40
hokimiyatni tushunishni individuallashtiradi, uni aniq shaxslar o‗zaro
xatti-harakati
darajasidagi hodisa sifatida ta'riflaydi.
BLEF
(
ing.
) — maqtanchoqlik va b. maqsadlarda qilingan uydirma, yolg‗on,
mavjud bo‗lmagan kuchlar va vositalar bilan qo‗rqitish.
BLOK SIYOSIY
— davlatlar, partiyalar, guruhlar o‗rtasida
doimiy va vaqtincha
tuziladigan bitim (ittifoq). Birgalikda harakat qilish yo‗li bilan umumiy siyosiy
maqsadlarga erishish uchun tuziladi. B.s. o‗z tarkibiga kiruvchi davlat, partiya va
guruhlarning bevosita
aholiga murojaat etishi, saylovlarda bir nomzodni ko‗rsatishi,
yagona siyosiy yo‗lni ishlab chiqishi, koalitsiyaviy hukumat tuzishi kabi shakllarda
uchraydi.
BLOKADA
(ing.
blockade
– qamal, qurshamoq) — 1) harbiy harakatni amalga
oshirishning dushman ob‘yektini ajratib, yakkalab, tashqi aloqalarini
izdan chiqarishga
qaratilgan alohida shakli. Bundan maqsad dushman davlatning harbiy-iqtisodiy qudratini
sindirib, taslim bo‗lishga majbur etishdan iborat; 2) (siyosiy) – biror davlatni muayyan
talabni bajarishga majbur etish maqsadida uning tashqi aloqalariga putur etkazishga
qaratilgan siyosiy tadbirlar tizimi. Siyosiy B. davlatni diplomatik
jihatdan yakkalab
qo‗yishda ifodalanadi. Siyosiy B. ko‗pincha iqtisodiy B., ba'zida harbiy B. bilan bog‗liq
bo‗ladi. II-jahon urushidan so‗ng G‗arb davlatlari milliy mustaqillik uchun kurash yo‗liga
o‗tgan davlatlarga qarshi siyosiy B.ni keng miqyosda qo‗lladi.
Dostları ilə paylaş: