39
Ustav qoidalarini doimo buzib turadigan davlat, Xavfsizlik Kengashining tavsiyasiga
muvofiq, Bosh Assambleya qarori bilan BMT a‘zoligidan chiqariladi. BMTning asosiy
organlari:
Bosh Assambleya, Xavfsizlik Kengashi, Iqtisodiy va ijtimoiy kengash
(EKOSOS), Vasiylik kengashi, BMT huzuridagi Xalqaro sud va BMT Kotibiyati - Bosh
kotib va b. xodimlardan iborat. BMT Bosh kotiblari: Tryugve Li (Norvegiya, 1946-53),
Dag Xammarsheld (Shvesiya, 1953-61), U Tan (Birma, 1961-71), Kurt Valdxaym
(Avstriya, 1972-81), Xaver Peres de Kuelyar (Peru, 1982-91), Butros Butros G‗oli (Misr,
1992-97), Kofi Anan (Gana, 1998-2007), Pan Gi Mun (Koreya Respublikasi 2008-
yildan). Bosh kotibni Xavfsizlik Kengashi tavsiyasiga muvofiq Bosh Assambleya 5 yil
muddatga tayinlaydi. Bosh kotib har yili BMT ishi hakida Bosh Assambleyaga hisobot
berib turadi, kotibiyat xodimlarini tayinlaydi. BMT va uning organlari barqaror
ishlashini
ta‘minlashda, Bosh Assambleya va BMT boshqa organlari qarorlari amalda bajarilishida
yordam beradi. O‗zbekiston o‗z mustaqilligini e‘lon qilganidan keyin ko‗p o‗tmay 1992-
yil 2-martda BMTga a‘zo bo‗ldi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida
O‗zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‗i ko‗tarildi. 1993-yil 24-oktabrda
Toshkentda BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ochildi. BMTda O‗zbekiston
Respublikasi vakolatxonasi ish boshladi. O‗zbekiston Respublikasi BMTning Ta'lim, fan
va madaniyat masalalari bilan shug‗ullanuvchi tashkiloti - YUNESKOga ham a‘zo
bo‗ldi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning BMT Bosh Assambleyasi
48-sessiyasida (1993-yil sentabr), BMT tashkil etilganining 50 yilligiga bag‗ishlangan
sessiyada (1995-yil oktabr), BMT Bosh Assambleyasining «Ming yillik sammiti» (2000-
yil sentabr va 2010-yil sentabr) da so‗zlagan nutqlari dunyo jamoatchiligida katta
qiziqish uyg‗otdi. Xususan, ushbu xalqaro tashkilotning XX a. so‗nggidagi eng yirik
anjumanida O‗zbekiston rahbari xalqaro terrorizm va narkobiznes bilan bog‗liq
muammolarni
hal etish; mintaqaviy xavfsizlik, jum. Markaziy Osiyo mintaqasida
barqarorlik va xavfsizlikni ta‘minlash; jahon xavfsizligi tizimini takomillashtirish, BMT
faoliyati va tarkibiy tizimini isloh qilishga taalluqli takliflar bilan chikdi O‗zbekiston
Respublikasi BMTning teng huquqli a‘zosi sifatida bu eng nufuzli xalqaro tashkilotning
maqsad va qoidalariga qat‘iy amal qilmoqda.
BITIM
— 1) kelishuv, tomonlarning biror-bir sharoitlarda o‗zaro munosabatlar,
huquq va majburiyatlarni o‗z
zimmalariga olishi; 2) o‗zaro rozilik, kelishuv.
Dostları ilə paylaş: