Burun Bo\'shlig\'i Hiqildoq Va Bronxlarning Tuzilishi
Hiqildoq bo`shlig`i - cavitas laryngis.
Hiqildoq bo`shlig`iga kirish teshigi aditus laryngis: hiqildoq usti tog`ayi, cho`michsimon tog`ayining uchi va yon sohada plica aryepiglotticae burmalari orasida joylashadi.
Hiqildoq bo`shlig`i qum soatiga o`xshash to`zulishga ega. Uning yuqori kengaygan qismi hiqildoq daxlizi - vestibulum laryngis deyiladi. Daxliz bo`shlig`ining pastki chegarasi plica vestibularis burmalarigacha davom etadi. Bu burmalar yolg`on ovoz boylami lig. vestibularis hisobiga hosil bo`ldi. Bu boylamlar orasida esa daxliz tirqishi - rima vestibuli hosil bo`ladi. Daxliz burmasining ostida,chin ovoz boylamlari - lig. vocale ishtirokida plica vocalis burmasi hosil bo`ladi. Rlica vestibularis bilan plica vocalis burmalari orasida hiqildoq qorinchasi bo`shlig`i - ventriculus laryngis joylashadi.
Ikki chin ovoz boylamlari orasidagi toraygan tirqish - rima glottidis orqali kengaygan hiqildoq osti bo`shlig`i - cavitas infraglottica - ga o`tiladi. CHin ovoz boylamlari orasidagi tirqish rima glottodis ning quyidagi qismlari bo`ladi:
a) pars intermembranacea – parda orasidagi qism;
b) pars intercartilaginea – tog`aylar orasidagi qism;
Hiqildoq bo`shlig`i (sagittal kesimida) 1 - epiglottis, 2 - aditus laringis, 3 - vestibulum laringis, 4 - plica aryepiglottica, 5 - pars laryngea pharyngis, 6 - tuberculum cuneiforme, 7 - tuberculum corniculatum, 8 - m. arythenoideus, 9 - tunica mucosa pharyngis, 10 - lamina cartilaginis cricoideae, 11 - oesophagus, 12 - cartilago trachealis, 13 - trachea, 14 - arcus cartilaginis cricoideae, 15 - lig. cricothyroideum, 16 - cavum infraglotticum, 17 - cartilago thyroidea, 18 - plica vocalis, 19 - ventriculus laryngis, 20 - plica vestibularis, 21 - lig. thyroepiglotticum, 22 - lig. thyrohyoideum medianum, 23 - corpus adiposum laryngis, 24 - os hyoideum, 25 - lig. hyoepiglotticum, 26 - plica glossoepiglottica mediana.
v) pars interarytenoidea – chumichsimon tog`aylar orasidagi burma. O`z navbatida hiqildoq osti bo`shlig`i traxeyaga davom etadi. Xiqildoqning ichki yuzasi shilliq qavati – tunica mucosa da glandulae laryngeales bo`ladi.