Simptom.
Balg’am — yo’talda ajraladigan nafas yo’llari va o’pkadagi kasallik jarayonining mahsuloti. Balg’am ajralishi kasallikdan dalolat beradi.
Balg’am miqdori har xil: o’tkir bronxit va o’pka yallig’lanishining boshlang’ich shaklida bemor bir-ikki marta
oz-ozdan balg’am tuflasa, o’pkaning yiringli kasalliklarida 1—2 l gacha ajratadi. Odatda, balg’amning hidi bo’lmaydi, o’pkada yiringli jarayon ro’y bersa balg’am chirindi hidli yoki qo’lansa bo’ladi.
Balg’amning quyuq-suyukligi, rangi uning tarkibiga bog’liq. O’pka yallig’lanishi, bronxial astma, bronxitning boshlanish davrida rangsiz, tiniq yopishqoq shilimshiqli balg’am ajraladi. Yiringli, suyuq ko’kimtir balg’am o’pkaning yiringli kasalliklarida paydo bo’ladi. Qonli balg’am unga tushgan qonning miqdori va sifatiga ko’ra har xil ko’rinishga ega. Balg’amdagi taram-taram yoki qotib qolgan qon tuberkullyozda, o’pka shishida, bronxlar kengayishida bo’ladi. Zang tusli balg’am o’pkaning krupoz yallig’lanishida, qizil balg’am o’pkaning parchalanayotgan shishlarida, jigarrang yiringli balg’am o’pka yiringlaganda va yiring bog’lagan yaraning parchalanishida bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |