Nafas olish fiziologiyasi



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix02.01.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#43904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
nafas olish organlari fiziologiyasi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

105 


 

 NAFAS OLISH FIZIOLOGIYASI 

 

 



 

Nafasning  ahamiyati.  Nafas  olish  –  bu  organizm  va  uni  o’rab  turuvchi  atrof-

muhit orasidagi gazlarning tinimsiz almashinuvidir.  

Organizmda  tinimsiz  ravishda  oksidlanish  jarayoni  bajariladi.  Atrof-muhitdan 

tushayotgan  kislorod  hujayralarga  yetkazib  beriladi  va  u  yerda  sitoplazma  tarkibiga 

kiruvchi  yuqori  molekulyar  organik  moddalardan  ajraladigan  uglerod  va  vodorod 

bilan  birikadi.  Organizmdan  chiqarilishi  kerak  bo’lgan  o’zgarishlarning  oxirgi 

mahsulotlari – karbonat angidrid gazi, suv va boshqa birikmalar organizmga tushgan 

kislorodning katta miqdorini o’zlarida saqlaydi. Kislorodning kam qismi esa hujayra 

sitoplazmasi tarkibiga kiradi. 

Kislorod  organizmni  faoliyati  uchun  zarur  bo’lgan  energiyani  ajratuvchi 

bioximiyaviy jarayonlarning asosi hisoblanuvchi oksidlanish jarayonini ta’min etadi. 

Shu  sababli  uning  to’qimalarini  kislorod  bilan  yetarlicha  ta’minlamasdan  organizm 

hayotini  tasavvur  qilish  mumkin  emas.  Hayvon  qanchalik  murakkab  darajada 

tuzilishga  ega  bo’lsa,  u  kislorod  taqchilligini  shunchalik  qiyin  yengadi.  Yuqori 

darajada  rivojlangan  hayvonlar,  ayniqsa  odamlar  oksidlanish  jarayonlari  to’xtashi 

bilan bir necha daqiqa ichida o’ladi. 



Nafas olish tiplarining evolyutsiyasi. Bir hujayrali organizmlarda – diffuzli nafas 

olish mavjud – ya’ni gazlarning to’g’ridan-to’g’ri hujayra po’stlog’i orqali o’tishidir. 

Quyi tabaqali ko’p hujayralilarda, masalan chuvalchanglarda, quyi hasharotlarda 

gazlarning  almashinuvi tana  yuzasidagi  hujayralar  orqali bajariladi  (teri  orqali  nafas 

olish).  Teri  orqali  nafas  olish  maxsus  nafas  organlari  mavjud  bo’lgan  quyi  tabaqali 

umurtqalilarda  (baliqlar,  amfibiya,  sudralib  yuruvchilarda)  katta  rol  o’ynaydi.  Bu 

organlar  yashash  sharoitiga  qarab  rivojlangan  bo’ladi.  Suvli  nafas  organlari  bo’lib 

turli tuzilishga ega jabralar hisoblanadi (jabralar bilan nafas olish), havoli nafas olish 

organlari  bo’lib  –  kekirdak  va  o’pka  (kekirdakli,  o’pkali  nafas  olish)  hisoblanadi. 

Barcha baliqlarda jabrali nafas olish mavjud, lekin ayrim baliqlar teri hamda ichaklar 




 

106 


orqali  ham  nafas  oladilar.  Ichak  naychalaridan  suzish  pufakchalari  rivojlanadi  va 

uning hujayralari kislorodni o’ziga faol singdirib oladi (gazlar sekresiyasi). Masalan, 

cho’rtan  baliqning  suzish  pufagida    35  %,  dengiz  okunida  88  %  gacha  kislorod 

saqlanadi.  Bundan  tashqari,  suzish  pufagi  harakatlarni  koordinasiyalashda  ham 

ishtirok etadi. 

Suv  umurtqalilarida  ham  tashqi,  ham  ichki  jabralar  mavjud.  Umurtqasiz 

hayvonlarda  havoni  qayta  ishlovchi  nafas  organlari  bo’lib  qayta  o’zgargan  jabralar 

hisoblanadi.  Ko’pchilik  hasharotlarda  kekirdakning  nozik  o’simtalarining  murakkab 

turidan  tashkil  topgan  kekirdakli  tizim  bo’lib,  u  orqali  to’qimalar  kislorod  bilan 

ta’minlanadi. Repitiliy va amfibiyalarda gazlar  almashinuvining 2/3 qismi teri orqali 

va 1/3 qismi o’pka orqali (o’pkali nafas olish) bajariladi. 

Parrandalarda  nafas  organlari  o’ziga  xos  xususiyatlarga  ega,  ularda  ham 

reptiliylardagi  singari  diafragma  yo’q.  Kekirdak  o’pka  ichidan  to’g’ri  havo 

xaltalariga  o’tadigan  2-ta  bronxga  bo’linadi.  O’pka  unchalik  katta  emas  va 

qobirg’alar  bilan  aralashib    ketgan.  Havo  o’pkadan  undan  o’tadigan  bronxlar 

shoxlariga,  bronxiolalar  va  havo  kapillyarlari  hamda  havo  xaltalariga  kelib  tushadi. 

Uncha  katta  bo’lmagan  havo  xaltalari  –  ko’krak  va    qorin  bo’shlig’ida  joylashgan. 

Barcha  havo  xaltalari  o’simtalarga  ega  va  ularning  ayrimlari  oyoqlarning  uzun 

naysimon suyaklari bilan tutashgan bo’ladi. Nafas olinganda qobirg’alarning qismlari 

orasidagi  burchaklarning  ortishi  hisobiga  vertikal  yo’nalishdagi  ko’krak 

hujayralarining  hajmi  ortadi.  Gazlar  almashinuvi  qon  kapillyarlari  bilan  juda  yaxshi 

ta’minlangan o’pka va havo kapillyarlarda bajariladi va ular orqali havo nafas olish 

va chiqarish vaqtida ikki marta o’tadi (havo xaltalari va  opkaga). 

Havo  xaltalari  –  ancha  katta  havo  rezurvuari  bo’lib  o’chish  paytida  qushlarni 

tanasini  ushlab  turish  hamda  tanani  sovutish  va  uzoq  muddat  nafas  olinmaganda 

hayotini  saqlab  qolinishini  ta’minlaydi.  Suvda  suzuvchi  parrandalarga  esa  tana 

zichligini kamaytiradi, natijada parrandalar suvga kam botadi. 


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin