Nafas olish fiziologiyasi



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix02.01.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#43904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
nafas olish organlari fiziologiyasi

Nafas  olish  –  inspiratsiya  ko'krak  qafasining  eniga,  bo’yiga  va  balandligiga 

kengayishi xisobiga sodir bo’ladi. Jumladan, nafas olinayotgan paytda qaburg’alararo 

tashqi  tishsimon  muskullar  qisqarishi  natijasida  ko'krak  qafasi  eniga  kengaysa, 

diafragmaning  qorin  bo'shlig'i  tomon  tortilib,  konus  shakliga  o’tishi  natijasida 

bo’yiga,  tosh  suyagining  pastga  tushishi  xisobiga  balandligiga  tomon  kengayadi. 

Oqibatda  ko'krak  qafasining  ketidan  o'pka  ham  kengayib,  uning  ichidagi  bosim 

pasayadi,  natijada  unga  havo  so’rib  olinadi.  Havo  so’rilishi  o'pkaning  batamom 



 

111 


kengayib, ichidagi bosim atmosfera bosimi bilan tenglashguncha davom etadi. Nafas 

olinayotganda ko'krak qafasining eniga faol kengayishi tufayli ko'krak  bo'shlig'idagi 

bosim  sezilarli  darajada,masalan,  yirik  hayvonlarda  (simob  ustuni  xisobida)  30-

50mm gacha pasayib ketadi. Natijada o'pkaning kengayishi uchun juda yaxshi imkon 

tug’iladi.  Ko'krak  qafasining  kengayishida  ishtirok  etadigan  muskullarga  (masalan, 

qaburg’alararo tashqi tishsimon muskullar) inspirator muskullar deyiladi. 



Nafas  chiqarish  –ekspiratsiya.  Nafas  olish,  ya’ni  havoni  o'pkaga  so’rish  –

inspiratsiya  tugashi  bilanoq  nafas  chiqarish  ekspitatsiya  boshlanadi.  Nafas  tugashi 

bilanoq  qaburg’alar    o’z    og’irligi  va  to’g’aylarning  elastikligi  tufayli  avvalgi,  

holatini  egallashga intilib siqila boshlaydi.  Qaburg’alararo  tishsimon  muskullar  ham 

qisqarib, qaburg’alarning siqilishiga yordam beradi. Shuning natijasida ko'krak qafasi 

va  unga  ergashib  o'pka  ham  toraya  boshlaydi.  Bu  vaqtda  qorin  bo'shlig'idagi 

organlarning  bosimi  tufayli,  diafragma  ko'krak  bo'shlig'i  tomon  egilib,  qavariq 

holatga  o’tadi.  To’sh  suyagi  esa,  avvalgi  vaziyatini  egallaydi,  mana  shularning 

hammasi ko'krak qafasining bo’yiga va balandligiga torayishini ta’minlaydi. 

Shunday  qilib, har tomondan ko'krak  qafasining  torayishi oqibatida, o'pka ham 

torayib, nafas chiqariladi. Qaburg’alarning siqilishi va shu tariqa ko'krak qafasining 

torayishida  ishtirok  etadigan  muskullarga  (masalan,  qaburg’alararo  ichki  tishsimon 

muskullar) ekspirator muskullar deyiladi. 

 

2-rasm. O’pka va to’qimalarda gaz almashinuvi 

 



 

112 


O'pka  alveolalarida  alveola  havosi  bilan  alveolalar  devoriga  tarmoqlanib,  to’r 

hosil qilgan kapillyarlardagi qon o’rtasida doimo uzluksiz ravishda gaz almashinuvi 

jarayoni  sodir  bo’lib  turadi.  Ayni  vaqtda  gazlar  diffuziya  hodisasiga  ko’ra  parsial 

bosim  baland  joydan  parsial  bosim  past  joyga  tomon  alveola  va  kapillyar  devori 

orqali  sizib  o’tadi.  Shunday  qilib,  gazlarning  alveola  havosidan  qonga  va  aksincha, 

qondan  alveola  havosiga  o’tishida  ularning  parsial  bosimi  hal  qiluvchi  omil  bo’lib 

xizmat  qiladi.  Gazlar  aralashmasi  umumiy  bosimning  aralashmadagi  ma’lum  gaz 

ulushiga  to’g’ri  keladigan  qismi  o’sha  gazning  parsial  bosimi  deyiladi.  Bu  bosim 

aralashmadagi gazning miqdoriga bog’liq bo’ladi. Masalan, barometrik bosim (simob 

ustuni  xisobida)  760mm  ga  teng  bo’lgan  joydagi  atmosfera  havosining  tarkibidagi 

kislorod 21% deb olinsa, kislorodning parsial bosimi 760mm ga teng bosimning 21% 

ini, ya’ni (simob ustuni xisobida) 159 mm tashkil qiladi. Alveola havosi va qondagi 

gazlarning  miqdori  va  parsial  bosimi  kislorodni  alveola  havosidan  qonga,  karbonat 

angidridni esa qondan alveola havosiga o’tishini ta’minlay oladigan darajada bo’ladi. 

   1-jadval. 

Alveola havosi venoz va arterial qondagi gazlarning miqdori va partsial bosimi: 

Qayerda 

Miqdori o/o hisobida 

Partsial bosim mm/ simob ustuni 

hisobida 

O

2

 



CO

2

 



N

2

 



O

2

 



CO

2

 



N

2

 



Alveola havosida 

14,5-16,0 

4,5-6,0 

78-80,0 


110-115,0 

38-45,0 


570-571,8 

Arterial qonda 

20-21,0 

35-40,0 


0,95 

95-110,0 

40-50,0 

Venoz qonda 



12,0 

50-55,0 


0,95 

20-40,0 


40-60,0 

 



Jadvaldan  ko’rinib turganidek,  alveola havosidagi kislorod  parsial  bosimi 

(100-115mm  simob  ustuni)  venoz  qondagi  kislorod  parsial  bosimi  (20 -40mm) 

sezilarli  darajada  baland  bo’lgan  holda,  alveola  havosi  va  venoz  qondagi 

karbonat angidrid parsial bosimlari o’zaro kam farq qiladi. Shunga qaramay, bu 

farq alveola havosidan qonga kislorod o’tayotgan paytda karbonat angidridning 

muntazam  ravishda  alveola  havosiga  o’tishini  ta’minlay  oladi.  Alveola  havosi 

bilan  qon  o’rtasida  gazlar  almashinuviga  alveolalar  va  kapillyarlarning  yuza 



 

113 


kengligi,  devorlarining  gazlarni  o’tkazish  xususiyatlari  va  kapillyarlardagi  qon 

bosimi  ta’sir  ko’rsatadi.  Turli  kasalliklarda  alveolalar  ichki  bo’shlig’iga 

suyo’qliklar  to’planishi,  kapillyarlardagi  bosimning  oshib  ketishi  va  shunga 

o’xshash  boshqa  omillar  gazlar  almashinuviga  bir  muncha  to’sqinlik  qiladi. 

Shunday  qilib,  alveola  havosi  bilan  qon  o’rtasidagi  gazlar  almashinishi 

oqibatida, o'pkaga olinayotgan havo tarkibidagi kislorodning 5%ga yaqin qismi 

qonga  o’tib,  qondan  4%ga  yaqin  karbonat  angidrid  alveola  havosiga  o’tadi. 

Nafasga  olinadigan  va  nafasdan  chiqariladigan  havo  tarkibini  o’rganib,  bunga 

ishonch hosil qilsa bo’ladi. 

2-jadval 

  Nafasga olinadigan va undan chiqariladigan havoning tarkibi (foiz xisobida): 

 

O



2

 

CO



2

 

N



2

 

Nafasga olinadigan 



havo 

0,03 


20,94 

79,30 


Nafasdan 

chiqariladigan havo 

4,40 

16,30 


79,60 

 

Nafasga  olinadigan va  undan  chiqariladigan havodagi  azot  miqdorining deyarli 



o’zgarmasligi jadvaldan ko’rinib turibdi, nafasdan chiqarilayotgan havoning dastlabki 

qismi  tarkibi  jihatidan  atmosfera  havosining  tarkibiga  juda  yaqin  bo’ladi.  Chunki 

nafas chiqarilayotganda, dastavval, gaz almashinuvida ishtirok etmagan havo “zararli 

bo’shliq” havosi chiqariladi. Nafasdan chiqariladigan havoning keyingi, oxirgi qismi 

esa,  o’z    tarkibi  jihatidan  alveola  havosining  tarkibiga  yaqin  turadi.  Shu  sababli, 

nafasdan chiqariladigan havoning oxirgi qismi tarkibini o’rganib, alveola havosining 

tarkibi  to’g’risida  fikr  yuritsa  bo’ladi.  Alveola  havosining  tarkibi  nafas  olish  va 

chiqarish paytlarida kam o’zgaradi, nafas chiqarilayotgandagina tarkibidagi karbonat 

angidrid  0,3-0,4%  ga  kamayadi.  Nafasdan  chiqarilayotgan  havoning  bosimi  alveola 

havosi tarkibidagi suv bug’lari xisobiga bir mincha ko’paygan bo’ladi. 




 

114 



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin