Munozara uchun savollar
Xaoma nima?
Eng qadimgi diniy e’tiqod shakllarini sanab o’ting?
Nima uchun ossuariy deb atalgan?
Ibtodoiy e’tiqodlami Rim dini Bilan boo’liqligi?
Adabiyotlar
Karimov I.A. “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida...”. T. “O ’zbekiston”. 1997y.
Mo’minov A.K. Dinshunoslik asoslarini o’qitish va o’rganishning yagona kontseptsiyasi. T. 1999 y.
Radugin A.A. Vvedenie v religiovedenie. Moskva 1996 g.
7-MAVZU: 0 ‘ZBEKIST0NDA VIJDON ERKINLIGI
Reja:
Vijdon erkinligi va tolerantlik tushunchalari
O’zbekistonda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun
Missionerlik va Prozeletizmning salbiy oqibatlari
Mavzuning o ’quv maqsadi: Ushbu mavzuda talabalar O’zbekistonda vijdon erkinligini qonuniy asoslarini yaratilishi va diniy bag’rikenglik tamoyillarining rivojlantirilishi haqida m a’lumotga ega bo’ladilar.
Tayanch iboralar: vijdon, konfessiya, bag’rikenglik, urf-odat, qadriyat, missionerlik, prozelit, diniy tashkilot.
Dunyoviy davlatlarda, ya’ni davlatdan din, diniy tashki-lotlar ajratib qo’yilgan mamlakatlarda, insonparvar, demok-ratik jamiyatlarda vijdon erkinligi mavjud. Vijdon erkinligi nima? Bu savolga quyidagicha javob berish mumkin. Dinlarga, diniy urf-odatlarga, imon-e’tiqodga har bir fuqaroning amal qilishi yoki hech qanday dinga amal qilmas-ligi huquqlarini joriy etilishi va ulardan shaxslaming bemalol foydalana olishiga vijdon erkinligi deyiladi.
Vijdon erkinligi insoniyat tarixida turli shakllarda amal qilgan bo’lib, ular hukmron diniy mafkura, dunyoqarash talablariga nisbatan ziddiyatda bo’lib kelgan. Bugungi kunda mamlakatimizda 16 diniy konfessiya vakillari istiqomat qilib kelmoqda.
Davlat ular bilan o’zaro munosabatda o’z dunyoviy xususiyatini hisobga olgan holda quyidagi tamoyillarga amal qilmoqda:
dindorlaming diniy tuyg’ularini hurmat qilish;
diniy e’tiqodlami fuqarolaming yoki ular uyushmalari-ning xususiy ishi deb tan oladi;
diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolaming ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolaming ham huquqlari-ni teng kafolatlash hamda ulami ta’qib qilishga yo’l qo’ymaslik;
ma’naviy tiklanish, umuminsoniy ahloqiy qadriyatlami qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalaming imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo’llarini izlash zarurati;
O’zbekiston Respublikasining “Vijdon erkin-ligi va diniy tashkilotlar to’g’risida” gi qommiga yangi modda-lar qo’shilib, yangi tahrirda 1998 yil 1- may kuni qabul qilindi.
Uning 5-moddasida davlatdan din, diniy tashkilotlar ajratib qo’yilganligini ko’rsatish bilan birga barcha dinlar, ularning tashkilotlari teng huquqqa egaligi, dindorlar orasida o’zaro nizolar chiqarish, horijdan kelib da’vat qilish qonun bilan ta’qiqlanadi. Bu ishlami qilgan shaxslar javobgarlikka tortiladi, deyiladi. 6-moddada barcha viloyatlar, tumanlar va mahalla qo’mitalari o’z hududlarida ushbu qonunga to’g’ri amal qilish uchun mas’ulligi va javobgarligi alohida ta’kidlab o’tilgan.
7-moddada O’zbekiston Respublikasida xalq ta’limining barcha tizimi dindan ajratib qo’yilganligi, ta’lim tizimi dasturiga diniy bilim berish kiritilmaydi, deb yozilgan. 8-moddada esa 18 yoshga to’lgan va undan o’tgan fuqarolardan 100 nafari diniy jamoa tuzishga ruxsat etilishi ko’rsatib o’tilgan.
Qonunda xususiy tarzda dinni o’qitish ma’n etiladi (9-modda), deb ko’rsatilgan. Ro’yhatga olinmagan va ruxsat qilinmagan diniy tashkilot yoki jamoa tashkil etgan shaxs javobgarlikka tortiladi (11-modda).
Jamoat joylarida diniy xizmatdagilardan boshqa fuqarolarga diniy libosda yurish ma’n etiladi (14-modda). Horijdan keltirilgan diniy adabiyotlar maxsus ekspertizadan o’tkazilgandan so’nggina tarqatiladi (19-modda). Diniy ekstremistik mazmundagi chop etilgan materiallar, kino, foto, audio, video materiallar tayyorlash, saqlash va tarqatish ta’qiqlanadi (19-modda). Diniy ekstremizm - muayyan diniy konfessiya va tashkilotlardagi ashaddiy mutaassib, fanatik unsurlaming faoliyati mafkurasi. Fanatizm o’z aqidasining shak-shubhasiz to’g’riligiga ishonib, boshqa flrqa va mazhablami butunlay rad etgan holda ulami tan olmaslik, balki ulami diniy asoslami buzishda ayblab, ularga qarshi urush ochishga chaqiradigan omillardandir. Diniy fanatizm diniy ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlaydi.
Missionerlik haqida so’z borar ekan, avvalo ushbu tushunchaning lug’aviy va istilohiy ma’nolarini tushunib olish muhim ahamiyatga ega. Ushbu so’z lotin tilidagi «missio» fe’lidan olingan bo’lib, «yuborish», «vazifa topshirish», missioner esa “vazifani bajaruvchi” degan ma’nolami anglatadi. Missionerlik esa belgilangan vazifalami hal qilishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat majmuini bildiradi.
Turli lug’atlar va manbalarda missionerlikka ko’plab ta’riflar berilgan. Ulaming deyarli barchasida missionerlikka xos xususiyatlar tavsiflanishi barobarida, bu so’z asosan xristian dini bilan bog’lanadi.
Jumladan, har yili qayta nashr etiladigan «World Book» (“Jahon kitobi”) entsiklopediyasida “Missioner biror diniy guruh tomonidan boshqalami o’z diniga targ’ib qilish va kiritish uchun yuborilgan inson”,-degan fikr qayd etilgan. 2005 yilda Moskva shahrida nashr etilgan “Kirill va Mefodiyning katta entsiklopediyasi”da esa «Missionerlik biror diniy birlashma vakillarining o’z e’tiqodini boshqa din vakillari orasida yoyish harakati»,-degan ta’rif keltirilgan.
Umuman olganda, turli lug’atlar va manbalarda bayon etilgan ta’riflar bib-biriga juda yaqin va o’xshash bo’lib, ularga tayangan holda quyidagi xulosalami chiqarish mumkin. Awalambor, missionerlik - bir dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ’ib qilishni anglatadi. Bunday harakat dastlab Buddizm doirasida miloddan awalgi
asrdan boshlab yoyilgan. Xristianlikda esa missionerlik IV asrdan paydo bo’lgan va XIII-XVI asrlarda xristian missionerligi Hindiston, Xitoy, Yaponiyaga kirib borgan.
XV-XVI asrlarda Ispaniya va Portugaliya mustamlaka imperiyalari tashkil topgach missionerlik Katolik1' cherkovi doirasida o’z faoliyatini kuchaytirgan va yangi erlami zabt etishda g’oyaviy asos bo’lib xizmat qilgan. Katoliklarning turli yo’nalishlariga mansub missionerlaming oshkora yoki maxfly ravishda Amerika, Osiyo, Afrika xalqlarini zabt etishda qatnashganlari bunga dalil bo’la oladi.
Shunisi e’tiborga molik-ki, missionerlik rivojlanib borgani sari tegishli tashkiliy asoslar ham yaratib borilgan. Xususan, katolik missionerlariga rahbarlik qilish uchun papa Grigoriy XV 1662 yilda Diniy targ’ibot kongregatsiyasini (1968 yildan Xalqlami Injilga e’tiqod qildirish kongregatsiyasi) ta’sis etgani fikrimizning isboti bo’la oladi. Rim papasi Piy XII ning missionerlikka da’vat ruhi bilan sug’orilgan “Fideyi Donum” (1957), Ioann XXIII ning “Printseps postorum” (1959), Pavel VI ning “Populorum progressio” (1967) nomalari, II Vatikan soborida (1962-65) missionerlik masalalariga bag’ishlab qabul qilingan
11 Христианликдаги ini йирик окимлардан бири булиб, лотин тилидан таржима килганда "Бутун жахон” деган маъно беради.
maxsus dekret qabul qilingani ham bu yo’ldagi ishlar tadrijiy tashkil etilganini ko’rsatadi.
Missionerlik muassasalari yirik kapital va erlami tasarruflariga olib, o’z mamlakatlari siyosatini o’tkazishda faol ishtirok etganlar. Ma’rifat tarqatish, tibbiy yordam ko’rsatish ishlarini monopollashtirib olib shu yo’l bilan xristianlik targ’ibotini kuchaytirganlar.
Shu asnoda tajriba osha borgani va faoliyat hududi kengaygani sari missionerlar xristianlikni qabul qilgan aholi ichidan mahalliy ruhoniy kadrlar tayyorlashga e’tibor bera boshlganlar. 1978 yildagi konklavlarda12 Afrikadan 12 kardinal, Osiyodan 9 kardinal ishtirok etgani ana shu harakatning hosilasi edi.
1517 yili katoliklikdan ajralib chiqqan protestantlik uyushmalari esa umumjahon ruhoniyligi tamoyiliga amal qilib, har bir dindordan missionerlik qilishni talab etib kelmoqda. Xususan, 1772 yilda Germaniyaning Drezden shahri yaqinidagi Gemgut degan joyda yuzaga kelgan gemguterlar jamoasi protestantlardan birinchi bo’lib missionerlik faoliyatini olib borganlar. XVIII-XIX asrlarda protestant missionerligi Angliyaning kolonial siyosati bilan bog’liq holda o’sib bordi.
Shuningdek, missionerlik faoliyati bilan xristianlik doirasida yuzaga kelgan, izdoshlari soni ozchilikni tashkil qiladigan yangi konfessiyalar ham shug’ullana boshlaganini qayd etish zarur.
Yuqoridagi mulohazalar ham missionerlik asosan xristian dini bilan bog’liq hodisa ekanini ko’rsatadi. Katoliklik va protestantlikda missionerlik bilan shug’ullanish har bir masihiyning burchi darajasiga ko’tarilgan.
Shunga qaramay, missionerlikni faqat xristian dini bilan bog’lash to’g’ri bo’lmaydi. Hozirgi kunda missionerlik faoliyati bilan faol shug’ullanishga harakat qilayotganlar orasida bahoiylar va krishnachilar ham borligi fikrimizga misol bo’la oladi.
“World Book” entsiklopediyasida keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, dunyodagi umumiy missionerlaming 2G’3 qismini katolik missionerlari tashkil etadi. Shunday bo’lsa-da, hozirgi kunda Protestantlik missionerlikning asosiy homiysi bo’lib turibdi.
12 Католик чсрковининг снг юкори даражадаги рухонийлари — кардиналларининг кенгаши хисобланиб, Папа хам айнан шу кенгаш аъзолари орасидан сайланади. Бу хам конклавларнинг макоми нечоглик юкори эканини англатади.
Bir qancha oqimlarga bo’linib ketgan Protestantlikda missionerlik din arkonlaridan biri hisoblanib, missionerlik jamiyatlarining har bir a’zosi esa bunday amaliyotni o’zi uchun farz deb biladi. Shuning uchun ham, hozirda dunyodagi xalqaro missionerlaming ko’pchiligini protestant missionerlari tashkil qiladi. Agarda protestantlik tarqalgan hududlar xaritasiga nazar tashlasak, ulaming deyarli barchasi rivojlangan yirik davlatlarda joylashganiga guvoh bo’lamiz.
Protestantlikda oqimlar juda tez-tez paydo bo’lib turadi, har bir oqim o’z missionerlik tashkilotiga ega bo’ladi. Quyida protestantlikdagi eng yirik va missionerlik bilan faol shug’ullanadigan tashkilot va uyushmalar haqida fikr yuritiladi.
Protestant oqimlari orasida eng yiriklaridan biri bo’lmish adventizm13 oqimiga 1831 yili Uayt Miller tomonidan asos solingan. U.Miller Bibliya matnlariga asoslangan holda 1843-1844 yillarda Isoning ikkinchi qaytishi yuz beradi deb bashorat beradi. Bashorat amalga oshmagan bo’lsada, oqimning ta’siri ko’pchilik orasida saqlanib qoladi.
“Ettinchi kun adventistlari” Adventizm zamirida paydo bo’lgan eng yirik oqim hisoblanadi. 1844 yilda Nyu-Gempshir shahrida bir guruh kishilar tomonidan tuzilgan ushbu oqimning asoschisi Elena Uayt hisoblanadi. 1860 yilda alohida diniy konfessiya sifatida rasman tan olingan ushbu oqim vakillari 1863 yildan boshlab o’z diniy tashkilotlarini tuza boshlaydilar.
Ettinchi kun adventistlari asosiy aqida sifatida Iso Masihning qaytishiga ishonishni saqlab qolishgan. Bundan tashqari ular Bibliya buyruqlariga bo’ysunishni qat’iy talab qilib qo’yib, ulardan eng muhimi to’rtinchi buyruq, ya’ni shanba kuniga amal qilishni talab qiladilar. Ayni paytda, ular ruhning abadiyligi, jannat va do’zax tushunchalarini inkor qilishadi, cho’qintirishni esa butun tanani suvga botirish orqali o’tkazishadi.
Tashkilotning har bir a’zosi, o’z oylik daromadining o’ndan birini cherkov hisobiga o’tkazishi shart.
Yo’nalish asoschisi Elena Uayt tomonidan ishlab chiqilgan “Sanitar reformatsiya”ga ko’ra, cherkov a’zolariga “порок hayvonlar”
11 лот. adventus-келиш, кайтиш.Ушбу оким вакиллари Исо Масих кайтиб келиши ва ер юзини поклпшшш кутиб утиришади.
go’shti, xususan, cho’chqa go’shtini eyish, kofe, choy, vino ichish, tamaki chekish taqiqlanadi. Turli xil ko’ngil ochish ishlari, badiiy kitob o’qish esa qoralanadi. Tashkilot a’zolariga yuqori darajadagi aktiv missionerlik xosdir. Ulaming aqidalariga ko’ra, Isoning tezroq qaytishi, barcha insonlar adventistik targ’ibotni qancha tez eshitishlariga bog’liqdir.
MaTumotlarga ko’ra dunyoda 5 millionga yaqin adventistlar bor. Ular 184 mamlakatda 22 000 dan ortiq cherkov, 5000 dan ortiq o’quv markazlari, 50 nashriyot, 160 ta kasalxonaga ega, AQSh va Kanadada bu yo’nalish vakillari nisbatan keng tarqalgan, 170 dan ortiq tilda missionerlik adabiyotlarini chop etadi.
Missionerlikni amalga oshirishda Ettinchi kun adventistlari an’anaviy usullar bilan bir qatorda radio, televidenie, internet kabi zamonaviy usullardan ham faol foydalanishmoqda.
“Pyatidesyatniklar”14 yoki «To’liq injil xristianlari»-
Protestantlikdagi eng yirik oqim bo’lib XX asr boshlarida AQShda yuzaga kelgan. Diniy hayotda “Muqaddas Ruh15 in’omlari” degan tushunchaga tayanishadi. Ta’limotga ko’ra bu in’omlar faqatgina Muqaddas Ruh bilan cho’qintirish16 orqali Xudo O’g’lining (ya’ni Iso Masihning) asl izdoshlariga, unga xizmat qilish vositasi sifatida beriladi. Muqaddas Ruh bilan cho’qintirilganlikning tashqi belgisi deb pyatidesyatniklar glossaliya, ya’ni “xudo bilan notanish tilda gaplashish”ni tushunishadi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, Pyatidesyatniklik tarixi rasman 1901 yilning 1-yanvariga borib taqaladi. Aynan shu kuni Kanzas shtatining Topeke shahridagi Bibliya maktablarining birida Ch.Parxem ismli ruhoniy boshqarayotgan talabalardan biri Agnessa Ozman “uchinchi rahmat”ga erishib (ya’ni, Muqaddas Ruh bilan cho’qintirilib), xitoy tilida gapira boshlaydi. Uning ketidan “xudo bilan notanish tilda gaplashish” “epidemiya”si butun maktabni qamrab oladi. Shundan so’ng Ch.Parxem o’z o’quvchilari bilan janubiy shtatlarda pyatidesyatniklikni targ’ib qila boshlagan.
14 Яхудийпарнинг кадимий “Пятидесятница” байрами номидан келиб чиккан.
15 Мукаддас Р у \ христиан таълимотига кура Худонинг 3 киёфасидан бири.
16 Бунда дандор Худо томонидан чукинтиридгак хисобланиб, бу билан у Худога якин булади.
Ch.Parxem shogirdlaridan bin, qora tanli D.Seymur Los-Anjelesdagi metodist cherkovining tashlandiq binosida “muqaddas pyatidesyatoitsa”17 g’oyasini targ’ib qila boshlagan. Uch yil davomida ushbu cherkov aktiv faoliyat yuritib, AQShdagi qora va oq tanlilaming diqqatini o’ziga jalb qildi. Bu erda Xudo bilan notanish tilda gaplashishni boshidan o’tkazgan ko’pchilik keyinchalik o’zining pyatidesyatniklik cherkovlariga asos solishdi. Bunday cherkovlar Skandinaviya, Angliya, Hindiston, СЫН, Germaniya kabi davlatlarda ham paydo bo’ldi. Ularning bir-biridan asosiy farqi xudoning rahmatlari soni va suv bilan cho’qintirishning uslublaridadir. Muqaddaslik cherkovlaridan18 ajrab chiqqan pyatidesyatniklar 3 ta rahmatga ishonishadi - dinga kirgizish, nurlantirish ya’ni, xristian ta’limoti bilan chuqurroq tanishtirish va Muqaddas Ruh bilan cho’qmtirish.
Dostları ilə paylaş: |