Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə98/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

Ta’lim qoidalari deb, barkamol inson ta’lim - tarbiyasining maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o‘qish va o‘qitish jarayonining umumiy yo‘nalishi, o‘quvchilar tomonidan ilmiy bilimlar, ko‘nikmalar hosil qilishning asosiy qonun va qoidalarining yig‘indisiga aytiladi. Sodda etib aytganda ta’limning samarali natijalarini ta’minlaydigan qoidalar majmuini tushunamiz. Pedagogika fanida olimlar, buyuk pedagoglar tomonidan asoslangan va yaratilgan pedagogik adabiyotlarda didaktik qoidalar turlicha guruhlanmoqda. Ana shularga asoslanib ta’lim qoidalarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
1. Ta’limning ongli, faollik va mustaqillilik.
2. Ta’limning ilmiy, izchil va muntazam bo‘lishi.
3. Ta’limda nazariyaning amaliyot bilan birligi.
4. Ta’lim va tarbiyaning birligi.
5. Ta’limda ko‘rsatmalilik.
6. Ta’limni tushunarli, puxta va mustahkam o‘zlashtirish.
7. Ta’limda o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish hamda ta’limning mos bo‘lish va hokazo qoidalari mavjud. Ularning har biriga alohida to‘xtalamiz.
Ta’limda onglilik, faollik va mustaqillik qoidasi.
Maktab ta’limi tizimida onglilik, faollik, mustaqillilik qoidalari muhim ahamiyatga ega. Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan sinf o‘quvchilarning faolligiga bog‘liq.
“Tarbiyachi shuni unitmasligi kerakki, o‘quvchilarini qiziqtirmasdan, ularni quriq majburiyat va zo‘rlash yo‘li bilangina o‘qitishdan hech qanday natija chiqmaydi qoidasi ilgari suringan. Biroq bu o‘rinda o‘quvchilar faoliyatini o‘qituvchi tomonidan bayon qilinayotgan tayyor va yaxlit o‘quv materialini faolsiz tinglovchi harakterdagi faoliyat deb tushunish yarmaydi. Ta’limda o‘quvchilarning tafakkurini aktivlashtirish ularning mustaqilligini taraqqiy ettirishga yordam beradi, mustaqil ishlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi esa ularning fikr qilish faoliyatlarini o‘stiradi va takomillashtiradi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar faolligi, dastavval ularning aktiv faoliyati - tafakkur qilish faoliyatidir.
Materiallarning o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi ularning fikr qilish faoliyatiga ta’sir qilish jarayonida yuzaga keladi. SHunga asosan ta’limni ongli o‘zlashtirish prinsipi bir tomondan o‘quvchilarning mustaqil, aktiv fikr qilishlarini nazarda tutsa, ikkinchi tomonidan ularning mustaqillik va faolligini takomillashtirib borishni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar faolligi ta’lim jarayonidagi emas, balki o‘zlashtirilgan ilmiy bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalarni hayotga qo‘llay olish faoliyatini ham o‘z ichiga oladi. Tafakkur qilish fikrlash operatsiyalarida, ya’ni taqqoslash, analiz, sintez qilish, abstraksiya va umumlashtirishda ko‘rinadi. Ongli o‘zlashtirish prinsipi. ta’lim jarayonida o‘quvchilarning mustaqil olib boradigan ishlari bilan bevosita bog‘liqdir. O‘qish jarayonida mustaqil ishlar: kitob, gazeta, jurnal materiallari, spavochniklar, tablitsalar, kartalar ustida ishlash, tabiiy fanlar ya’ni matematika, fizika, biologiya bo‘yicha mustaqil amaliy ishlar va laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkazish muhum ahamiyat kasb etadi.
Ta’limning ilmiy, tizimli va izchil bo‘lish qoidasi.
Maktabda o‘quvchilarga beriladigan bilimlar, hozirgi zamon bilimlar darajasida bo‘lishi, o‘quvchilarga ularni ma’lum tizimda berishni talab qiladi. A.R.Beruniy Bilish cheksiz, uzluksiz davom etadigan jarayon, ta’lim jarayonida o‘quvchidarga muayyan ilmiy bilimlar berish, ularni yangi - yangi bilimlar olishga undosh kerak deb xisoblagan.
A.N.Farobiy “Inson hayvonlardan aqli bilan ajralib turadi. Inson aqli bilan atrofni o‘rab turgan dunyoni anglaydi, buyum va hodisalarga ilmiy baho beradi”, - degan.
“Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmag‘ay”- degan Imom Al Buxoriy
Maktab ta’lim - tarbiya jarayonining hamma zvenosida izchillik katta ahamiyatga egadir. Kundalik ta’lim jarayoni ham, sinf va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar ham izchillaik prinsipiga amal qilingan taqdirdagina, kutilgan natijani berishi mumkin.
Maktab o‘quv fanlari tizimi bir qancha didaktik qoidalarga asoslanadi. Bu didaktika qoidalarda, birinchidan, umumiy ta’lim maktablarida o‘qitilayotgan fanlarni ma’lum fan tizimi bilan o‘zaro mustahkam, ilmiy bog‘liq. Ikkinchidan fanlar asosida o‘quvchilarning bilish qobiliyatlari hamda ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirish nazarda tutiladi. SHunga ko‘ra tizimlilik qoidasi o‘rganilgan fan asoslari va o‘rganilayotgan fan asoslari bilan egallagan ko‘nikma va malakalar bir - birlarining davomi bo‘lmog‘i kerak. Bu bog‘lanish predmetlar o‘rtasida ham tizimlilikning bo‘lishini talab qiladi.
Ta’limda nazariyaning amaliyot bilan birligi qoidasi.
Bu qoida ta’limning ilmiylik qoidasi bilan mustahkam bog‘langandir.

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin