Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə281/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   462
LUG\'AT

PARLAMENT MUXOLIFATI
— hukumatni tashkil qilishda ishtirok etmaydigan, 
bir qator masalalar bo‗yicha hukumat siyosatiga qarshi chiqadigan birorta partiyaning 
parlamentdagi deputatlari guruhi yoki parlament fraksiyasi. Qator mamlakatlarda (mas., 
Buyuk Britaniyada) parlament reglamentlari yoki odatiy huquq normalari P. m. maqomi 
va huquqlarini mustahkamlaydi, jumladan, P.m. a‘zolarining parlament (yoki uning 
palatasi) organlaridagi vakillik kvotasini belgilaydi, uning yetakchisiga maxsus maosh 
tayinlaydi. 
PARLAMENT NAZORATI
— davlat nazorati shakllaridan biri. Asosan umuman 
siyosiy, ba‘zi holda ma‘muriy tusda bo‗ladi. Parlamentar davlatlarda va prezidentlik 
respublikalarida hukumat faoliyati ustidan Parlament nazorati alohida ahamiyat kasb 
etadi. Bunday nazoratning asosiy metod va shakli ishonch to‗g‗risidagi masala, tanbeh 
rezolyusiyasi, interpellyasiya, hukumatga og‗zaki va yozma savollar (parlament 
savollari) parlament tekshirishidir. Prezidentlik respublikalarida hukumat faoliyati 
ustidan Parlament nazoratining ahamiyati kamroq: uning asosiy vositasi parlament 
tekshiruvi hisoblanadi, u istisno hollardagina impichment taomilini qo‗llashga olib 
kelishi mumkin. Keyingi o‗n yillikda inson huquqlariga rioya qilinishi ustidan Parlament 
nazorati borgan sari ko‗proq ahamiyat kasb etmoqda, bu turli mamlakatlarda inson 
huquqlari bo‗yicha parlament vakili (q. Ombudsman) instituti (tartiboti)ning keng 
yoyilishida o‗z ifodasini topmoqda. Parlamentning maxsus organlari: hisob palatasi, 
hisob sudlari va boshqalar orqali amalga oshiriladigan moliyaviy va moliyaviy-iqtisodiy 
nazorat Parlament nazoratining alohida turi hisoblanadi. Parlament nazoratining bu turi 
endi siyosiy emas., balki ma‘muriy tusga ega bo‗ladi. O‗zbekiston Respublikasida 
parlament nazorati O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va 
Senati, uning qo‘mita va komissiyalari, Qonunchilik Palatasidagi siyosiy partiyalar 
fraksiyalari, deputatlar guruhlari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a‘zolari, 


213 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan 
amalga oshiriladi. 2016-yil 11-apreldagi ―Parlament nazorati to‘g‘risida‖gi O‗zbekiston 
Respublikasi qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. Bu nazorat quyidagi shakllarda 
amalgam oshiriladi: davlat budjetini qabul qilish, uning ijrosining borishini ko‘rib 
chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma‘ruzasini ko‘rib chiqish; 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 
ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitish; Qonunchilik palatasi, Senat 
majlislarida hukumat a‘zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini 
eshitish; O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini eshitish; O‘zbekiston 
Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini eshitish; O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni 
muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining hisobotini eshitish; O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini eshitish; parlament so‗rovi; Qonunchilik 
palatasi, Senat a‘zosining so‘rovi; Qonunchilik palatasi, Senat qo‘mitalari tomonidan 
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlarining axborotini eshitish; qonun 
hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qo‘llash amaliyotini Qonunchilik palatasining, 
Senatning qo‘mitalari tomonidan o‘rganish va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi 
yuzasidan ular tomonidan monitoringini amalga oshirish; parlament tekshiruvi orqali 
amalga oshiriladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin