Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   462
LUG\'AT

AXBOROT AGENTLIKLARI 

 
matbuotda nashr etish, radio va televideniya 
orqali uzatish uchun axborotlarni to‗plash va tarqatish bilan shug‗ullanuvchi tashkilot. 
Maqomiga ko‗ra: hukumat agentliklari, kooperativ, xususiy, jamoatchilik agentliklari 
mavjud. Tarqatiladigan axborot xajmi va faoliyat ko‗lamiga ko‗ra – Jahon Axborot 
agentligi (inglizlarning Reyter, fransuzlarning AFP); mintaqaviy va milliy Axborot 
agentliklari mavjud. 
AXBOROT INFRASTRUKTURASI
— 1) jamiyatda axborotni yig‗ish, yetkazish, 
saqlash, avtomatik ravishda qayta ishlash va tarqatish imkoniyatini beruvchi muhit. 2) 
axborotlarni yig‗ish, saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish markazlari, axborot almashish va 
telekommunikatsiya kanallari, axborotlar va axborot bozorini himoya qiluvchi tizim va 
vosita, aloqa liniyalari majmui. 


33 
AXBOROT JAMIYATI
— sanoati rivojlangan davlatlarda ahborotning yangi 
rolini, ahborot ishlab chiqarish, uni qayta ishlash, tarqatishning sifat jihatidan yangi 
usullarini tasniflash uchun qo‗llaniladigan atama. Axborot jamiyati konsepsiyalari 
zamonaviy jamiyatlar o‗z tarixiy taraqqiyotlarida yangi bosqichga ko‗rilganliklarini 
ta‘kidlaydi. Axborot jamiyatining tarixiy o‗rnini baholashda ikki yondashuv mavjud: 
Yu.Xabermas., E.Giddenslar tomonidan ishlab chiqilgan birinchi yondashuv axborot 
jamiyatini sanoatlashgan jamiyatning bosqichi sifatida talqin etadi. D.Bell va O.Tofflerga 
tegishli ikkinchi yondashuv axborot jamiyatini taraqqiyotning yangi bosqichi (―uchinchi 
to‗lqin‖) tarzida o‗rganishni taklif etadi. Axborot jamiyatida birinchi o‗ringa xizmatlar 
ishlab chiqarish ko‗tariladi, jamiyatning malakaviy, ma‘rifiy tarkibi, mehnatning tabiati 
o‗zgaradi. Qishloq xo‗jaligi va sanoatda mehnat qiluvchilar soni keskin kamayib, asosiy
mehnat sohasi – axborot texnologiyalari sohasiga ko‗chadi. Parsonsga ko‗ra jamiyat to‗rt 
asosiy kichik tizim – iqtisod, siyosat, madaniyat va ijtimoiy sohaga bo‗lingan bo‗lsa, 
axborot jamiyatida ularga yana telekommunikatsion va ta‘lim tizimlari kiritiladi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin