Qalqonsimon orqa bezi – glandula parathyroidea
Qalqonsimon orqa bezlari 4 tadan 8 tagacha bo`lib qalqonsimon bez bo`laklarining orqa yuzasining yuqori va pastki qismlarida zich yopishgan holda joylashadi.
SHakli jihatdan yumaloq yoki uzunchoq bo`lib og`irligi - 0, 05 gr.
Hajmi: uzunasiga - 4 - 8 mm, eniga - 3 - 4 mm, qalinligi - 2 - mm ni tashkil etadi. Tashqi tomondan silliq, yarqirab turadi. Ayrim hollarda bu bezlar qalqonsimon bezdan pastroqda traxeyaga yaqin yog` qavati orasida joylashadi. Ba’zi bir hollarda bu bezlar qalqonsimon bez yuzasiga botib kirib yoki bez to`qimasi ichida joylashgan bo`ladi.
Qalqonsimon orqa bezlari yupqa biriktiruvchi to`qimali parda bilan o`ralgan. Parda o`simtalari bez ichiga kirib borib juda ko`p to`siqlar hosil qiladi. YOsh o`tishi bilan bezdagi to`qimalarning miqdori oshib boradi. Hujayra tutamlari oralig`ida kichik-kichik pufakchalarga o`xshash bo`shliqlar uchrab, ular kolloid va yog` suyuqligi bilan to`lib turadi. Bez pufakchalari juda ko`p qon tomir kapllyarlariga boy bo`lib, ishlab chiqariladigan garmon shu kapllyarlarning venoz qismida so`rilib qonga o`tadi. Bezlardan ishlab chiqariladigan paraterioid garmoni qonda va to`qimalarda kalsiy va fosfor birikmalarining hamkorlikda ish olib borishini boshqarib turadi.
Qalqonsimon orqa bezlari olib tashlansa organizmdagi kalsiy miqdori kamayadi va suyaklarning o`sishi buziladi. Markaziy nerv tizimining qo`zg`aluvchanligi oshadi, mushaklar titrashi va ularning tortilishi kuzatiladi. Glandula parathyroidea homila rivojlanishinin 3 - 4 haftasida III va IV xalqum cho`ntaklari epiteliyasidan thymus kurtagining orqasida rivojlanadi. Keyinchalik bez epiteliyalari rivojlangan sohasidan qo`zg`alib qalqonsimon bez bo`laklarining orqasiga yopishgan holda kaudal tomonga qarab tushadi.
Ayrisimon bez - ko`ks oralig`ining oldingi yuqori qismida joylashgan. SHaklan kalta va qalin yoki ingichka va uzun bo`lishi mumkin.
Ayrisimon bez oldindan orqaga qarab yassilangan bo`lib, ikkita:
o`ng
Dostları ilə paylaş: |