Pulstarangligi puls to’lqinining tarqalishini to’xtatish uchun zarur kuch bilan belgilanadi. Puls tarangligining darajasi bo’yicha maksimal arterial bosimning katta-kichikligi to’g’risida taxminiy xulosa chiqarish mumkin, u qanchalik yuqori bo’lsa, puls shu qadar tarang bo’ladi.
Puls to’liqligi puls to’lqinini hosil qiladigan qon miqdori bilan belgilanadi va yurakning hajmiga bog’liq bo’ladi. To’liqligi yaxshi bo’lganda panja ostida yuqori puls to’lqini seziladi, yomon bo’lganda — puls kuchsiz, puls to’lqinlari kichik, arang bilinadi. Bu yurak muskuli zaiflashganidan darak beradi. Ipsimon deyiladigan, arang bilinadigan puls, ayniqsa, yomon alomat hisoblanadi. Bunday hollarda tezkor yordam ko’rsatib, shifokorga murojaat qilish zarur.