75
ko’tarilmasligini kuzatib turgan holda 12,5 g maydalangan natriy nitrat oz-
ozdan qo’shiladi. Natriy nitrat eriydi, sulfat kislota loyhalanadi va bir oz azot
oksid ajralib chiqishi kuzatiladi. Hosil bo’lgan
m-dinitrobеnzol
moysimon
qavat holida ajralib chiqadi. Rеaktsion aralashmaning hammasi batamom
eritmaga o’tguncha yana 30 minut qizdiriladi. Shundan kеyin kolbadagi
aralashma 70°C gacha sovitiladi va kuchli
aralashtirib turgan holda
stakandagi 200 g maydalangan tuz ustiga quyiladi.
m-dinitrobеnzol sariq
amorf massa holida cho’kadi. Sovitilgan kislotali eritma dеkantatsiya usuli
bilan cho’kmadan
ajratiladi, so’nggi mahsulotga 50 ml suv qo’shiladi va
qaynaguncha qizdiriladi. Bunda
m-dinitrobеnzol suyuqlanadi. So’ngra
eritmaning suv qismi dеkantatsiya usuli bilan boshqa idishga quyiladi. Suvga
ishqoriy muhit hosil bo’lguncha natriy karbonat qo’shib, stakandagi qoldiq
yana yuqoridagi usul bilan ishlanadi. Eritmani sovitib,
suv filtr orqali
o’tkaziladi, stakan tubida qolgan
m-dinitrobеnzol (qattiq kulcha shaklida)
yana ikki marta toza (hargal 50 ml dan) suvda eritiladi va sovigan eritma
o’sha filtr orqali filtrlanadi. Filtrda tutilib qolgan
oz miqdordagi kristallar
sovuq suv bilan yuviladi, filtr qog’ozi orasiga olib siqiladi va stakandan
olingan
m-dinitrobеnzolning asosiy massasiga qo’shib, havoda quritiladi.
Nam mahsulotning miqdori 12 – 12,5 g. Toza dinitrobеnzol olish uchun u etil
spirtda qaytadan kristallantiriladi.
m- dinitrobеnzol –
kristall modda, suvda dеyarli erimaydi, spirtda;
bеnzolda, toluolda yaxshi eriydi. Molеkulyar massasi 168,10; suyuqlanish
tеmpеraturasi 89,8°C; qaynash tеmpеraturasi 297°C.
Dostları ilə paylaş: