Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


EKSTRAKTIV (lot . extraactus ) — ko‗chirilgan, olingan.  EKSTREMIST



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   462
LUG\'AT

EKSTRAKTIV
(lot
. extraactus
) — ko‗chirilgan, olingan. 
EKSTREMIST
— keskin choralar va harakatlar tarafdori. 
EKSTREMIZM 
(lot. 
extremus
– o‗ta, keskin) — muayyan jamiyatda qabul 
qilingan qonun-qoidalarni inkor etish va ularga zid bo‗lgan g‗oyalarni zo‗rlab targ‗ib 
qilish. Siyosatda va mafkurada ashaddiy, favqulodda harakat va qarashlarga asoslanib 
faoliyat yuritish, keskin qarashlar va vositalarga moyillik. E.ning siyosiy va diniy 
ko‗rinishlari yaqqol ajralib turadi. Siyosiy E. namoyandalari o‗zlarining g‗arazli 
maqsadiga erishish uchun kuch ishlatish usullaridan foydalanib, mavjud siyosiy 
tuzilmalarning barqaror faoliyat yuritishini buzish va yo‗qotishga harakat qiladi. Bu 
yo‗lda ekstremistlar va ekstremistik tashkilotlar «demokratiya» niqobi ostida 
balandparvoz shiorlar, chaqiriqlar bilan chiqib, terrorchilik va partizanlik harakatlarini 
qo‗llab-quvvatlaydilar, qonunga rioya etmaslik, ish tashlashlar, tartibsizliklar chiqarishga 
urinadilar, odamlarni gij-gijlaydilar, terror qilish usulidan foydalanadilar. Ekstremistik 
tashkilotlarning rahbarlari har qanday murosa va kelishuvni rad etadilar. O‗ziga tobelarni 
o‗z buyruq va ko‗rsatmalarini ko‗rko‗rona bajarishga majbur etadilar. Siyosiy E.ning 
millatchilik ko‗rinishi turli millat va etnik guruhlar huquqini inkor etishda namoyon 
bo‗ladi. Millatchi ekstremistlar faoliyati separatizm bilan bog‗liq bo‗lib, ko‗p millatli 
davlatlarni yo‗qotish, tub millat hukmronligini o‗rnatishga qaratiladi. Bunday E. 
millatlararo munosabatlarning keskinlashuvi va xalqlar o‗rtasida mojarolar chiqishiga 
olib keladi. Diniy ekstremizm, avvalo, boshqa konfessiyalarga, ularning vakillariga 
nisbatan toqatsiz bo‗ladi. Diniy tashkilotlardan dunyoviy davlatga qarshi kurashda 
foydalanadi. E.ning turli ko‗rinishlari so‗nggi vaqtlarda dunyoning ko‗p mamlakatlarida, 
xususan, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasida ham o‗zini namoyon eta boshladi. 
Turli diniy ekstremistik tashkilotlar (―Hizbut-tahrir‖, ―Tavba‖) yangidan mustaqillikni 
qo‗lga kiritgan dunyoviy davlatlarga tahdid solmoqda. Ular vaqtinchalik qiyinchiliklarni 
ro‗kach qilib, aholini, ayniqsa, yoshlar ongini aqidaparastlik g‗oyalari bilan 
zaharlamoqda. Farzandlarni yo‗ldan urishga, o‗z ota-onasiga, aka-ukasiga, o‗zi tug‗ilib 
o‗sgan maskaniga, davlatiga qarshi qo‗yishga harakat qilmoqda. Bugungi kunda E.ga 
qarshi kurash o‗ta dolzarb vazifa hisoblanadi. 
EKUMENIZM
— (lot
. oecumenicus – 
jahon, yer yuzi) — diniy konfessiyalarning 
birlashtirish harakati. Xristian mazhablarini birlashtirish uchun olib boriladigan harakat


81 
na.oniy va masihiy bo‗lmagan mazhablar kelishuv harakatlari asosidagi integratsiya 
jarayonlari.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin