Nafas olish fiziologiyasi



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix02.01.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#43904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
nafas olish organlari fiziologiyasi

O’pka orqali nafas olish. Sut emizuvchilarda va odamlarda gazlar almashinuvi 

deyarlik to’lig’icha o’pkalar orqali bajariladi, teri va ovqat hazmi orqali atigi 1-2 %, 




 

107 


lekin ayrim hayvonlarda, masalan otlarda, ish bajarganida 8 % gacha nafas teri orqali 

olinadi. 

Nafas  organlarining  filogenetik  rivojlanishi  maxsus  nafas  olishga  yordam 

beruvchi  muskullarni  rivojlanishi  bilan birgalikda  kechadi,  ular  o’z  navbatida  nafas 

olish  yuzalari  bilan  to’g’ridan-to’g’ri  tutatishi  natijasida  havo  yoki  suvni  doimiy 

almashinishini ta’min etilishini saqlab kelganlar.  

 

1-rasm. Nafas yo’llari.  

1-burun bo’shlig’i, 2-og’iz bo’shlig’i, 3-burun-xalqum, 4-hiqildoq, 5-traxeya, 6-bronxlar, 7-o’pka, 

8-diafragma. 

 

Evolyusiyaning  qadimgi  bosqichlarida  bu  almashinuv  butun  gavdaning 



harakatlanishi bilan bajarilgan. 

Nafas olish tashqi va ichki turlarga farqlanadi. 

Tashqi  yoki  o’pka  orqali  nafas  olish  –  bu  o’pka    yuzasi  orqali  qon  va  o’pkada 

mavjud bo’lgan havo orasida bajariladigan gazlar almashinuvidir. 

Tashqi  muhit  bilan  organizm,  ya’ni  qon  o’rtasida  gaz  almashinuvi,  yuqorida 

aytilganidek, o’pka orqali amalga oshiriladi. 

O’pka yaxshi taraqqiy etgan juft organ bo’lib, ko’krak qafasida, berk bo’shliqda 

joylashgan.  Har  qaysi  o’pka  shaklan  konusga  o’xshagan  bo’lib,  ustki  qismi  uchi, 

pastki  qismi  esa  asosi  deb  ataladi.  O’pka,  burun  va  og’iz  bo’shliqlari,  tomoq, 

hiqlidoq,  kekirdak    va  bronxlar  orqali  tashqi  muhitga  tutashgandir.  Bronxlar 

diametriga  qarab  birinchi,  ikkinchi,  uchinchi  tartibli  bronxlarga  bo’linadi.  Uchinchi  



 

108 


tartibli bronxlar bo’linib, tarmoqlanib, juda ingichka naychalarni –bronxiollarni hosil 

qiladi.  Bronxiollar  havo    pufakchalari  –alveolalar  bilan    tugaydi  (16-rasmg  qarang). 

Binobarin,  o’pka  parenximasini  alveolalar  tashkil  qiladi.  Ularning  devori  bir  qavat 

hujayralardan  tashkil  topgan  bo’lib,  u  yerda  bir  talay  kapillyar  qon  tomirlari 

chirmashib,  to’r  hosil  qilgan.  Bu  kapillyarlarning  devori  ham  bir  qavat  endoteliy 

hujayralardan  tashkil  topgan.  Shunday  qilib,  kapillyarlarda  oqayotgan  qon  bilan 

alveola  ichidagi  havo  o’rtasida  gaz  almashinuvining  amalga  oshishi  uchun  juda 

yaxshi sharoit vujudga keladi. Chunki alveolalardagi havo bilan kapillyarlardagi qon 

bu  yerda  bor-yo’g’i    qalinligi  0,004mm  keladigan  hujayra  qatlami  bilan  bir-biridan 

ajralgandir.  Alveolalarning  soni  juda  ko’p  bo’lib,  umumiy  yuzasi  haddan  tashqari 

keng.  Masalan,  qo’ylar  alveolalarining  umumiy  yuzasi  gavdasining  yuzasidan  bir 

necha  on  baravar  katta  bo’lib,  50-80metr  kvadratga  teng  keladi.  O’pkada  gaz 

almashinuvining  nihoyatda  keng  yuza  bo’ylab  sodir  bo’lishi  ana  shu  misoldan 

ko’rinib turibdi. O’pka orqali gaz almashinib turishi uchun unga to’xtovsiz ravishda 

havo kirishi va undan tashqariga to’xtovsiz havo chiqib turishi kerak. Buning uchun 

esa u  doimo to’xtovsiz ravishda kengayib va torayib turishi zarur. O’pkaning o’zida 

uning  kengayib  torayib  turishini  ta’minlay  oladigan  xususiy  muskulatura  yo’q. 

Ammo u ko’krak qafasining berk bo’shlig’ida joylashganligi sababli, ko’krak qafasi 

kengayganda kengayadi, torayganda esa torayadi, qisiladi. Shu tariqa o’pka ko’krak 

qafasining faol faoliyatiga ergashib, passiv harakat qiladi. O’pkaning ko’krak qafasi 

faol  harakati  ketidan  shu  tariqa  passiv  harakat  qilishiga  sharoit,  hayvon  tug’ilishi 

zahotiyoq paydo bo’ladi. Gap  shundaki, ona qornida rivojlanish davrida bola o’pkasi 

hali  ishlamay  turadi,  qaburg’alarning  boshchalari  umurtqalarning  tegishli 

chuqurchalariga  tushmagan,  natijada  ko’krak  qafasi  salgina  yassilashib  qisilgan 

bo’ladi, shu sababli o’pka ko’krak qafasi bo’shlig’ini boshdan-oyoq to’lg’izib turadi. 

Bola bilan ona organizmi o’rtasida moddalar almashinuvi, jumladan, gaz almashinuvi 

platsenta orqali amalga oshadi. 

Bola tug’ilganida kindigi uzilgan zahoti bola bilan ona o’rtasidagi aloqa uziladi. 

Natijada bola qonida karbonat angidrid miqdori oshib ketadi (chunki odatda platsenta  

orqali  ona  organizmiga  o’tkaziladigan  karbonat  angidrid  kindik  uzilganligi  sababli 




 

109 


endi  ona  organizmiga  o’tmay,  balki  bola  qonida  to’planib  qoladi)  va  nafas 

markazining qo’zg’alishiga sabab bo’ladi. Oqibatda  bola dastlabki marta nafas olib, 

o’pkaga  havoni  suradi.  Bu  vaqtda  ko’krak  qafasi  kengayganligi  tufayli, 

qaburg’alarning  boshchalari  umurtqalarning  tegishli  chuqurchalariga  tushadi  va 

umrbod  qaytib  chiqmaydi.  Ayni  vaqtda  o'pka  hajmi  bilan  ko'krak  qafasining  ichki 

hajmi  o’rtasidagi    mutanosiblik  buzilib,  ko'krak  qafasining  ichki  hajmi  o'pkaning 

tashqi hajmiga qaraganda kattaroq bo’lib qoladi. Buning o’zi ko'krak  bo'shlig'idagi 

plevra  pardalari  oralig’idagi  bosim  alveolalardagi,  atmosfera  bosimidan  bir  muncha 

kamroq  bo’lib  qolishiga  sabab  bo’ladi.  Natijada,  o'pkaning  ko'krak  qafasi  faol 

harakatiga ergashib, umrbod passiv harakat qilishiga sharoit tug’iladi, ya’ni  ko’krak 

qafasi  kengayganida  undagi  bosim  alveolalardagi  bosimdan  pastroq  bo’lganligi 

uchun oson yoziladi, o'pka ham tezda kengayadi, ko'krak qafasi torayganda esa, o'pka 

ham torayib, qisiladi. Yosh hayvonlarning ko'krak qafasi o'pkasiga qaraganda tezroq 

o’sadi,  bu    esa  ularning  hajmi  o’rtasidagi  mutanosiblikning  yana  ham  ko’proq 

buzilishiga  sabab  bo’ladi,  ko'krak  qafasining  kengayib-torayib  turishini 

ta’minlaydigan  muskullarning  doimo  qo’zg’algan  holda  qolishiga  ko’proq  yordam 

beradi.  O'pkaning  ichki  va  sirtqi  bosimlari  o'rtasidagi  tafovutning  kelib  chiqishiga 

o'pkaning  elastikligi  va  ko'krak  qafasining  kengaya  olish  xususiyati  katta  rol 

o’ynaydi. O'pka parenximasi oralarida elastik muskul tolalar bor. Shu sababli odatda 

o'pka  ma’lum  darajada  torayishga  intiladi.  Ana  shu  elastik  muskul  tolachalari  hosil 

qilgan  siqilish  kuchiga  o'pkaning  elastiklik  kuchi  deyiladi.  Buni  kuzatish  uchun 

hayvonda  quyidagicha  tajriba  o’tkazsa  bo’ladi.  Hayvonni  kekirdagidan  bug’ib 

o’ldirib, shu zahoti ko'krak qafasini ochsak, o'pkasi ko'krak qafasini tuldirib yotganini 

ko’ramiz.  So’ngra  kekirdakning  bog’langan  joyini  ochib  yuborsak,  o'pka  o’z 

elastikligi  tufayli  siqilib,  qisila  boshlaydi.  Natijada  ichidagi  havoning  anchagina 

qismi chiqib ketadi. O'pkaning kengayishi uchun alveolalar ichidagi bosim o'pkaning 

ana  shu  elastiklik  kuchini  yenga  oladigan  bo’lishi  kerak.  Odatda  uni  yengish  uchun 

yetarli  sharoit  bo’ladi,  chunki  nafasga  olinayotgan  havo  alveolalarning  ichidan 

tashqariga  tomon  ma’lum  bosim  bilan  ta’sir  qiladi.  Ko'krak  qafasi  devorining 

kengayishi  plevra  parietal  varag’ini  visseral  varag’idan  uzoqlashtirishga  harakat 




 

110 


qiladi-yu,  ammo  uzoqlashtirolmaydi.  Lekin  bu  kuch  o'pka  sirtidagi  bosimning  bir 

muncha  pasayishiga  sabab  bo’ladi.  Mana  shularning  hammasi  o'pkaning  ko'krak 

qafasi harakati ketidan ergashib kengayishi va torayishiga sharoit tug’diradi. 

Ko'krak  bo'shlig'idagi bosim manfiy bo’lib, atmosfera bosimidan simob ustuni 

xisobida 6-15mm farq qiladi. Buni quyidagicha tasavvur qilish darkor. Hayvon nafas 

olayotgan  joyda  atmosfera  bosimi  simob  ustuni  xisobida  760mm  bo’lsa,  ko'krak  

bo'shlig'idagi  bosim  745-754mm  ga  teng  bo’ladi.  Bu  vaqtda  qabul    qilinayotgan 

atmosfera  havosi  bosimning  6-15mm  ni  tashkil  qiladigan  shu  ortiqcha  qismi  o'pka 

parenximasini kengaytirish jarayonida uning elastikligini yengish uchun sarf  bo’ladi. 

Shunday  qilib,  kengaygan  o'pkaning  sirtiga  yaqin  alveolalardagi  bosim  ko'krak 

bo'shlig'i  (plevralar  oralig’i)dagi  bosimga    tenglashib  qoladi,  ya’ni  bosimlar 

muvozanati vujudga keladi, ana shu paytda o'pka kengayishdan to’xtaydi va so’ngra 

uning siqilishi nafas chiqarilishi boshlanadi. 

Ko'krak  qafasining  devori  teshilib,  plevralar  oralig’iga  havo  kiritilsa 

(pnevmotoraks),  ko'krak  qafasi  teshilgan  tomondagi  o'pka  harakat  qilmay  qo’yadi. 

Chunki bu vaqtda ko’krak bo'shlig'i (o'pkaning sirti)dagi bosim  bilan alveolalardagi 

bosim tenglashib  qoladi. 

Monometrni  rezina  naycha  orqali  igna  bilan  ulab,  ignani  ko'krak  qafasining 

devoridan  ko'krak  bo'shlig'iga  kiritish  yo’li  bilan  plevralar  oraligidagi  bosimni 

o’lchasa bo’ladi. Shunday qilib, tashqi nafas olishni amalga oshirish uchun, o'pkaga 

havo kirib va undan tashqariga chiqib turishi kerak. O'pkaga havo olishga, nafas olish 

(inspiratsiya),  undan  tashqariga  havo  chiqarishga  esa  nafas  chiqarish  (ekspiratsiya) 

deyiladi. 


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin