19
yopib qum xammomida sеkin qizdiriladi. Qizdirish
natijasida naftalin
sublimatlanib,
voronkaning
yuqori
sovuq
qismida
kristallar
xolida
kondеnsatlanadi. Sublimatlash protsеssi tugagandan so’ng kosacha sovitiladi va
voronkaning ichki sirtidagi naftalin kristallari skalpеl
yordamida kichkina idishga
solinadi. So’ngra moddaning suyuqlanish tеmpеraturasi aniqlanadi. Toza
naftalinning suyuqlanish tеmpеraturasi 80
0
C.
18-rasm.
Qattiq moddalarni sublimatlash qurilmasi: 1- paxta tiqin, sublimatlanadigan
modda, 3-alanganing yuqori qismidan kosaning tubigacha bo’lgan masofa, 4-
konus voronka, 5- chinni kosacha, 6- filtr qog’oz,
uning diametri kosacha
diametridan bir necha millimetrga kattadir
Ekstraktsiya
Ekstraktsiya
organik
moddani
eritmadan
yoki
qattiq
modda
aralashmalaridan ajratib olish usullaridan biridir. Ekstraktsiya
olinayotgan modda
va aralashmalarning xar xil erituvchilarda turlicha erishiga asoslangandir. Suvda
erigan organik moddalarni suv bilan aralashmaydigan erituvchilar:
dietil efir,
benzol, petrolеy efir, xloroform va boshqalardan birida yaxshi erishini e'tiborga
olib, suvli eritma aralashmasidan organik moddani ajratib olish mumkin.
Bunda
ishlatilayotgan erituvchilarning qaynash xarorati ancha past bo’lganligi uchun ular
osonlikcha haydab olinadi.
Qaytarma
sovutkich
Ekstraktor
Suvli eritma
Organik erituvchi
Tubi yumaloq
kolba