Nafas olish fiziologiyasi



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix02.01.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#43904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
nafas olish organlari fiziologiyasi

Nafas  harakatlari.  Nafas  olish  aktida,  o’pka  passiv  rolni  o’ynaydi.  Ular  faol 

holda  kengayish  va  qisqarish  xususiyatiga  ega  emas,  chunki  ularda  muskullar  yo’q. 

Nafas  olishda    havoning  o’pkaga  kirishi  va  nafas  chiqarishda  uning  o’pkadan 

haydalishi  nafas  muskullarining  bo’shashishi  va  qisqarishi    tufayli  amalga  oshadi, 

chunki bu muskullar nafas aktida hal qiluvchi rolni o’ynaydi. 

Nafas  muskullarining  qisqarishi  bosh  miya  yarim  sharlarini  neyronlariga 

tushadigan  impulslar  hisobiga  o’z-o’zidan  chaqirilishi  mumkin.  Ammo,  o’rganish 

bo’lib qolgan sharoitlarda nafas harakatlari ongga bog’liq bo’lmagan holda bajariladi. 

Bu  harakatlar  chuqur  uyqu  paytida  ham  va  boshqa  hollarda  ham,  ya’ni  katta  yarim 

sharlar faoliyati kuzatilmagan paytda ham bajariladi. Nafas harakatlarning chastotasi 

barcha hayvonlarda bir xil emas. 

Yangi  tug’ilgan  bolalarda  tinchlik  paytida  nafas  chastotasi  daqiqasiga  40-60 

marta bo’ladi. Yosh ortishi bilan nafas chastotasi sekin-asta kamayadi. Balog’at davri 



 

120 


oldidan, nafas chastotasi qiz bolalarda o’g’il bolalarga nisbatan tezroq bo’ladi va bu 

butun hayot davomida saqlanib qoladi. 

Voyaga yetgan odamlar 12 dan 24 martagacha nafas harakatlarini bajaradi yoki 

bir  daqiqada    o’rtacha  16-20  marta  nafas  harakati  bajariladi,  otlarda  –10-15  marta, 

sigirlarda 10-30, cho’chqalarda 8-18 marta harakat kuzatiladi. 

Odam  tik  turganida  nafas  harakatlari  o’tirgan  yoki  yotganidagidan  ko’proq 

bo’ladi.  Jismoniy  ish,  hayajonlanish,  atrof-muhit  harorati  oshishi  va  ovqat  hazmi 

nafas  olishni  tezlashtiradi  va  chuqurlashtiradi.  Uyqu  paytida  nafas  olish  ancha 

siyraklashadi (deyarlik 1/5). 

Nafas chastotasining tezlashishi nafas chuqurligini yuzakilashiga sabab bo’ladi. 

Nafas  chastotasi  va  chuqurligiga  moddalar  almashinuvi  ta’sir  ko’rsatadi,  yuqori 

mahsuldorli  hayvonlarda  kuchli  moddalar  almashinuvi  kelganligi  tufayli  nafas 

chastotasi  bir  daqiqada  30  marta  bo’lsa,  moddalar  almashinuvi  kam  bo’lgan  o’rta 

mahsuldorlik hayvonlarda o’rtacha 15-20 martaga teng bo’ladi. 

Ko’krak  hujayralarining  nafas  harakatlarini  yozib  olishga  pnevmografiya 

deyilsa, yozib olingan chizmaga pnevmogramma deyiladi. 



Nafas olish va chiqarish mexanizmi. Nafas olish (inspirasiya) paytida inspirasiya 

muskullarining  qisqarishi,  nafas  chiqarishda  (ekspirasiya)  esa  o’sha  muskullarning 

bo’shashishi  yuz  beradi.  Kuchli  nafas  olishda  esa  ekspirasiya  muskullari  ham 

qisqaradi. 

Nafas  olish,  nafas  chiqarishdan  qisqa.  Nafas  chiqarishning  davomiyligi,  nafas 

olish vaqtidan 1,5 barobar uzoq. Odatiy nafas chiqarish-passiv aktdir. Nafas chiqarish 

muskullarining  bo’shashi  natijasida  ko’tarish  kuchi  va  nafas  olishda  buralgan 

qobirg’alarning  tog’ayli  chlari  ko’krak  qafasini  pastga  tushishiga  olib  keladi. 

Diafragmaning  qisqarishi  natijasida  pastga  tushgan  qorin  bo’shlig’i  organlari 

ko’tariladi. 

Nafas chiqarishda ashula aytish va nutq funksiyalari bajariladi. 

Odatiy nafas olishda diafragma tashqi qobirg’alararo va tog’aylararo muskullar 

qisqaradi.  Kuchli  nafas  olishda  diafragma,  uch  juft  zinali  muskullar,  qobirg’alarni 

ko’taruvchi to’sh-yelka kamarini va orqaga tortilgaan yelkalarni qimirlatmay turuvchi 




 

121 


muskullar,  tashqi  qobirg’alararo,  oldingi  va  keyingi  tishli  muskullar,  kuraklarni 

ko’taruvchi,  yelkaning  keng  muskuli,  trapesiyasimon  muskullar,  katta  va  kichik 

ko’krak muskullari qisqaradi. 

Kuchli  nafas  chiqarganda  esa  ichki  qobirg’alararo  tashqi  va  qisman  bel-o’qli 

muskullarni  o’rtangi  qismi,  pastki  keyingi  tishli  muskul,  qorinni  qiyshiq  va  to’g’ri 

muskullari qisqaradi. Nafas olishda nafas muskullarining qisqarishi ko’krak qafasini 

oldinga-orqaga  (sagittalli)  va  eniga  (frontalli)  yo’nalishlarda,  qobirg’alarni 

ko’tarilishi va ularni ayrilishi hisobiga o’lchamining ortishi diafragmaning qisqarishi 

hisobiga bajariladi.  

Nafas  muskullarining  qisqarishi  to’sh  va  qobirg’alarni  ko’taruvchi  yukni 

bartaraf  etadi,  qobirg’alarni,  tog’aylarini  elastik  buralishini  yuzaga  keltiradi,  qorin 

ichidagi  organlarni  pastga  tushiradi  va  qorin  devorlarini  elastik  holda  cho’zadi. 

Bundan tashqari nafas olishda o’pkalar ham elastik holda cho’ziladi.  

Odatiy  nafas  chiqarilganida  to’sh  va  qobirg’alar  nafas  muskullarining 

bo’shashishi  natijasida  va  o’z  og’irligi  tufayli  pastga  tushadi,  ularning  buralishi 

to’xtaganidan  keyin  qobirg’alarni  tog’aylari  to’g’rilanadi  va  qobirg’alarni  pastga 

tushiradi,  qorin  bo’shlig’idagi  bosim  esa  bo’shashgan  diafragmani  yuqoriga  itaradi. 

Shunday qilib ko’krak qafasining sagittal, frontal va vertikal o’lchamlari kamayadi. 

Nafas  chiqarishda  o’pkaning  elastik  cho’zilishi  kamayadi.  Kuchli  nafas 

chiqarishda ekspirasiya muskullarining qisqarishi ko’krak qafasini o’lchamini yanada 

kichraytiradi  va  qorin  bo’shlig’idagi  bosimni  oshiradi,  diafragma  gumbazini 

kengligini yanada oshiradi. 

Nafas olishning uch xili faqlanadi: ko’krak (ko’krak qafasini nafas muskullarini 

qisqarishi  hisobiga),  qorin  (diafragmani  qisqarishi  hisobiga)  va  aralash  (qisman 

bo’lsada  barcha  inspirasiya  va  diafragmani  qisqarishi  hisobiga)  tiplari  farqlanadi. 

Ko’krak  tipidagi  nafas  olish  odatda  ayollarda,  qorin  tipi-erkaklarda  va  aralash  tipi 

bolalar va hayvonlarda uchraydi. 

Nafas  olish  muskullarining  kuchi,  nafas  chiqarish  muskullarining  kuchidan 

ortiqdir.  Bu  kuchning  bir  qismi  yuqorida  keltirilgan  qarshiliklarni  yengish  uchun 



 

122 


sarflanadi. Nafas muskullarining bir kecha-kunduzgi ishi mo’’tadil sharoitda 147-196 

kDj ga teng.  




Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin