Namancan davlat universitkti viaxkamon qodirjon odiijonovich dinshunoslik


Ularning erlariga musulmonlar ко’chib kelib joylashadi. Bu vaqtdan keyin musulmonlar bilan yahudiylar murosasi yomonlashadi



Yüklə 65,83 Mb.
səhifə38/61
tarix17.09.2023
ölçüsü65,83 Mb.
#144790
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61
Dinshunoslik. Maxkamov Q

Ularning erlariga musulmonlar ко’chib kelib joylashadi. Bu vaqtdan keyin musulmonlar bilan yahudiylar murosasi yomonlashadi.


Banu Nazir qabilasi bilan urush bo’lib turgan vaqtda bir necha musulmon qaerdandir ichkilik topib ichishadi va kayf qilib, o’zaro janjallashadilar. Shu munosabat bilan Qur’onning 5-Moida surasidagi 90-oyatda aroq va boshqa kayf qiladigan ichkilik harom, deb ko’rsatilgan. Shuni ham aytib o’tish kerakki, ichkilikni Qur’onda birdaniga harom deyilgan emas. Avval, Makka davrida kayf qiladigan ichimlik Xudo bergan rizq (musallas uchun) kunjut, zaytun yog’ini siqib olish kabi Allohning ne’matlaridan deyilgan (12-sura 49-oyat). Madinaga xijrat qilingach, oradan ko’p o’tmay, maydan ma’lum foyda ham bor, lekin uning foydasidan zarari ko’proq deyilgan (2-sura 219-oyat). Payg’ambaming yaqin safdosh-laridan biri Amir Ibn Avf (Uhud jangidan so’ng) kayf bilan namozga kirib, Qur’on surasini buzib o’qiydi. 4-sura 43-oyatdagi “kayf holatingizda namozga yaqinlashmangiz”, degan ko’rsatma ana shu hodisa bilan bog’liq hisoblanadi. Ichkilikbozlikning musulmonchilikka zid, ahloq-odobga xilof, jamiyatga zararli ekanligini yodda saqlamoq darkor, buni bizga Rasulullohimiz aytib ketganlar.
Uhud jangidan keyin Muhammad payg’ambar rahbarligida atroflardagi badaviy arablari musulmonlikka dohil qilindi, jamoa mustahkamlandi. Payg’ambarimiz diniy rahbar, bosh imom ham harbiy qo’mondon (lashkarboshi), ham ma’muriy rahbar sifatida hamma tan olgan buyuk shaxsga aylandi.


Hijratdan keyingi o’tgan 3 yil ichida huquqiy va ahloqiy munosabatlami takomillashtirishga qator karor va qonunlar kiritiladi va

85




ular keyinchalik islom shariatida mustahkam o’rin egallaydi.625 yilning oxiri 626 yilning boshlarida vahiy qilingan 4-surada oila, nikoh, vorislik, etim-esirlar huquqi kabi 2-suradagi (Uhud, jangidan keyin) masalalar yanada batafsilroq aytib o’tilgan. Mukammal yangi qonun-qoidalar (4-suraning 1-39, 127-130-oyatlar), shuningdek jihod urushlarida ishtirok etish, shahidlar va ulaming oilalari haqidagi qoidalar vahiy etilgan (4-suraning 71-104-oyatlari).


Shuningdek, Badr va Uhud janglarida, oraliqdagi 10 dan ortiq mayda to’qnashuvlarda, jami 180 dan ortiq kishi halok bo’lgan edi. Ulardan qolgan tul xotinlaru etim bolalaming turmushi va ta’minoti masalasi paydo bo’lgandi. Etimlar va bevalami boqish, tarbiyalash maqsadida to’rttagacha xotin olishga ruxsat etilgan. Lekin ularga teng qaray olmagan kishi bo’lsa bitta xotin olsin, hatto o’z cho’risiga uylansin, deyishning mohiyatida shahvatparastlik emas, balki vujudga kelgan murakkab ijtimoiy, huquqiy va ahloqiy muammolami hal qilish zaruriyati yotadi.
Bu masalada musulmonlarga ibrat bo’lish uchun payg’am-baming o’zi Uhud jangida yaralanib, keyin vafot etgan yaqin safdoshi Abu Salama ibn Abdul Asadning xotini Ulima Salamaga 626 yilning mart oyida uylanadi va uning etim qolgan ikki o’g’ilchasini o’z tarbiyasiga oladi.


Feodalizm sharoitida o’rta asrlar musulmon mamlakat-larida diniy mutaassiblik kuchayadi, ilk islomga xos demok-ratik va insonparvarlik g’oyalarining mazmuni unutiladi, boylar va hokimlar uchun etimlarga g’amxo’rlik emas, balki shuhratparastlik va shahvatparastlik tuyg’ulari hamda oilaning mol-mulkini ko’paytirish, o’z manfaat, huquqlarini kuchaytirish kerak edi. Lekin bu mohiyatan ilk islomga xos ahloqiy tamoyillami qo’pol buzish bo’ldi.



Yüklə 65,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin