Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   462
LUG\'AT

DENATSIFIKATSIYALASHUV
— fashistlar Germanyasi ustidan g‗alaba 
qozonilganidan so‗ng u yerda natsizmni, natsional-sotsialistik partiyani, uning filiallari, 
boshqa fashistik tashkilotlarni tag-tugi bilan yo‗qotishga, har qanday natsistik militaristik 
tashviqotning oldini olish, Germaniya siyosiy hayotini demokratik asosda qayta qurish 
uchun zamin yaratishga qaratilgan jarayon. 
DENATSIONALIZATSIYA 
(de... va natsionalizatsiya), reprivitizatsiya — davlat 
mulk obyektlari (zavod, fabrika, bank, yer-suv, uy-joy va b.)ni xususiylashtirish; davlat 
ixtiyoridagi mulklarni xususiy mulkka aylantirish. Asosan kam foyda beruvchi va 
zarariga ishlayotgan korxonalar D. qilinadi. Bunda davlat ko‗p foyda bermaydigan 
korxonalarni avval milliylashtirib, budjet mablag‗i hisobidan yangi texnika va 
texnologiya bilan jihozlantirgan va ishlab chiqarishni jonlantirgan holda mulk egalariga 
qaytaradi. 
DENATURALLASHUV
— bir davlat fuqarosining ana shu davlat fuqaroligidan 
chiqishi yoki undan mahrum qilinishi.
DENOMINATSIYA 
(
de
… va lot. 
nominatio
– nom) — valyutaning barkarorligini 
oshirish va hisob-kitobni ixchamlashtirish maqsadida qog‗oz pul nominali (yozib 
qo‗yilgan qiymati)ni pasaytirish; eski pulni kursi (qadri) yuqori qilib belgilangan, nomi 
o‗zgarmagan yangi pulga ma‘lum nisbatda almashtirish. Mamlakatdagi pul muomalasini 
tartibga solish tadbirlaridan biri, pul qadri pasayishini to‗xtatib qolish yoki susaytirish 
orqali pul tizimini sog‗lomlashtirish maqsadida amalga oshiriladi. D. muomalada bo‗lgan 
pul mablag‗lari (kupyura, tanga)lar massasini birmuncha kamaytirish imkonini beradi. 
DENONSATSIYA 
(fr. 
denoncer
– e‘lon qilish, uzish), denonsatsiya qilish — tashqi 
siyosatda ikki tomonlama xalqaro shartnoma amal qilishini to‗xtatishning yoki ko‗p 
tomonlama xalqaro shartnomadan chiqishning eng keng tarqalgan usuli. Odatda, 
shartnomaning o‗zida nazarda tutilgan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi. 
DEPARTAMENT 
(fr. 
departement
) — 1) Fransiya va b. ko‗pgina mamlakatlarda 
asosiy ma‘muriy - hududiy birlik; 2) ayrim davlatlarda (mas., AQSH, Shveytsariya, 
Rossiya Federatsiyasi, O‗zbekiston) – mahkama yoki vazirlik yoxud ular 
bo‗linmalarining atalishi; davlat departamenti – AQSH tashqi ishlar vazirligi. 
DEPONENTLASH
(lot.
deponere
-saqlash uchun berish) — 1) qimmatbaho qog‗oz, 
pul va h.k. davlat muassasalariga saqlash uchun berish. Ana shu muassasa ixtiyoriga 
vaqtinchalik o‗tgan bu pul yoki qimmatbaho qog‗ozlar ularni qo‗ygan odamlar yoki 
berilishi mo‗ljallangan kishilar qo‗liga qaytib boradi. 2) Ratifikatsiya yorliqlarini 
muayyan davlatga yoki davlatlarga, xalqaro organlarga yoki shunday tashkilotning bosh 
ijrochisiga saqlash uchun berish. 
DEPORTATSIYA 
(lot. 
deportatio
– badarg‗a, surgun qilish) — jinoiy yoki 
ma‘muriy jazo chorasi sifatida davlatdan majburan chiqarib yuborish, haydash. «D.» 
termini Fransiya jinoyat qonunchiligiga ko‗ra, XVIII-XIX a.larda qo‗llanilgan 
surgunning alohida ko‗rinishlarini anglatgan. D.dan retsidivist jinoyatchilar bilan birga 
jamiyat uchun nomunosib kishilarni jazolashda foydalanilgan. Ko‗pincha u yo bu 


65 
davlatga g‗ayriqonuniy kelib qolgan chet el fuqarolari yoki fukaroligi bo‗lmagan shaxslar 
D. qilinadi. 1920-1940 – yillardagi ommaviy qatag‗onlar davrida sobiq Ittifoqning ko‗p 
xalqlari D.ga duchor bo‗lgan edi.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin