Nafas olish fiziologiyasi



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix02.01.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#43904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
nafas olish organlari fiziologiyasi

Karbonat angidridning qon bilan tashilishi. Organizmning barcha to'qimalarida 

kechayotgan  moddalar  almashinuvi  oqibatida  chiqindi  modda  sifatida  uzluksiz 

ravishda  karbonat  angidrid  hosil  bo’lib  turadi.  Hosil  bo’layotgan  karbonat  angidrid 

to'qimalarda ma’lum (simob ustuni xisobida, o’rtacha 67mm) parsial bosimni yuzaga 

keltiradi va diffuziyalanib qonga o’tadi. Qonga o’tgan karbonat angidridning 2,7-3,0 

%  ga  yaqin  qismi  plazmada  erkin  erigan  holda,  qolgan  qismi  esa  turlicha  birikkan 

holda qon bilan o’pkaga tashiladi. Karbonat angidridning, qon eritrotsitlariga birikib 

tashilishini 

quyidagicha  tasavvur  etsa  bo’ladi.  Ma’lumki,  to'qimalarda 

oksigemoglobin  gemoglobin  va  kislorodga  parchalanar  ekan,  bu  jarayon  qon 

eritrotsitlariga so’rilayotgan karbonat angidrid ishtirokida bir muncha tezlashadi ham. 

To'qimalarda  karbonat  angidrid  bilan  gemoglobinning  murakkab  asosli  birikmalari 

hosil  bo’lishi  uchun  imkoniyat  yaratiladi.  To'qimadan  qonga  o’tadigan  karbonat 

angidridning  asosiy    qismi  eritrotsitlarning  ichiga  kiradi,  shu  karbonat  angidridning 

80%  ga  yaqin  qismi  suv  bilan  birikib,  karbonat  kislotaga  aylanadi,  bu  jarayonni 

eritrotsitlardagi  karboangidraza  fermenti  ancha  tezlashtiradi.  Shu  vaqtning  o’zida 

plazmada  ham  karbonat  angidridning    kamroq  qismi  H

+

  va  karbonat  ionlarga  oson 



dissotsiatsiyalanuvchi  kuchsiz  karbonat  kislotaga  aylanadi.  Eritrotsitlarning  ichidagi 

karbonat  kislotalar  ham  tezda  H

+

  va  karbonat    ionlarga  parchalanadi.  Bu  vaqtda 



plazmada  hosil  bo’layotgan  karbonat  ionlari  plazma  oqsillari    bilan  o’zaro  yaqin 

munosabatda bo’lgan Na

+

 kationlari bilan, eritrotsitlarda hosil bo’layotgan  karbonat 



ionlari  esa  qaytarilgan  gemoglobin  bilan  tutashgan  K

+

  kationlari  bilan  birikadi. 



Eritrotsitlarning  ichida  bir  muncha  ko’proq  miqdorda  karbonat    anionlari  hosil 

bo’layotgani    sababli  ularning  hammasi  K

+

  bilan  birika  olmaydi.  Natijada  bu 



anionlarning  talaygina  qismi  plazmaga  chiqadi  va  yuqorida  aytilganidek,  u  yerdagi 

Na

+



 kationlari bilan birikadi. Eritrotsitlardan chiqayotgan karbonat  anionlari o’rniga 

plazmadan ularning ichiga Na

+

 kationlaridan ajralgan Cl-anionlari kiradi. Boshqacha 



aytganda bu vaqtda karbonat  anionlari bilan Cl anionlari o’zaro o’rin almashadi. 


 

118 


Xlor  anionlarini  eritrotsitlarning  ichiga  kirishi  natijasida  u  yerda  osmotik  bosim  bir 

muncha  oshadi,  bu  esa  eritrotsitlarning  ichiga  muayan  miqdor  suv  kirishini  taqozo 

qiladi,  natijada  eritrotsitlar  salgina  shishib,  hajmi  kattalashadi.  Shunday  qilib 

eritrotsitlarning  ichida  gemoglobinni  gem  guruhi  bilan  yaqin  munosabatda  bo’lgan 

kaliy  bikarbonatlar  (KHCO

3

)  va  plazma  oqsillari  bilan  yaqin  munosabatda  bo’lgan 



natriy  bikarbonatlar  (NaHCO

3

)  paydo  bo’ladi,  lekin,  natriy  bikarbonatlar  kaliy 



bikarbonatlarga  qaraganda  ko’proq  miqdorda  hosil  bo’ladi.  Bikarbonatlarning  hosil 

bo’lishi  eritrotsitlar  bilan  plazma  anionlarining  o’zaro  o’rin  almashishi  HCO

3

  – 


anionlarining  eritrotsitlardan  chiqishi va Cl  –  anionlarining  esa  eritrotsitlarga  kirishi 

bilan  birga  davom  etadi.  Bikarbonatlardan  tashqari,  karbonat  angidridning    15-20% 

ga yaqin qismi karbonin bo’g’larini hosil qilib, gemoglobindagi aminoguruhlar bilan 

birikadi va karbgemoglobin holatida tashiladi (29-rasm). 

     

 

A                                                B 



4-rasm. Karbonat angidridning  karbon bo’g’larini hosil qilib, gemoglobindagi 

aminoguruhlar bilan birikishi va karbgemoglobin holatida tashilishi. 

A-CO

2

ning

 

qondan upka alveollalariga utishi, B-CO

2

ning tuqimalardan qonga utishi 

 

O’pkada  esa  alveola  havosidan  o’tgan  kislorod  eritrotsitdagi    qaytarilgan 



gemoglobin bilan birikib,  oksigemoglobin hosil qiladi. Oksigemoglobin qaytarilgan 


 

119 


gemoglobinga  qaraganda  kuchliroq  kislota  bo’lganligi  sababli  eritrotsitlardagi 

bikarbonatlardan K

+

 kationlarini ajratib olib, o’rniga H



+

 kationini beradi. 

Oqibatda  H

2

SO



3

-karbonat  kislota  hosil  bo’ladi.  Bu  kislota  karboangidraza 

fermentining  ishtirokida  tezda  CO

2

  va  H



2

O  ga  parchalanadi.  Eritrotsit  ichida  esa 

karbonat angidridning parsial bosimi ko’tarilib, bu gaz kapillyar va alveola devorlari 

orqali  alveola  havosiga  o’ta  boshlaydi.  Shu  vaqtning  o’zida  gemoglobindagi 

aminoguruh  ishtirokida  hosil  bo’lgan  karbgemoglobin    ham  tez  parchalanadi  va 

o’zidan  karbonat  angidridni  to’liq  ajratib,  alveola  havosiga  chiqaradi.  Shuning 

natijasida  eritrotsitlar  ichida  H  va  HCO

3

  ionlari  kamayadi,  bu  esa  plazmadagi 



bikarbonatlarning  parchalanishiga  va  yangi  hosil  bo’lgan  hamda  plazmada  erigan 

HCO


3

  ionlarining  eritrotsitlarga  shimilishiga  sabab  bo’ladi.  Eritrotsitlarga  HCO

3

 

ionlarining  kirishi  ulardan  xlor  ionlari  hamda      belgili  miqdorda  suvning  plazmaga 



chiqishini taqozo qiladi.              

HCO


3

  ionlari  eritrotsitlarga  kirishi  bilanoq  suv  ishtirokida  karbonat  kislotaga 

aylanadi,  bu  kislota esa,  o’z  navbatida,  karboangidraza  fermenti  ishtirokida  CO

2

  va 



H

2

O ga parchalanadi. 




Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin