I. Fanning mazmuni. Fanni o‘qitishdan maqsad – bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga milliy o‘quv dasturi talablari asosida matematika va uni o‘qitish metodikasi fanidan muhim bo‘lgan kompetensiyalarni shakllantirish va ularni amalda qo‘llay olishini ta’minlash.
Fanning vazifasi – talabalarni matematika o‘qitish metodikasi bo‘yicha davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturining mazmuni va talablari, shuningdek, maktab darsliklari mazmuni va metodik tuzilishi bilan tanishtirish; boshlang‘ich ta’limda o‘rgatishning zamonaviy ilg‘or metod va usullarini o‘rgatish vazifalarini bajaradi.
Shuningdek o‘qitishda:
1) ta’limiy-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni amalga oshirish;
2) nazariy bilimlar tizimini o‘rganish jarayonini yoritib berish;
3) ta’limni insonparvarlashtirishni;
4) matematika o‘qitish jarayonida qadriyatlar, urf-odatlar, sharqona tarbiya qadr-qimmati, bir-biriga hurmati kabi fazilatlarini tarbiyalash;
5) o‘qitishning innovatsion, pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiya yutuqlari;
6) o‘qitish metodikasi I–IV sinflar matematikasining davomi bo‘lgan IV–V sinf matematikasi mazmuni bilan uzviyligi ta’minlanishini nazarda tutadi.
2.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) 2.1 Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: