BOLA HUQUQLARI TO„G„RISIDA KONVENSIYA — bolalar huquqi
to‗g‗risidagi xalqaro huquq normalari kuchiga ega bo‗lgan hamda kelajakka qaratilgan
eng to‗la va birinchi hujjat. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1989-yil 20-noyabrda
bir ovozdan qabul qilingan. Konvensiya 1959-yilda qabul qilingan Bola huquqlari
deklaratsiyasi qoidalarini rivojlantiradi. Deklaratsiya «Insoniyat o‗zida mavjud bo‗lgan
eng yaxshi narsalarning hammasini bolalarga berishga majbur» deb e‘lon qilgan edi.
Konvensiya esa ushbu Deklaratsiya va b. xalqaro hujjatlardagi bolalar huquqlari
to‗g‗risidagi qonunlarni o‗zida mujassamlashtirgan. B.h.t.k. dunyoning barcha
mintaqalaridagi xalklar uchun teng ahamiyatga ega, asosiy maqsadi bolalar manfaatlarini
mumkin qadar himoya qilishdan iborat. U muqaddima, 3 qism, 54 moddadan iborat.
Konvensiyaga asosan agar milliy qonunlarda balog‗at yoshi birmuncha erta belgilangan
bo‗lmasa, 18 yoshga to‗lmagan har qanday shaxs bola hisoblanadi. Unga O‗zbekiston
Respublikasi 1992-yil 9-dekabrda qo‗shilgan. Konvensiyani ratifikatsiya qilgan yoki
unga qo‗shilgan davlatlar uni bajarish yuzasidan tadbirlar bo‗yicha Bola huquqlari
qo‗mitasiga muntazam ravishda milliy ma'ruzalar yuborib turadi.
BOLALAR JAMG„ARMASI (YUNISEF) — BMTning asosiy jamg‗armalaridan
biri. Uzoq vaqt davom etgan urush natijasida katta qiyinchiliklarga duchor bo‗lgan
Yevropa bolalariga g‗amxo‗rlik ko‗rsatish maqsadida 1946-yilda tuzilgan. 1953-yildan
BMTning doimiy tuzilmasiga aylangan. Yer yuzida, ayniqsa rivojlanayotgan
mamlakatlardagi bolalarning soglom va barkamol voyaga etishiga kumaklashish uning
bosh tamoyilidir. Mazkur sohadagi faoliyati uchun 1965-yilda Nobel mukofoti bilan
takdirlangan. O‗zbekiston mustaqillikka erishgach, YUNISEFga a‘zo bo‗ldi va u bilan
yaqin hamkorlik o‗rnatdi. Jamg‗arma tomonidan bolalarni immunizatsiya qilish,
boshlang‗ich maktab o‗quvchilarini oziq – ovqat va ichimlik suv bilan ta‘minlash,
vaksinalar etkazib berish bo‗yicha uzoq muddatli dasturlar, Orolbo‗yi aholisiga yordam
ko‗rsatish yuzasidan maxsus dastur, «Orol dengizi: mintaqaviy va ekologik yordam
loyihasi» ishlab chiqilgan.