47
BYUROKRAT
— 1) byurokratiyaga mansub shaxs; 2) o‗z burchini rasmiyatchilik
bilan, ishga ziyon etkazgan
holda rasmiy bajaradigan, sansalorlik qiluvchi mansabdor
shaxs.
BYUROKRATIYA (
fr.
bureau, byuro
– idora; yun.
kratos
– kuch, hokimiyat,
xukmronlik) — dastlab hukumat idoralarining rahbarlari
va amaldorlari hokimiyati;
keyinchalik jamiyatning turli sohalarida paydo bo‗lgan yirik tashkilotlardagi xizmatchilar
qatlamini ifodalagan. Boshqaruv va ma'muriyatning zarur qismi sifatida B. alohida
ijtimoiy qatlamga aylanib boradi. B.ga xos xususiyatlar: kuyi mansabdorlarning yuqori
mansabdorlarga bosqichmabosqich bo‗ysunishi,
qattiq ish tartiboti, maxsus ma'lumotni
taqozo etuvchi rasmiylashgan vazifalarni amalga oshirishda mehnat va mas'uliyat
taqsimoti. Tashkilot ko‗pchilik a‘zolarining mustaqil ravishda imtiyozli qatlamga
aylanishga intilishi oqibatida rasmiyatchilik, o‗zboshimchalik,
avtoritarizm va sharoitga
moslashish kuchaya boradi, tashkilotning tartib-qoida hamda maqsad-vazifalariga
bo‗ysundirilishi asosan B.ni mustahkamlash va saqlab qolish uchun xizmat qiladi. Bu hol
ayniqsa avtoritar tizimlarda yaqqol namoyon bo‗ladi. Mansabdor shaxs tomonidan o‗z
vazifasiga vijdonsizlik
va sovuqqonlik bilan karab, fuqarolarning taklif, ariza va
shikoyatlarini ko‗rib
chiqish tartibini buzish, ularga to‗ralarcha munosabatda bo‗lish
hollari davlat va jamiyat manfaatlariga, fuqarolarning qonun bilan qo‗riqlanadigan huquq
va manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadi. Demokratik jamiyat B.ning mazkur salbiy
xususiyatlarini bartaraf etish va cheklashga qaratilgan nazorat hamda boshqaruv
shakllarini ishlab chiqishga harakat qiladi.