Namangan davlat pedagogika instituti



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə7/36
tarix18.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#184060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
mom ishchi dastur 2022

3. Interfaol metodlar. O‘quvchilarning faollik darajasiga ko‘ra qo‘llaniladigan metodlar. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida interfaol metodlardan foydalaninsh. Matematika darsida nazorat turlari va ularni tashkil qilish, o‘quvchilarning daftar bilan ishlashda qo‘llaniladigan metodlar.
4. Boshlang‘ich sinf matematikadan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish. Ta’limning darsdan tashqari yordamchi shakllari (to‘garak, matematika kechasi va boshqa turlari); o‘zlashtirmaydigan o‘quvchilar bilan ishlash; o‘quvchilar uy vazifalari, uni tashkil qilishga qo‘yilgan talablar; xatolar ustida ishlash, o‘quvchilar bilimini tekshirish metodlari; Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematika darslarida yosh xususiyatlariga mos tarixiy ma’lumotlarni o‘zlashtirishi mazmuni.
5. Ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish. Mantiqiy tushunchalar. “SHakli bir xil”, “shakli har xil” tushunchalari. “Barchasi”, “ayrimlari”, “ ...dan tashqari barchasi”, “har qanday”, “ixtiyoriy”, “...lardan biri”, “barchasidan biri” va ularning ma’nolari. Matematik xaossalar.
Oz komplektli maktablarda matematika o‘qitish xususiyatlari. Ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish. Matematikaga ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash. Matematikani chuqurlashtirib o‘qitish xususiyatlari. Oz komplektli maktablarda matematika o‘qitishni tashkil qilishning o‘ziga xos xususiyatlari. O‘zbekistonda oz komplektli maktablarning mavjudlik holati.
II. Modul. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning xususiy metodikasi. Boshlang‘ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni nomerlashga o‘rgatish metodikasi.
6. Boshlang‘ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni nomerlashga o‘rgatish metodikasining umumiy masalalari. O‘quvchilarni maktabgacha bo‘lgan davrda matematik tayyorgarligi darajasini aniqlash va ularni tartibga solish. Nomerlashga o‘rgatishga tayyorgarlik. Son va sanoq tushunchasini shakllantirish bosqichlari. O‘nli sanoq sistemasi xususiyatlari va uning nomerlashga asos qilib olinishi. Konsentrlar bo‘yicha nomerlashga o‘rgatish metodi. Darsni tashkil qilish, ko‘rgazmalilik hamda didaktik materiallardan foydalanish. Raqamlashga o‘rgatishda matematik diktantning o‘rni.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin