Nafas tizimi kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni parvarishi va



Yüklə 42,79 Kb.
səhifə6/20
tarix02.01.2022
ölçüsü42,79 Kb.
#44395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
ТП 7 мавзу

Bug’li ingalyatsiyalar bug’lanuvchi moddalar (mentol, evkalipt) yordamida tayyorlanadi. Ular ko’pincha uy sharoitida qo’llanadi.

Iliq-nam ingalyatsiyalar: dorivor eritma isitib, purkaladi.

Bitta ingalyatsiya uchun 25—250 ml dorivor eritma sarflanadi.



Moyli ingalyatsiyalar: profilaktik va davo maqsadida tayinlanadi. Bitta ingalyatsiya da 5 ml gacha moy sarflanadi. Ko’pincha o’simlik moylari ishlatiladi (zaytun, kungaboqar, evkalipt, shaftoli va boshqalar).

Oson parlanuvchi kislorod va uglekislotani ham nafas olib qabul qilish mumkin. Uy sharoitida yaxshi samara beradigan o’t damlamali ingalyatsiyalar qo’llaniladi (kalendula, qizilpoycha va boshqa damlamalar).

Ingalyatsiya uchun pulverizator turidagi maxsus ingalyatorlardan foydalaniladi, ular qisilgan havo va kislorod yordamida eritmalar purkaydi. Ko’pincha dorivor moddalar nafas yo’llariga bug’simon holatda kiritiladi.

Bug’li ingalyatsiya deb suv bug’i va havo bilan aralashgan mayda zarrachalardan iborat dorivor eritma (moy, dorivor preparatlar, ichiladigan soda - natriy gidrokarbonat eritmasi) ni nafas yo’llariga kiritishga aytiladi. Odatda, bemor muolajani mustaqil bajaradi, lekin asoratlar kelib chiqishining oldini olish uchun unga yo’l-yo’riq ko’rsatish zarur.



Ko’pincha ingalyatsiya maxsus bug’li ingalyator yoki choynak yordamida bajariladi. Choynakka 2-3 stakan suv quyiladi va qaynatiladi. So’ng bug’ chiqqan jo’mrakdan bemor ingalyator kabi nafas oladi. Suvga qat’iy tayinlangan miqdorda ingalyatsiya uchun modda qo’shiladi. Yuz terisi kuymasligi uchun choynak jo’mragiga qattiq qog’ozdan yasalgan voronkasimon nay kiydiriladi va shu nay orqali bug’ bilan nafas olinadi.

Yüklə 42,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin