tomirlar devorining yurak haydaydigan qon harakati natijasida kelib chiqadigan turtkisimon tebranishlariga aytiladi. Salomatlik holatini belgilash uchun pulsning tezligi va tarangligini aniqlashni bilish zarur.
Tezligi. Puls normada minutiga 60 dan 80 gacha o’zgarib turadi. Puls keng chegaralarda o’zgarib turishi va uning tezligi yoshga, jinsga, tana va tashqi haroratga, shuningdek jismoniy harakatga bog’liq. Ayollar pulsi erkaklarnikiga nisbatan tezdir. Eng tez puls bola hayotining dastlabki yillarida qayd qilinadi. Tomir sistemasi kasalliklari bo’lmaganda, 25 yoshdan 60 yoshgacha puls barqaror bo’lib qoladi.
Ritm. Puls turtkilari bir xil vaqt ichida birin-ketin kelsa, to’g’ri ritm yoki ritmik puls deyiladi. Aks xolda noto’g’ri — aritmik puls kuzatiladi. Sog’lom odamda pulsning ko’pincha nafas olishda tezlashuvi va uning nafas chiqarishda sekinlashuvi