Traxeya hiqildoqning davomi bo`lib VI bo`yin umurtqasi sohasidan V ko`krak umurtqasi sohasigacha davom etadi. Traxeyaning bo`yin qismi pars cervicalis, ko`krak qismi esa pars thoracica deyiladi Traxeyaning pastki uchi ikki asosiy bronxga ajraladi. Traxeyaning bo`linish sohasini - bifurcatio tracheae deyiladi. Traxeyaning bronxlarga bo`linish sohasida ichki yuzasida bo`rtib chiqqan hosila carina tracheae hosil bo`ladi. Traxeyaning orqa yuzasida qizilo`ngach joylashadi. Traxeyaning asosini yarim xalqasimon tog`aylar - cartilagne tracheales - hosil etadi. Traxeya tog`aylari ostida xalqasimon mushak tolalari m. trachealis bo`ladi. Tog`aylar o`zaro ligg. annularia boylamlari vositasida qo`shilib turadi. Tog`aylarning orqa uchlari qo`shilmaganligidan - bu sohada mushak tolalari bo`lgan parda - paries membranaceus - hosil bo`ladi. Traxeyaning ichki yuzasida kiprikli epiteliy bilan qoplangan shilliq qavat hosil bo`ladi.
Bronxlar
Bronxlar bronchus - havoni traxeyadan o`pka alveolalarigacha o`tkazadigan havoni teskari yo`nalishini ta’minlaydigan, havoni zararli zarrachalardan tozalaydigan a’zodir. Bronxlar oldingi ichak nayining ventral qismidan taraqqiy etadi va bronxlar devori entoderma va mezodermadan rivojlanadi. Traxeyaning ikkiga bo`linishi natijasida ikkita asosiy bronxlar - bronchi principales dexter et sinister hosil bo`ladi. O`ng bronx kengroq, lekin kaltaroq bo`ladi. O`ng bronx vertikal holda joylashganligidan, traxeyaning davomidek ko`rinadi. Aksincha chap bronx torroq, uzunroq va traxeya bilan hosil etgan burchagi kichikroq bo`ladi. Bronxlar devorining tuzilishi traxeya devoriga o`xshab ketadi. Asosiy bronxlar o`pka darvozasiga kirib, maydaroq bronxlarga bo`linadi.
Traxeya va bronxlar.
1 - prominentia laryngea, 2 - cartilago thyroidea, 3 - lig. cricothyroideum, 4 - cartilago cricoidea, 5 - cartilagines tracheales, 6 - lig. cricotracheale, 7 ligg. anularia, 8 - oesophagus, 9 - bifurcatio tracheae, 10 - bronchus principalis dexter, 11 - bronchus principalis sinister, 12 - bronchus lobaris superior dexter, 13 - a. pulmonalis sinistra, 14 - bronchus lobaris superior sinister, 15 - a. pulmonalis dexter, 16 - bronchus lobaris medius dexter, 17 - bronchus lobaris inferior dexter, 18 - bronchus lobaris inferior sinister, 19 - oesophagus, 20 - aorta, 21 - v. azygos.
Dostları ilə paylaş: |