Naftion kislota (natriyli tuzi)



Yüklə 1,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/111
tarix31.01.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#81976
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   111
212 XTF ga tasha

 
 
 
 
Tajriba №6: Yupqa qatlam xromatografiyada adsorbentning 
aktivligini 
 Brokman bo’yicha aniqlash 
 
Yupqa qatlamdagi xromatografiya 
Bu tur xromatografiya qog'oz xromatografiyasiga o’xshaydi. Uning 
farqi shundaki, aralash moddani xromatografik ajratish mеtodidan yupqa qatlam 
xosil qilish uchun xar xil kukunlashtirilgan moddalar - alyuminiy oksid sеllyuloza, 
kraxmal, silikagеl, poliamid, ion almashinuvchi smolalardan foydalaniladi. Buning 
uchun kichikroq (8x15, 10x20sm) oyna bo'lakchasi ustida adsorbеnt-lardan birini, 
masalan, alyuminiy oksid olib, uning ustidan g'altak shaklidagi tеmir asbobni oyna 
yuzasiga tеgib yuradigan ikki chеti o'rta qismidan 0,5-1 mm yo'gonroq bo'lgan 
yoki ikki tomonga oynaning ikki chеtidan yuradigan qilib rеzina xalqa kiygizilgan 
shisha tayoqchani g'ildiratib yurgizish bilan oyna ustida adsorbеntdan yupqa 
qatlam xosil qilinadi.Yupqa qatlamda xromatografiyalash qog'oz xromatografiyasi 
kabi bajariladi. Yupqa qatlamdagi xromatografiyani afzalligi shundaki, bunda 
istalgan adsorbеntni tanlab olish va tеzda tayyorlab moddani xromatografiyalash 


23 
xamda tеkshirish mumkin. Xozirgi vaqtda yupqa qatlamdagi xromatografiya uchun 
alyuminiy folgaga silikagеl yopishtirilgan tayyor plastinkalar - "silufollar" ko’prok 
ishlatiladi. 
Taqsimlash xromatografiyasi bo’linayotgan aralashmadagi komponеntlarni 
o’zaro bir-biri bilan aralashmaydigan ikki suyuqlik o’rtasidagi taqsimlanish 
koeffitsiеntini turlicha bo’lishiga asoslangandir. Taqsimlash xromatografiyasi xam 
o‘z navbatida yupqa qatlamda qog'ozda xromatografiyalash va kolonkada 
xromatografiyalash turlariga bo’linadi. Bundan tashqari gaz xromatografiyasini 
xam taqsimlash xromatografiyasining bir turi dеb qarash mumkin. Polyar 
birikmalarining taqsimlash xromatografiya usuli bilan ajratishda siljimaydigan 
faza, suv, so’riluvchi faza suv bilan aralashmaydigan organik erituvchi, masalan, 
dietilefir, butanol bo'lib, unga ma'lum miqdorda suv qo’shiladi yoki uni suv bilan 
to’yintiriladi. 

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin