Yurak astmasi — o’tkir yurak yetishmovchiligi natijasida bo’g’ilishning xuruj bilan kechishi hayot uchun xavfli holat. Ko’pincha arterial bosim ko’tarilishi, miokard infarkti, yurak poroklari oqibatida yuzaga kelishi mumkin. Yurak astmasi ko’pincha tunda xuruj qiladi
YURAK-QON TOMIR TIZIMI KASALLIKLARI BILAN KASALLANGAN BEMORLARNI PARVARISHI
VA ULARNING NAZORATI
Kardiologiya (yunon kardiy - yurak, logos – ta’limot) yurak – qon tomir tizimi kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi va klinik ko'rinishini o'rganadigan ichki kasalliklar bo'limi bo’lib, ularning diagnostikasi, oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqadi.
Qon aylanish tizimining kasalliklari bilan bemorlar turli shikoyatlar bilan murojaat qilishadi. Eng ko'p aniqlanadigan simptomlar ko'krak qafasi og'rig'i, yurak tez urishi, nafas qisilishi, bog’ilish, shish, yurakda og’riq hissi va boshqalar.
Yurak – qon tomir tizimi kasalliklari bilan og'rigan bemorlarni kuzatish va davolashni ikki yo'nalishda o'tkaziladi.
Umumiy chora-tadbirlar – boshqa turli organlar va tizimlar kasalliklari bilan og'rigan bemorlarni kuzatish va parvarishlash ishlari: bemorning umumiy holatini kuzatish, tana haroratini nazorat qilish, qon tomirlari va qon bosimini nazorat qilish, harorat varag'ini to'ldirish, bemorning shaxsiy gigienasini ta'minlash va boshqalar
Maxsus tadbirlar - yurak – qon tomir tizimi kasalliklariga xos bo'lgan simptomlari bo'lgan bemorlarga: yurak va ko'krak og'rig'i, o'tkir va surunkali yurak yetishmovchiligi, shish, yurak
. ritmining buzilishi va boshqalarga yo’naltirilgan kuzatuv va parvarish chora tadbirlaridir
Dostları ilə paylaş: |