Namancan davlat universitkti viaxkamon qodirjon odiijonovich dinshunoslik


Reja: Dinshunoslik fanining predmeti va vazifalari, dinning paydo bo’lishi masalasi



Yüklə 65,83 Mb.
səhifə2/61
tarix17.09.2023
ölçüsü65,83 Mb.
#144790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Dinshunoslik. Maxkamov Q

Reja:



  1. Dinshunoslik fanining predmeti va vazifalari, dinning paydo bo’lishi masalasi.

  2. Diniy ong asoslarining shakllanishi ijtimoiy ildizlari. Dinlar



tasnifl.



  1. G’arb va Sharq dinshunosligining o’ziga xos jihatlari.



Mavzuning o ’quv maqsadi: Talabalarga Dinshunoslik fanining maqsadi va vazifalari, ibtidoiy davming dastlabki diniy tasavvurlari haqida ma’lumot berish. Shuningdek, dinning mohiyati mazmuni, jamiyatda tutgan vazifalari tushuntirib beriladi.


Tayanch iboralar: Totemizm, Animizm, Fetishizm, politeizm, magiya, ma’budlar, Rim xudolari, Zevs, Afliya, Aid, Set, Poseydon, tumor.

O’zbekiston o’z mustaqilligini e’lon qilgach, dastlab milliy ma’naviy tiklanishi siyosatini amalga oshira boshladi. Xususan, demokratik va insonparvar jamiyat qurayotgan O ’zbekistonda diniy e’tiqod erkinligi amalga oshirildi. Juda ko’plab masjidlar, madrasalar, diniy maktablar, uyushmalar va jamoalar vujudga keldi, ko’plab diniy adabiyotlar chop etilmoqda, diniy bayramlar, marosimlar, urf-odatlar tiklanib, amal qilmoqda. Bu ma’naviy yangiliklar xalqimizning ruhiyatiga (psixologiyasiga) ijobiy ta’sir ko’rsatdi. “Xalqimizda bo’layotgan o’zgarishlarning ildizi, - deb yozgan edi Birinchi prezidentimiz Islom Karimov, - xalqimizning ma’naviy uyg’onishidadir. Ona tilimizning azaliy haq-huquqlari tiklangani, haqiqiy o’zbekona urf-odatlarimizning hayotdan o'rin olayotgani ham odamlar kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. O’zbekistonda o’zlikni anglash boshladi. Milliy Navro’z bayramimizni (iklangani, hayitlar tiklangani savobli ishlar bo’ldi”1


Jamiyat hayotida din o’ziga hos funksuyani bajaradi. Bugungi kunda xalqimizning ko’nglini ko'tarishda, uning qaddini rostlashda

1И Каримов. У )бекистон келажаги буюк давлат "Учбскистон” 1992 й. -Б.б-7.





4

ko’pchilik din vakillari, yuzlab imom- xatiblar davlatimizga yaqindan yordam bermoqdalar, ular xalqni birlashtirishni, o’zaro nizo va nifoqlardan yiroq turishni targ’ib etmoqdalar.
“Dinshunoslik” fanining maqsadi talabalarga dinning falsafiy, nazariy, tarixiy va amaliy xususiyatlarini o ’rgatishdir. Modomiki, ming yillardan buyon mavjud bo’lgan turli dinlar, diniy dunyoqarash, urf-odatlar mavjud ekan, bu jahon xalqlarida dinga ehtiyoj mavjudligini, dinning odamlar uchun foydasi hadsiz ekanligini ko’rsatadi. “Dinshunoslik”ning maqsadi din to’g’risidagi ob’ektiv haqiqatni tushuntirib, izohlab berishdir. “Dinshunoslik”ning mazmuni dinlarning falsafiy, nazariy jihatlarini ochib berish, dinlar tarixini yoritib berish, dinlarning ijtimoiy funktsiyalarini turli jihatda tushuntirishdir.

“Dinshunoslik” fani orqali talabalar ahloqan va ma’naviy jihatlardan o’z ongini kengaytiradilar; ular dunyo voqea va hodisalariga, jamiyatdagi murakkab insoniy munosabatlar mohiyatini yanada sinchkovroq bo’lib tushunadilar; ular dinlarning jamiyat hayotida tutgan o’mini yaqqolroq anglab etadilar; o’zlarida iymon-e’tiqod erkinligiga ongliroq munosabatni shakllantiradilar, ya’ni bu fanning talabalar dunyoqarashi uchun ahamiyati beqiyos.


“Muayyan dunyoqarash, dunyoni anglash nuqtai-nazaridan ifoda etilgan g’oyalar, dasturlar, ahloq-odob maromlari aqlli odam ishonchi (imoni) ga aylansa qadrlanadi, e’zozlanadi. Imonli odam o’z ixtiyori bilan qabul etgan g’oyalar, timsollarni muqaddas bilib, hayotini ularsiz tasavvur eta olmaydi, och, yalang’och qolishga, barcha mahrumliklarga, hatto o’limga ham rozi bo’ladi, ammo o’z iymoniga xilof keladigan xatti-harakatlarga yo’l qo’ymaydi”2.

Dinshunoslik” fani quyidagi xususiyatlarga ega:





  1. “Dinshunoslik” fani dinlarning mohiyatini va din tushunchasi ta’riflab, uni izohlab, tushuntirib beradi. Diniy ong, ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida olib qaralib, uni tarixiy hodisa deb hisoblaydi; bu bilan barcha dinlar insoniyat tarixi bilan bog’langanligi, odamlaming dinga bo’lgan ehtiyoji tufayli kelib chiqqach, ular asta-sekin bir tizim qiyofasiga kirib davom etayotganligi ta’kidlab o’tiladi.

2 И.Каримов. Имон ва инсон. Т., “Фан” 1991 й -Б.4.



5


  1. Dinlarning kelib chiqish, rivojlanish va evolyutsiyasi o’zining tub sabablariga, ya’ni ildizlariga egaki, “Dinshunoslik” shu xususiyatni ham nazarda tutadi va ulami ko’rsatib beradi. Bu bilan hozirgi zamonda mavjud bo’lib turgan turli dinlar qadim zamonlarda vujudga kelgan bo’lsalar ham, nima uchun ular hamon mavjud bo’lib turibdi degan savolga aniq javob beradi.




  1. Diniy ong har bir dindor odamning yoki diniy jamodagi kishilaming yakka shaxs yoki ijtimoiy ongi bo’lib, bu ongning asosi ilohiy kuchlarda, ilohiylikka asoslangan dunyoqarash, mafkura, g’oya, flkr, tushuncha, tasavvur, xotira, xayol, iroda, idrok, iymon, e’tiqod, ahloq va psixika kabilar yaxlitligidan iborat ma’naviyatdir.

Diniy ong ko’pchilik dindorlaming onggi, yakka shaxs onggi xususiyatiga ega bo’ladi. Yakka shaxsning diniy ongining darajasi o’sha dindor kishining yashash tarzi, shaxsiy qobiliyati, qiziqishi kabilar bilan bog’liq. Bu hoi dindorlar psixikasini keltirib chiqaradi.





  1. Diniy dunyoqarash, umuman, dunyoqarashning tarixiy turla-ridan biri bo’lib, uning asosiy belgisi ilohiy, g’ayritabiiy kuchlarga ishonish va ularga sig’inish, butun olam, barcha mavjudot, insoniyat dunyosini xudo yaratganini va boshqari-shini e’tirof etish, xudoga, ruhlarga e’tiqoddan iboratdir. Diniy dunyoqarash quldorlik tuzumidan boshlab rivojlantirib orilgan. Ayniqsa, insoniy fazilatlarga yot va zararli bo’lgan ichkilikbozlik, giyohvandlik, buzuqlik, qon to’kish, o’g’irlik kabi yaramas illatlar diniy ahloqda qoralanadi, ularga qarama-qarshi halolik, ezgulik, o’zaro hurmat ko’rsatish; kattalami, ota-onalarni izzat qilish kabi fazilatlar ulug’lab kelingan.

Din ibtidoiy jamiyatning quyi bosqichida, taxminan bundan 50-40 ming yil avval shakllangan. U keyingi jamiyatlarda turli tarixiy tip hamda shakllarda rivojlanib kelgan. Dinni keltirib chiqargan tub sabablar, ya’ni ildizlar uchta: ijtimoiy, psixologik va gnoseologik ildizlari mavjud.


Har kanday dinning gnoseologik, ya’ni dunyoni bilish nazariyasi bilan bog’liq ildizi ham mavjud. Dinning bu ildizi olamdagi voqea va hodisalaming kelib chiqish sabablarini, ulaming ichki mohiyatini bilish murakkab va qiyin bo’lishi bilan bog’liq. Tabiat va jamiyatda ro’y


beradigan o’zgarishlar sababli ko’p ming yillar mobaynida insonlar uchun sirli tuyilgan; natijada odamlaming aqli zaif va cheklangan, dunyoning barcha sirlari birgina xudoga ma’lum, undan boshqa hech kim dunyoni bilmaydi degan xulosa kelib chiqqan.


Dinning psixologik ildizi, bunda odamlardagi tashqi olam voqealaridan, jamiyatda ro’y berayotgan turli hodislardan iztiroblanishi, ezilishi, g’am-tashvishga tushib qolishi, qo’rquv vahima, umid va ishonch, shodlanish yoki ruhan tushkinlik holatlari dinning kelib chiqish va mavjud bo’lib turishida katta kuch hisoblanadi. Diniy pand-nasihatlar, turli diniy marosimlar ham diniy psixologiya bilan bog’liqdir.



Yüklə 65,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin