37
o‗zaro singib borishining asosi; millatchilikning aks tushunchasi. Insoniyat tarixi turli
millatlar va elatlar orasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma'naviy aloqalar o‗rnatilib,
ularning tobora mustahkamlanib borishi jarayonidir, mazkur munosabatlarsiz esa ijtimoiy
taraqqiyot amalga oshmaydi.
BAYONOT
— xalqaro huquqda bir yoki bir necha davlatning siyosiy partiyasi yoki
partiyalari, hukumati yoxud hukumatlarining bir yoki bir necha davlatlarga oid muhim
masalalar yuzasidan o‗z rasmiy fikrlari, qarashlari hamda maqsadlarini, ma'lum hatti-
harakatlarni qo‗llab-quvvatlashlari yoki aksincha, qoralashlarini, ularga e'tiroz
bildirishlarini ifodalaydigan hujjat.
BAYROQ
— 1) tayoq, sim va b. narsalarga mahkamlangan muayyan rang va
o‗lchamdagi mato. O‗rta a.larda turkiy xalqlar orasida u tug‗a deb atalgan. O‗rta a.larda
G‗arbiy Yevropa shaharlarida tabaqa, uyushma va korxona o‗z B.iga ega bo‗lgan; 2)
davlatning rasmiy ramzi.
BBC
(ing.
British Broadcastin Corparation
) — Britaniya radioeshtirish
kompaniyasining qisqartirilgan nomi. 1927-yil tashkil topgan. Hozirgi kunda 60 dan
ziyod tilda eshtirishlarni olib boradi.
BEGONALASHUV SIYOSIY
— siyosiy subyekt va uning biror funksiyasi
o‗rtasidagi bog‗liqlikning, birlikning yo‗qolishi natijasida hosil bo‗ladigan munosabat.
Begonalashuv subyektga salbiy ta'sir etadi, begonalashgan funksiya buzilishi, salbiy
tomonga o‗zgarishiga olib keladi.
BENELYUKS
— Yevropadagi uchta davlat – Belgiya, Niderlandiya, Lyuksenburg
boj iqtisodiy ittifoqining qisqartirilgan nomi. Ittifoq yagona bozor aylanmasi,ishchi
kuchi, tovar, kapital, xizmat ko‗rsatishni uch davlatda erkin ko‗chib yurishini, iqtisodiy,
moliyaviy, siyosiy faoliyatni uyg‗unlashtirib turishni, tashqi siyosiy munosabatlarda bir
butun bo‗lib chiqishni nazarda tutadi. Qarorgohi Bryusel shahrida.
Dostları ilə paylaş: