birinchidan, arablar hayotida urug’chilik, qabilachilik tartiblari emirila boshlab, qulchilik bilan feodal tartiblari shakllanayotgan edi. Natijada arablar ijtimoiy turmushida tabaqalanish, sinfiy tengsizlik ro’y berib, bir tomondan boy badavlat xonadonlar, ikkinchi tomondan qashshoq xonadonlar mavjud bo’lib, hayotda yuqori tabaqa oilalarida dabdabali to’y-ma’rakalar, aysh-ishratbozlik, isrofgarchilik, maishiy aynish avj oladi.
“Islom - ixlos, tinchlik, omonlik, sulh, turli ofatlardan salomat bo’lish, itoat, bo’sunish kabi ma’nolami anglatadi”.5
Arablarda ulami tartibga solib turadigan markazlashgan kuchli davlat ham yo’q edi. Ana shunday kuchli davlat tuzish tarixiy zaruriyatga aylangan. Bu davlat ijtimoiy tarqoqlikka barham berib, arablami birlashtirishi zarur edi:
ikkinchidan, o’sha davrda arablarda g’oyaviy-mafkuraviy birlik ham yo’q edi. Chunki, arab qabila va urug’lari turli-tuman dinlarga diniy urf-odatlarga amal qilganlar, ayniqsa ajdodlar ruhiga sig’inish, ayrim hayvonlami ilohiylashtirish (totemizm), ayrim tog’lar, g’orlar, suv manbalari, daraxtlar, toshlar, osmon jismlaridan; oy, quyosh, yulduzlami muqaddaslashtirib ularga sig’inish (fetishizm), ins-jinslar, devlar, alvasti, pari, afsonaviy xizr kabi g’ayritabiiy kuchlarga ishonish kuchli bo’lgan. Qabilaviy xudolar, ma’budalar, ya’ni ilohalarga e’tiqod qilishardi. Ka’ba (toshdan qurilgan to’rtburchak ibodat uyi) to’g’risida tarixiy ma’lumotlar saqlanib qolgan. Islomiy davrgacha hukm surgan bu
5 Поклик имондандир.Т., “Узбекистан", 1991 йил, 33-бет
johiliya davri mushriqiylik bo’lib bu ham arablami mafkuraviy jihatdan birlashtirish yo’lidagi g’ov edi. Kun tartibida ko’p xudolik - mushrikiylikdan vahdoniyatga, ya’ni yakka xudolikka o’tishdek muhim tarixiy vazifa turar edi:
uchinchidan, shahar boylari va boy chorvadorlar orasida ko’p xotin olish, ko’p kunlarga cho’zilgan dabdabali to’y-ma’rakalar, ichkilikbozlik, qimor o’ynash, fohishabozlik kabi yaramas odatlar keng tarqalgan edi. Ayrim arab oilalarida qiz bolalami erga ko’mib tashlashdek dahshatli odat ham bor edi.
Islom dini vujudga kelmasdan ilgari arablar orasida yakka xudolik g’oyasini targ’ib qilib chiqqan ruhoniylar xaniflar edi. Xanifalar (xanif, arabcha so’z bo’lib, ma’nosi chinakam e’tiqod qiluvchi, taqvador kishi) demakdir. O ’z hayotini yakka xudoga e’tiqod qilishga da’vat qilishga bag’ishlagan.Xaniflardan Sijjah, Tulayh, Asvad, Musaylima kabilaming ismlari manbalarda tilga olingan. Xaniflar o’sha davrda arab qabiialari o’rtasida keng yoyilgan mushrikiylikka qarshi chiqib yakka xudolikni targ’ib qilib chiqqanlar.
Muhammad Ibn Abdulloh yoki Muhammad payg’ambar Saudiya Arabistonidagi Makka shahrida Quraysh qabilasining Xoshimiylar xonadonida melodiy yil hisobida 570 yilda tug’ilgan. Ilk Islom manbalaridagi ma’lumotlarga qaraganda, Muhammad “fil egalari yurishi” deb atalgan tarixiy voqeadan ellik kun keyin tavallud topgan. Islom an’anasida bu l- “fil yili” rabi’-ul-avval oyining 12-kuni deb qabul qilingan. Al-Xorazmiy va al-Beruniylaming aniqlashlaricha, bu tarix 570 yilning 20 apreliga to’g’ri keladi6.
Arabiston sahrolarida ko’chmanchi chorvachilik bilan shug’ullangan Quraysh qabilasining o’ndan ortiq urug’i V asr boshlarida Makka vohasiga joylashib, o’troqlashgan edi. Bu joyda mavjud bo’lgan Ka’ba ibodatxonasi Ibrohim payg’ambar o’g’li Ismoil bilan birga boshpana uchun qurgan, degan rivoyatlar ham bor. Zam-zam bulog’i hamda uning atrofidagi erlar qadimdan arablar o’rtasida muqaddas hisoblangan va vaqti-vaqti bilan bu emi ziyorat qilish qabilalar o’rtasida odatga aylanib ketgan. Shu tariqa V asr o’rtalaridayoq Makka shaharga
6 Муталлиб Усмонов. Куръони Карим ва жаноби Расулулохнинг амаллари.Т.: “Нур”. 1992 йил, 5-бет.
aylangan. Makkada katta bozorlar vujudga kelib, unga atrofdagi arab qabilalari, uzoq yurtlardan ham savodgarlar kelishib tijorat va ziyorat qilganlar. Hozirgi vaqtda ham ana shu jarayon xaj marosimi nomi bilan davom etmoqda.
O’sha davrda Makkada o’ziga to’q arablar orasida farzandini atrofdagi qishloqlardagi ayollarga emizishga berish odati bo’lgan. Muhammadni ham bobosi Sa’d ibn Bakr qabilasidagi Halima Ismli ayolga emizishga bergan. Muhammad enaga bag’rida besh yoshigacha yashagan va keyin makkaga, uyiga olib kelingan.Muhammad besh yoshida, hali Halimaning bag’rida yashayotgan vaqtidayoq kelajakda payg’ambar bo’lishi uchun osmondan ikkita farishta tushib ko’kragini ochishgani, qalbidagi insonlarga xos bo’lgan g’araz va yomonliklami ildizi bo’lgan qora qoni olib tashlangani va qalbini poklashgani haqida rivoyat bor. Bu voqeani islom tarixida “Sa’d” voqeasi deb ataladi.
Muhammad olti-etti yoshligida, ya’ni onasi Omina hayotdan ko’z yumgach, uni bobosi Abdumutallib o’z tarbiyasiga olgan. “Abdumutallib Muhammad allayhissalomni o’z bolalaridan yuqori tutib har tarafga borsalar olib borar erdilar”7. Lekin oradan ikki yil o’tib, bobosi ham vafot etgan. Shundan keyin Muhammad tarbiyasi katta amakisi Abu Tolib qo’lida bo’lgan. Bolaligida u amaksining qo’y va echkilarini boqqan. Keyinchalik Abu Tolib Muhammadni bir marotaba karvon bilan Suriyaning Busro shahridagi bozorga ham olib borgan. Ancha voyaga etganda Muhammad savdo karvonlarini tuzishda xizmat qilgan. 595-yiIda amakisining maslahati bilan Muhammad badavlat beva ayol Xadichaning xizmatiga kirib, uning mollarini karvon bilan Suriyaga olib borib sotib kelgan. Oradan ko’p o’tmay, u Xadichaga uylangan.Xadicha Muhammaddan oltita farzand ko’rgan. Birinchi ko’rgan farzandi, o’g’liga al-Qosim deb ism qo’ygan, u ikki yoshligida vafot etgan. To’rt qiz: Zaynab, Ruqiya, Ummi-Gulsum, Fotimalar katta bo’lib turmush qurishgan. 613 yilda esa yana bir o’g’il ko’rgan bo’lib, unga at-Tohir deb, ism qo’ygan, u go’dakligida vafot etgan8.
Nihoyatda taqvodorlik bilan hayot kechirgan Muhammad Makka yaqinidagi Xiro g’origa borib doimo ibodat qilgan, bir necha kunu
Бадойиъу-р-ривоят.Т.: “Ёзувчи” нашристи, 1995 йил, 12-бст.
Муталлиб Усманов. Куръони Карим ва жаноби Расулуллохнинг амаллари.Т.: “Нур” , 1992 йил 9,73-бетлар
tunlami shu g’orda o’tkazish odati bo’lgan. “Diniy yozuvlami biladigan odam” sifatida tanilgan qarindoshi Varaqa ibn Navfaldan ham ta’lim olgan. Muhammad payg’ambar 610 yilda 40 yoshida Makkada aktiv Xanif sifatida faoliyat boshlab, Islom dini, barcha borliqning, u dunyo-yu bu dunyolar egasi Ollohni targ’ib qilib, hammani yangi dinga e’tiqod qilishga da’vat eta boshlagan.
Muhammadga vahiy kelgan. Ollohdan farishta Jabroil vahiy keltirgan. (Vahiy - lug’aviy ma’nosi: “Uqdirish”, “diliga solish” mazmunida Ollohning payg’ambariga yuborgan amri).
Muhammadning Islom dini uchun olib borgan kurashi ikki davrga:
Makka va Madina davrlariga bo’linadi.
Islomni Makka davridagi targ’iboti, mushrikiylikka qarshi olib borgan kurashi, melodiy 610 yilning 15 dan 16 avgustga o’tar kechasidan boshlanib to 632 yilning 8 sentyabr-igacha, ya’ni 23 yil davom etgan.
Rasulilloh Xiro g’oridan qaytib kelib, bo’lgan voqeani va Qur’on surasining vahiy qilinganini xotini Xadichaga aytgan va darhol Xadicha vahiyni kalima qilib qaytarib musulmon bo’lgan.
Dastlabki vahiy kelgan kechasi “Laylatul qadr”-mazmuni “qudrat kechasi” yoki “taqdir kechasi”, ilohiy qudrat tufayli Qur’on yuborila boshlangan va unda islomiylar taqdiri belgilangan kecha, degan ma’no mavjud.
Musulmoniar Laylatul qadr kechasini muqaddas deb bilishlari ana shundan paydo bo’lgan. Dindorlar har yili shu kechada Olloh har bir musulmon ibodat paytida iltijo qilgan tilagini hisobga olib, uning taqdiri haqida hukm chiqaradi, baxt ato etadi, deb ishonadilar. Shuning uchun ham laylatul qadr kechasida Qur’on o’qib, Ollohga iltijo qilib chiqish rasm bo’lib, u katta savob hisoblanadi.
Muhammad Rasulilloh targ’ibotiga dastlab yaqin qarindoshlaridan bir qismi ishonib, uning izdoshlariga aylanishdi. Islomni qabul etganlar safi kengayib borgan. Quraysh qabilasidagi yoshlaming bir qismi ham payg’ambarga ishonib islomni qabul etganlar. Muhammad dastlabki to’rt yilda o’z hovilisida targ’ibot olib borgan. Uning tarafdorlari 35 kishiga etgach, badavlat zadagonlardan birining o’g’li al-Arkam 614
yilda yig’ilishlami o ’z hovlisi-da o’tkazishni taklif qilgan. Al-Arkam hovlisida islomni qabul qilgan Umar ibn-ul-Hattob 40-musulmon bo’lgan kishi hisoblanadi. Islom tarixida dastlab islomni qabul qilgan 40-45 kishilar obro’-e’tiborli bo’lib, ular orasidan keyinchalik Abu Bakr, Umar, Ali, Ja’far kabi ulug’ kishilar etishib chiqqanlar.
Muhammad payg’ambar va uning safdoshlari doimo birga bo’lishib, to’ylarda ham, azada ham, namozu ro’zalarda, iftorlik va jumada ham hamkorlikda bo’lib, bir-birlarining ahvolidan xabar olishgan, yordam qilishgan, manfaatlari, oila, mol-mulklari doimo bahamjihatlikda yashagan va tasanuf etilgani uchun ulami “mo’minlar jamoasi” deb atashgan. “Mo’min-musulmon” atamasi ana shu tariqa paydo bo’lgan.
Biroq Muhammad payg’ambar 615 yilda xalq yig’inlari va an’anaviy qurbonlik o’tkaziladigan Safo tepaligida xalqqa ochiq murojaat qilib, Islom diniga kirishga da’vat qilib, awalgi ma’jusiylik bilan mushrikiylikni qattiq qoraladi. Ayniqsa navbatdagi qabilaviy xudolarga qo’yilgan iloha haykallami sindirib tashlashga chaqirgach keskin qarshilikka uchraydi, to’qnashuv, tahqirlar boshlanadi.
Makkaliklarning ota-bobolari Allohni tanimagani uchun do’zahda azob chekmoqdalar, degan mazmundagi oyatlar makkalik zodagonlar, savdogarlaming yuqori qismida norozilikni kuchaytirdi. Shundan keyingi vaqtlarda payg’ambar va uning safdoshlarining ahvoli yomonlasha boshladi.
Muhammad payg’ambaming amakisi Abd al-Uzza ilgaridan islom targ’ibotiga qarshi edi, u hoshimiylami chaqirib xonadonimiz obro’sini to’kayapsan, deb payg’ambami haqorat qildi. Uning xotini ummaviylar um g’ining rahbari Abu Sufyoning qizi Umma Jamil erining tarafini olib, payg’ambar uyiga o’tadigan yo’liga har kuni tikanaklami to’plab qo’yadi, natija-da payg’ambar uyiga qiyinchilik bilan kiradi. Abd al-Uzza Qur’onning 3-surasida “Abu Lahab”, ya’ni (“Olovning do’sti”) “do’zaxi” deb laqab oladi. Abu Lahabning ikki o’g’liga payg’ambaming Ruqiya va Ummi Gulsum degan qizlari tushganligini aytgan edik. Abu Lahab ulami taloq qildirib, uyiga jo ’natib yuboradi, bu katta haqorat edi.
80
Vaziyatni engillashtirish maqsadida musulmonlaming bir qismini payg’ambar 615 yilda Xabashistonga (hozirgi Efiopiya) jo ’natadi. Bu birinchi hijratga Usmon Ibn Affon boshchilik qiladi. Keyingi bir necha oy ichida vaziyat biroz yumshaydi. Lekin 615 yil oxirida vaziyat yana og’irlashib ketadi. 80 dan ortiq musulmonlar ikkinchi hajratga yana Xabashistonga jo ’naydi. Quraysh xonadonlarining zadogonlari Abu Tolibdan, yo Muhammad targ’ibotini to’xtatsin yoki hoshimiylar xonadonidan haydalsin, deb talab qiladilar. Abu Tolib bu talablami qat’iyan rad qiladi. 200-300 hoshimiy payg’ambar hovlisi atrofiga chodir tikib uni himoya qiladilar. Bunday noqulay vaziyat ikki yildan ko’proq davom etadi.
619 yilning iyul oyida Abu Tolib vafot qiladi, ikki oydan so’ng esa Xadicha ham olamdan o ’tadi. Hoshimiylar xonadoniga Abu Lahab boshliq bo’lib qoladi. U Muhammadni urug’ himoyasidan mahrum, deb e’lon qiladi. Bu holat Muhammad hayotini xavf ostida qoldiradi. U asrandi o’g’li Zayd bilan yashirin holda Makkadan chiqib Toif shahriga yo’l oladi. Lekin toifliklar ulami masxaralab, toshbo’ron qilib haydaydilar. Muhammad g’oyatda og’ir ruhiy holatda orqaga qaytadi. So’ng u Xiro g’origa yashirinadi. Obro’li Navfal avlodidan bo’lgan Mut’im Ibn Ali Muhammadni o’z uyiga qabul qiladi. U qurolli guruhi bilan Kab’a oldiga kelib payg’ambami o ’z himoyasiga olganligini e’lon qiladi. Payg’ambar o’z tarafdorlari orasida targ’ibot olib boradi, makkalik zodagonlar bilan esa to’qnashmaslikka harakat qilaveradi.
Payg’ambaming targ’iboti 620 yilning iyul oyida Yasrib shahridan xajga kelganlarga katta ta’sir ko’rsatadi. Xajdan qaytib borganlar orqali Yasrib aholisi o’rtasida bu targ’ibot haqida ijobiy fikr yoyila boshlaydi. Makkadan 350 kilometr shimolda joylashgan Yasrib vohasida yashaydigan Avs va Xaeraj nomli arab qabilalari o’rtasida doimo ziddiyatlar mavjud edi. Bundan tashqari, bu ikki qabila bilan o’sha vohada qo’shni bo’lib yashaydigan Kaynuka, Nzir, Kurayza degan yahudiy qabilalari o’rtasida ham tez-tez to’qnashuvlar bo’lar edi. Qabilalar o’rtasidagi ixtilofni bartaraf qiladigan bir tadbirkor “hakam” bo’ladigan shaxsga katta ehtiyoj sezilar edi.
621-622 yillardagi haj mavsumlarida Yasrib vakillari Muhammad payg’ambar bilan Makka yaqinidagi Akaba deb nomlangan joyda ikki marotaba uchrashdilar. Bu uchrashuvlarda Muhammadni safdoshlari bilan yasribga taklif qilishib, agar payg’ambar «hakam»lik qilishga ko’nsa, yasrib ahli islomni qabul qilib, payg’ambami o’zlariga boshliq etib saylashlarini va’da beradilar. O ’rtada kelishuv bo’ldi. Yasribliklar jo ’nab ketgach, Muhammad payg’ambar va uning tarafdorlari asta-sekin Yasribga ko’nika boshlaydilar. Nihoyat 622 yil 9 sentyabr kechasi Muhammad Abu Bakr bilan yashirin ravishda Yasribga jo ’nab ketib, 16 kun yo’l bosib 622 yil 24 sentyabrda yasribga eson-omon etib keladilar. Yasribliklar ulami yaxshi kutib oladilar, payg’ambar nihoyat yangi joyda bemalol dam olishi mumkin bo’ldi. Bu ko’chish arabcha xijrat deyiladi. Musulmon yil hisobi - hijriy yil shu 622 yildan boshlanadi.
Islom tarixidan ma’lumki, Muhammad payg’ambar va uning safdoshlari “muhojirlar”, ya’ni ko’chib kelganlar, yasriblik musulmonlar esa “ansorlar”, ya’ni “yordamchilar”, deb nom oldilar. Ulardan Muhammad payg’ambarga eng yaqin turgan va maslahatchi bo’lgan bir guruhi “sahobalar” (ko’pligi “asxob”-safdoshlar) deb ataladi. Muhammad payg’ambar ko’chib kelgandan so’ng Yasrib Madina, ya’ni shahar, ba’zan esa Madina an-Nabiy (payg’ambar shahri) deb atala boshlandi. Keyinchalik Islom adabiyotida Makka va Madina Islomning muqaddas markazi sifatida “Makkai mukarrama” “Madinai munavvara” deb ataladigan bo’ldi.
Muhammad payg’ambar Madina Markazidagi maydonda o’z izdoshlari bilan juma namozini o’qiydi va shundan boshlab barcha musulmonlar to’planib (jamoat bo’lib) Muhammad payg’ambar imomligida namoz o’qishi an’anaga aylanadi. Shu erda payg’ambar birinchi bor xutba aytgan, keyin xutba ham an’anaga aylangan. Xutba islom an’anasida o’ziga xos duo-iltijo shakli bo’lib, Muhammad payg’ambar musulmonlar jamoasiga g’alaba va omonlik tilab, xutba o’qigan.
Muhojirlar bilan ansorlar shahar markazida masjid va payg’ambarga uy qurdilar. Payg’ambar oilasini ham Makkadan
82
Madinaga ko’chirib keltirildi. Makkadan yarim yil ichida bir nechta guruh musulmonlar Madinaga ko’chib keldilar.
Muhammad Madinada payg’ambar deb tan olindi, keyinchalik esa siyosiy hokimiyat ham uning qo’liga o’tdi. U bosh lashkarboshi, bosh qozi, bosh imom edi. Muhammad payg’ambar rahbarligida musulmonlar Madinaga ko’chib kelgandan keyin bu erda to’rtta - muhojirlar, avsetlar, xazrajiylar va yahudiylardan iborat guruhlar vujudga keldi. Muhammad ular o’rtasida birlikka erishish uchun alohida ahdnoma tuzdi va hujjat sifatida rasmiylashtirdi.
Makkadan shimolga, Falastin va Suriya erlariga olib boradigan karvon yo’li Madina yaqinidan o’tardi. Bu yo’l Makka hokimlari va savdogarlari uchun g’oyat katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lganligi uchun, dastlabki yillarda kurash ana shu kavron yo’li ustida boshlangan.
Dastlabki jang 624-yil mart oyida Badr qudug’i atrofida bo’lgan. Bu jangda Muhammad boshchiligida 300 dan ziyod musulmonlar va Abujahl boshchiligida 850 Makkalik qo’shin qatnashgan. Urushda musulmonlar engib chiqadi. Natijada musulmonlar jamoasi mustahkamlanadi. Jangda musulmonlar 30 ta ot, 150 ta tuya, ko’p qurol-anjomlami o’lja oladi. 624-yil 16 mart (Hamal) kuni Qur’onning 8-al Anfol (O’lja) surasi vahiy bo’ladi. Bu surada o’ljani qanday taqsimlash ko’rsatilgan. Unda, o’ljaning beshdan bir qismi musulmonlar jamoasining manfaatiga, piyoda askarga bir hissa, otliq asqarga ikki hissa berilishi ko’rsatilgan, adolatli taqsimlashga da’vat qilingan. Keyinchalik bu qoida xalifalar davrida ham saqlanib qolgan. Badr jangida 622 yildagi ahdnoma buzilganligi uchun Kaynuka yahudiy jamoasi jazolanadi va 624 yil 10 aprelda ko’chirib yuboriladi. Musulmonlar bilan yahudiylaming tarixiy nizolari o’sha davrdan boshlanib, hozirgi davrda arab davlatlari bilan isroil mojaralarida davom etmoqda.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, musulmonlar bu davrda (Makkada ham Madina ham) an’anaviy muqaddas shahar hisoblangan Quddus (Ierusalim) tomonga qarab namoz o’qishgan. Qiblaning o’zgarilishi va Makkadagi Ka’baning qibla deb belgilanishi Badr jangi va Kaynuka bilan to’qnashuvdan keyin yuz bergan.
Shuningdek, birinchi bor masjidda namoz o’qish boshlanishi oldidan azon aytish ham shundan boshlangan. Payg’ambaming Bilol ismli ozod qilingan quli azonchi (muazzin)lik qilishni boshlagan. Xuddi shu davrda birinchi bor ro’za tutish marosimi va u tamom bo’lgach ro’za hayiti namozi ham kiritilgan. Ro’za tutish 625 yilning ramazon oyidan tutilishi belgilab qo’yilgan edi. U hozir ham o’z kuchini saqlamoqda.
Dostları ilə paylaş: |