Muolaja. Arterial bosimni o’lchash
Maqsad: Yurak-tomir tizimining funksional xususiyatlarini aniqlash.
Tayyorgarlik: bemorga muolajaning mohiyatini tushuntiring, avval ham shunga o’xshash muolajalar o’tkazilganmi, natijalari qanday bo’lganini aniqlang, bemorga o’zini qanday tutish kerakligini tushuntiring.
Jihozlar: tonometr, fonendoskop, qog’oz, qalam.
Bemorning holati: tinch va bo’sh qo’ygan holatda yotib yoki o’tirib, bemorning kafti yuqori tomonga qaratilgan holatda.
Bajarish:
Arterial bosim odatda 1—2 marta 2—4 minut oralig’i bilan o’lchanadi.
Bemorning yalang’ochlangan qo’liga tirsak bo’g’imidan to’qimalarni siqmasdan manjetka yelkaga (ilgak, yopishqoq lenta bilan) mahkamlanadi.
Bemor qo’lining holatini to’g’ri aniqlang.
Manometrni manjetka bilan birlashtirib, strelkaning holatini (simob ustuni) shkalaning nolinchi belgisi bo’yicha tekshiring.
Tirsak bo’g’imidan yelka arteriyasini topib, u yerga fonendoskop qo’yiladi (fonendoskop boshchasini o’rtacha bosish zarur, aks holda ma’lumotlar noto’g’ri ko’rsatiladi).
Nokchadagi ventilni yoping va manjetka bemorning manometr ko’rsatkichlaridan normadan ortiq (20—25 mm simob ustuni) bo’lguncha havo to’ldiring.
Ventilni ochib, manjetkadagi havo asta-sekin tushiriladi, ustun tushishi yoki ko’rsatkich harakatining tezligini kuzatib turing — ko’rsatkichlar sekundiga simob ustunining 2 mm tezligida o’zgarishi mumkin; bir vaqtning o’zida arteriyadagi tonlarni eshitib, manometr ko’rsatkichlarini kuzating.
Dastlabki tovushlar (tonlar) eshitilishi bilan (arterial bosimning yurak qisqarish vaqtidagi kattaligi) va tonlar yutilishi bilan (yurak bo’shashgan vaqtdagi arterial bosim) manometr ko’rsatkichlarini belgilang; manjetkadagi havoni butkul chiqarib tashlang.
Ma’lumotlar bayonnomaga (kuzatish kundaligiga) quyidagicha yozib qo’yiladi: sistolik bosim, diastolik bosim.
Muolajani qaytarib, olingan ma’lumotlarni taqqoslang.
Arterial bosim ikkala qo’lda o’lchanadi, olingan raqamlar solishtiriladi.
Arterial bosimni bemorning o’zi ham o’lchay oladi, bosim o’lchash qoidalarini unga o’rgating.
Mumkin bo’lgan asoratlar: arteriya uzoq, vaqt bosilishi natijasida qo’lda og’riqlar paydo bo’lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |