Namancan davlat universitkti viaxkamon qodirjon odiijonovich dinshunoslik


Shunday qilib, har qanday dinning kelib chiqishi, yashab turishi va amal qilishi ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlari bilan izohlanadi



Yüklə 65,83 Mb.
səhifə3/61
tarix17.09.2023
ölçüsü65,83 Mb.
#144790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Dinshunoslik. Maxkamov Q

Shunday qilib, har qanday dinning kelib chiqishi, yashab turishi va amal qilishi ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlari bilan izohlanadi.


Jamiyat hayotida amal qilib kelinayotgan dinlar o’z tashkiliy tizimiga ega bo’lgan murakkab va o’ta moslanuvchan g’oyalardan iborat bo’lib, din jamiyatni uyushtiruvchi, yo’naltiruvchi, safarbar etuvchi, intizomga soluvchi g’oyaviy kuch hisoblanadi. Diniy shiorlar ayrim inqilobiy harakatlami, ba’zi davrlarda g’azovot va salb urushlarini, milliy-ozodlik harakatlarining bayrog’iga aylangan. Dinning jamiyatda:


l.Kompensatorlik, 2.Legitimlovchilik, 3, Integratorlik,



  1. Kommunikativlik, 5. Regulyatorlik degan ijtimoiy funktsiyalari bor. Turli diniy manbalarda din azaldan mavjud bo’lib kelgan, xudo esa



hamma narsalami: osmon va Emi, koinotni, barcha odamlami, mo”jizaviy yo’qlikdan bor qilib yaratgani aytilgan. Demak, dinning tarixi jamiyat tarixidan awal boshlangan, degan xulosa kelib chiqadi.


Ilmiy adabiyotlarda ko’rsatilishicha, dinning tarixi 50-40 ming yildan ko’p emas, jamiyatning tarixi esa 3 million yildan ziyod. Demak, u tarixiy hodisa, din ibtidoiy jamiyatning quyi bosqichida kelib chiqqan. Biz bu ikkinchi qarashni analiz qilsak, dinning paydo bo’lishidan darak beradigan arxeologik va etnografik ashyoviy dalillarga murojaat etmog’imiz kerak. Arxeologiya fani odamlar yashagan turli tarixiy davrlarda er ostida qolib ketgan qadimiy manzilgoblarni kovlab topadi, ulardan uy-ro’zg’orga, zeb-ziynatga, ish qurollariga , kiyim kechaklarga, me’morchilikka, san’atga oid turli buyumlar, noyob topilmalami
aniqlaydi-lar, ba’zan ko’hna qabrlardan dafii qilish qoidalari, qabrdagi jasad yonida ov qurollari, eb-icbish idishlari, taqinchoqlarga ham duch kelingan, ba’zan esa qush va hayvon-Iaming, afsonaviy mahluqlaming, farishta, ma’budalaming haykallari, turli narsalardan yasalgan shakllari, niqoblar topilganki, ulaming ayrimlari diniy mazmunga ega bo’ladilar.


Din — “arabcha ishonch, ishonmoq”, “lotincha religion” insonni qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo’lgan uni va koinotdagi barcha narsalami yaratgan insonga to’g’ri odil hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rgatadigan ilohiy borliqqa ishonch.



Yüklə 65,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin