Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi


Ishga yarab qolsa ilming bir muddat,yana oshirmoqqa aylagil shiddat



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə99/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

Ishga yarab qolsa ilming bir muddat,yana oshirmoqqa aylagil shiddat, - degan M.Ulug‘bek.
O‘quvchilar bilim bilan qurollanar ekan, ilmning amaliy ehtiyoj tufayli bo‘lganini, ishlab chiqaruvchi kuchlarining qanday taraqqiy etganini, texnika va iqtisod sohasidagi yangiliklar, ilmning borgan sari rivojlantira borishni, ilm esa o‘z navbatida hayotni yaxshilishga yordam berishini biladilar. Ilmning rivojlanishida tajribaning roli kattadir. Ilmiy nazariyalarning haqqoniyligi amaliyotda sanaladi: uni tajriba yo tasdiqlaydi yo inkor qiladi. Mana bu nazariya bilan tajriba o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni o‘quvchilar ilm asoslarini o‘rganish jarayonida fahmlab olishlari lozim. Ulug‘lik gapda emas boshdan - oyoq, yarti ish ham yuzta gapdan yaxshiroq degan Abdulqosim Firdavsiy.
O‘quvchilar tomonidan matematika, fizika, biologiya, ximiya, astromiya va boshqa tabiiy fanlardan o‘zlashtirilgan nazariy bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar o‘quv - tajriba kabineti va laboratoriyalari, tajriba er uchastkalari va ishlab chiqarish mehnati jarayonida qo‘llaniladi.
Sa’diy SHeroziyning fikricha:” Ikki toifa odam behuda ishlab, behuda harakat qilgan bo‘ladi: biri mulk yig‘ib foydalanmagan va ikkinchisi esa ilm olib, amal qilmagan odam.
Harchand o‘qibsan, bilimdonsan,
Agar amal qilmasang, nodonsan.
Ta’lim va tarbiyaning birligi qoidasi.
“Ta’lim bilan tarbiya bir - biri bilan bog‘liq bir butun jarayon ekanligini ta’kidlaydi, A.Avloniy. U yana dars va tarbiya orasida bir oz farq bo‘lsa ham, ikkisi bir - biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga bog‘langan jon ila tan kabidir”.
Maktabda o‘quvchi yolg‘iz bilim, ko‘nikma va malakalarni egallabgina qolmaydi, balki har jihatdan mukammal tarbiyalanadi. Maktab o‘quv fanlarining har bir mavzu va temachalar ham shubhasiz tarbiyalovchi harakterga ega. SHunga ko‘ra, maktab ta’limi umuman har qaysi dars jarayoni alohida ikki muhim vazifani:
1. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarni yangi-yangi ilmiy bilimlar bilan qurollanadi.
2. O‘zlashtirilgan ilmiy bilimlar asosida o‘quvchilarda dunyoqarash va ma’naviy - axloqiy tirbiya tarkib topishini o‘z ichiga oladi.
Ta’lim va tarbiyaning birligi: a) o‘zlashtirilayotgan ilmiy bilimlar orqali o‘quvchilarda ilmiy materiallistik asosda dunyoqarash tarkib toptirish;
b) ta’limda o‘quvchilarga muayyan ma’naviy - axloqiy sifat normallarini singdirish;
v) o‘quvchilarning aqliy kamoloti hamda bilish qobiliyatlarini yanada rivojlantirib borishni nazarda tutadi.
O‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash tarkib toptirish murakkab va ko‘p qirrali jarayonidir. Maktab ta’limida tabiiy fanlarni - matematika, fizika, ximiya, biologiya va astronomiya kabi fanlarni o‘zlashtirish orqali dialektik materializm asosida dunyoqarashlar tarkib topadi.
Xotirada dalili bor hamma narsalarni yaxshiroq, tezroq va o‘ngay eslab qoladi” degan A.R.Beruniy.
“Birdaniga ko‘p sezgilar yordamida idrok etish mumkin bo‘lgan narsalarni iloji boricha bir necha sezgilar ishtirokida idrok etish lozim”, deb ko‘rsatgan YA.A. Komenskiy. Mashhur pedagog K.D.Ushinskiyning quyidagi fikri ta’limda qimmatlidir. “Siz bolaga qandaydir bir nechta noma’lum so‘zni o‘rgating, u bu so‘zlarni bilib olguncha uzoq vaqt ketadi va behuda bosh qotiradi, lekin suratlar vositasida o‘rgatilganda, yigirma so‘zni o‘quvchi hash-pash deguncha o‘rganib oladi”.
Ko‘rsatmalilik qoidasi ta’limning etakchi qonun - qoidalarini ham amalga oshirishda juda muhim didaktik masalalarni o‘z ichiga oladi, ayniqsa:
1. Bayon qilayotgan temaning harakteriga mos keladigan ko‘rsatma materiallardan to‘g‘ri foydalanish.
2. Ta’limda qo‘llaniliyotgan ko‘rsatma materiallar o‘quvchilarning yaqqol va kokret obrazli idrok qilishini ta’minlashi.
3. Ko‘rsatma materiallar orqali o‘quvchilar ob’ektiv borliqdagi narsa, xodisa va voqealar bilan, ularning xususiyati, belgilari va bir - biri bilan bog‘lanish vositalari bilan tanishadilar.
4. Ko‘rsatma materiallarining ko‘rsatmali bo‘lishi ilmiy bilimlarni mustahkamlashini ta’minlab qolmay, o‘quvchilar diqqatining barqarorligini oshiradi, ijodiy tashabbuslarining rivojlanishiga yordam beradi.
Ko‘rsatma qurollar o‘tilayotgan mavzuning hajmi, harakteri, mazmuni va sinf o‘quvchilarining saviyasiga qarab xilma - xil bo‘lishi mumkin. Maktabda qo‘llaniladigan ko‘rsatma materiallarni ikki guruhga ajratish mumkin.
1. Buyum va narsalarni aslicha tabiiy holicha ko‘rsatuvchi materiallar: o‘simliklar, hayvonlar, gerbariylar.
2. Tasviriy ko‘rgazma qurollar: rasm, surat, fotosurat, kinofilm, diafilm.
a) Simvolik tasvirlanishni ko‘rsatuvchi materiallar: geografiya va tarix qartalari.
b) Sxematik materiallar: sxema, tablitsa, diagramma.
O‘qituvchining ta’limni muammoli tashkil etishda ko‘rsatmalarining o‘rni va amaliy ahamiyati beqiyosdir. Ammo ba’zi o‘qituvchilar ta’limda ko‘rsatmalilikdan foydalanishda nuqsonlarga yo‘l qo‘yishadi. Masalan, tayyorlangan ko‘rsatmali qurollardan aniq ta’limiy maqsadni nazarda tutmaydi. YOki ko‘rsatiladigan rasm sxema va boshqa tasviriy materiallar kichkina barcha o‘quvchilar yaxshi ko‘rib idrok qila olishmaydi. SHuning uchun ko‘rsatmali materiallar chiroyli, chizmalari aniq va o‘quvchilarning bilish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda ta’limni muammoli o‘zlashtirishga amaliy yordam bermog‘i darkor. Darsda ta’limning ko‘rsatmali tashkil etilishi o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilayotgan materiallarning qiziqarli, tez va ongli o‘zlashtirishga hamda mustaqilligini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Bilimni puxta va mustahkam o‘zlashtirish qoidasi.
A.R.Beruniy o‘qitish jarayonida bolalarga tushunarli bo‘lmagan so‘zlarni quruq yodlashga asoslangan ta’limni qattiq qoraliydi.
Puxta o‘zlashtirishning harakterli belgisi bilimni mustahkam esga (xotirada) saqlab qolinishdadir. Puxta o‘zlashtirish uchun qaytarish (takrorlash) va mashq g‘oyat katta ahamiyatga ega. Qaytarishda faqat ilgari o‘zlashtirilgan materiallargina esga tushurilmay, o‘zlashtirgan bilimlarning noaniq, tumanli bo‘lib qolgan tomonlari oydinlashadi va to‘ldiriladi. O‘tilgan materialni qaytarish-xotirada qayta tiklash bir necha yo‘l bilan olib boriladi. Qaytarishning ahamiyati haqida A.R.Beruniy “Bilim takrorlash va qaytarish mevasidir”.
Qaytarish turlari darsning qaysi bosqichida qo‘llanishi mumkinligi va o‘tilayotgan mavzuning harakteriga bog‘liqdir.
O‘tilgan mavzularni asosiy va markaziy masalalar yuzasidan qaytarishning ahamiyati katta. Odatda bunday takrorlashlar bir qancha mayda temachalarni o‘tib bo‘lgach, temachalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlash, umumlashtirish maqsadida qaytariladi.
Kudalik takrorlash. Har kuni har bir dars yuzasidan olib boriladigan takrorlashdir.
Takrorlashning ikkinchi turi maxsus takrorlashdir. Odatda bunday takrorlash katta temalarni o‘tib bo‘lgach, shuningdek, ma’lum bir chorak ichida o‘tilgan materiallar yuzasidan olib boriladi. Maxsus takrorlashning keng tarqalgan turi o‘quv yili oxirida alohida ajratilgan soatlarda o‘tkaziladi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini xisobga olish va tushunarli qilib o‘qitish qoidasi.
Ta’lim jarayonida har bir sinf o‘quvchilariga xos umumiy xususiyatlarni ham shu sinfdagi har qaysi o‘quvchining individual xususiyatini xisobga olgan holda ish ko‘rish muhim didaktik ahamiyatga egadir. Ibn Sino, Beruniy o‘qitish jarayonida bo‘lgan tushunarli bo‘lmagan so‘zlarni quruq yodlashga asoslangan ta’limni qattiq qoralaydi. Beruniy yozadi: “Tushunish yodlashdan yaxshiroq va afzaldir”. Beruniy pedagogik g‘oyalaridan eng muhimi bilimni puxta va mustahkam egallash zarurligidir. “Bilimning shunday bo‘lishi kerakki, u yalang‘ochligingda ham o‘zingda qolsin, bilimingni hammomdagi qo‘llik ham yuvolmasin”. Bilimlarning o‘quvchilarga tushunarli bo‘lishi ta’limda samarador bo‘lish uchun Beruniy quyidagilarga amal qilishni tavsiya etadi:
- sezgi organlarning ma’lumotlariga ko‘ra... bilishni davom ettirish;
- fanni o‘rganayotganda fikrlash, xotiralab esga olish zarur;
- o‘rganiyotgan ilmlarni to‘la bilib olish uchun, o‘sha ilmni tashkil etib turgan elementlarini puxta o‘rganib chiqish;
- bilishda oddiydan murakkabga, ma’lumdan noma’lumga, yaqindan uzoqqa, osondan qiyinga, dalillardan xulosalarga qarab borish;
- uzoq o‘tmishga oid bilimlarni o‘rganishda shu ilm, fan tarixini o‘rganish;
- hodisalarni, fan asoslarini bir-birlariga taqqoslashtirib, solishtirib har tomonlama chog‘ishtirb o‘rganish va h.k.

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin