`imda cho`michsimon tog`ay o`z o`qi atrofida aylanadi.

Hiqildoq tog`aylari orasidagi mushaklar uch guruhga bo`linadi:


1) konstriktorlar (siquvchi);


2) dilatatorlar (kengaytiruvchi);
3) ovoz boylami tarangligini o`zgartiruvchilar.
Bu mushaklarning hammasi ko`ndalang targ`il mushak tolalaridan tashkil topgan.
I Konstriktorlar: 1) m. cricoarytenoideus lateralis - uzuksimon tog`ay bilan cho`michsimon tog`aylar orasidagi yon (lateral) mushak. Uzuksimon tog`ayning yon yuzasidan boshlanib, cho`michsimon tog`ayning processus muscularis o`simtasiga birikadi. Mushaklarning qisqarishi natijasida processus vocalis hamda ovoz boylamlari o`zaro yaqinlanib, ovoz tirqishi torayadi.
2) m. arytenoideus transversus - cho`michsimon tog`aylar orasidagi ko`ndalang mushak. CHo`michsimon tog`aylar orqa yuzalarini o`zaro birlashtiradi. Mushak qisqarishi natijasida cho`michsimon tog`aylar o`zaro yaqinlashadi hamda ovoz tirqishining orqa sohasi torayadi.
3) m. arytenoidei obliqui - cho`michsimon tog`aylar orasidagi qiyshiq mushak. Ko`ndalang mushaklarning orqa yuzasida joylashib, cho`michsimon tog`aylarning asosi bilan, ikkinchi cho`michsimon tog`ayning uchiga yo`naladi. Bu mushak tolalari cho`michsimon va hiqildoq usti tog`aylari orasidagi m. aryepiglotticus mushagi tolalariga davom etadi. Bu mushaklarning qisqarishi - ovoz tirqishini toraytiradi.
4) m. thyroarytenoideus - qalqonsimon mushak orqa yuzasida boshlanib, cho`michsimon tog`ayning processus muscularis o`simtasiga birikadi. Bu mushak tarkibida qalqonsimon – xiqildoq usti qismlari pars thyroepiglottica bo`ladi
Mushak qisqarishi hiqildoq bo`shlig`ini toraytiradi hamda ovoz boylami bo`shashadi.
II Kengaytiruvchi mushaklar: 1) m. cricoarytenoideus posterior - uzuksimon tog`ay orqa yuzasidan boshlanib, cho`michsimon tog`ayning processus muscularis o`simtasiga birikadi. Mushak qisqarishi natijasida mushak o`simtalari o`zaro yaqinlashadi, lekin ovoz o`simtalari va ovoz boylamlari uzoqlashadi, tirqish kenkayadi.
2) m. thyroepiglotticus - qalqonsimon tog`ay ichki yuzasida boshlanib, hiqildoq usti tog`ayiga birikadi. Mushak tolalari xiqildoqga kirish teshigini kengaytiradi.
III Ovoz boylamining tarangligini o`zgartiruvchi mushaklar :
1) m. cricothyroideus - uzuksimon tog`ay bilan qalqonsimon tog`ayning pastki shoxi orasida tortilgan bo`ladi. Bu mushak tarkibida to`g`ri tolalardan hosil bo`lgan qism – pars recta va qiyshiq tolalar dan hosil bo`lgan pars obliqua qismlari bo`ladi.
Mushak qisqarishi natijasida qalqonsimon tog`ayning pastki qismi orqaga tortiladi, yuqori qismi esa oldinga yo`naladi. Natijada ovoz boylamining birikish nuqtalari o`zaro uzoqlashadi va boylam taranglashadi.
2) m. vocalis - chin ovoz boylami tarkibida yo`naladi. Qalqonsimon tog`ay ichki yuzasidan boshlanib, cho`michsimon tog`ayning ovoz o`simtasining lateral yuzasiga birikadi. Mushak tolalarining qisqarishi natijasida chin ovoz boylamining birikish nuqtalari o`zaro yaqinlashadi va ovoz boylami bo`shashadi.
Hiqildoq mushaklari. Hiqildoqni harakatga keltiruvchi mushaklar: m. sternohyoideus; m. sternothyroideus; m. thyrohyoideus.

  1. Ovoz yorig`ini kengaytiradigan mushaklar: m. cricoarytenoideus posterior.

  1. Ovoz yorig`ini toraytiradigan mushaklar: m. cricoarytenoideus lateralis; m. arytenoideus transversus; m. arytenoideus obliquus.

  1. Ovoz burmalarini (boylamini) taranglaydigan mushaklar: m. thyroarytenoideus; m. vocalis; m. cricothyroideus anterior.

  1. Hiqildoq usti tog`ayini tushuruvchi mushaklar: m. aryepiglotticus; m. thyroepiglotticus.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin