Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


ELITALARNI TANLASH, SARALASHNING ANTERPRENERLIK TIZIMI



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   462
LUG\'AT

ELITALARNI TANLASH, SARALASHNING ANTERPRENERLIK TIZIMI 
— gildiyalar tizimining aksi. Uni a) ochiqligi, yetakchi o‗rinlarni egallashda barcha 
ijtimoiy guruh vakillarining keng imkoniyatlarga egaligi; b) rasmiy talablar, institutsional 
filtrlarning kam miqdori; v) elitalarni saralovchi doirasining kengligi, hatto 
mamlakatning barcha saylovchilari bo‗lishi mumkinligi; g) rahbarlik o‗rinlarini egallash 
uchun kurashning o‗tkirligi saralashning raqobatliligi;
 
d) shaxsiy fazilatlar, faollikning, 
keng tinglovchilar hayrihoxligiga erisha olishning birinchi darajali ahamiyatga ega 
ekanligi. Bu tizim demokratik davlatlar uchun xos.
ELITARIZM
— u yoki bu irqiy, etnik guruhning, xalqning dunyoda boshqalar 
ustidan afzalligi, uning o‗ziga xos tarixiy vazifalarini ko‗rsatib beruvchi g‗oya. U 
fashizmning siyosiy mafkura sifatidagi nazariy negizini tashkil etadi. 
ELITOKRATIYA
(fr. 
elite

saralangan) — elita hokimiyati. Bu turga mansublar 
jamiyatning eng yaxshi, boy, o‗qimishli qatlamlari hisoblanadi. Hukmron elitalar siyosiy, 
iqtisodiy, harbiy va kabi turlarga ajratiladi.
ELITOLOGIYA 
— elitalar haqidagi fan. 
EMANSIPATSIYA 
(lot. 
emancipatio
) — 1) jabr zulm, qaramlik, tutqunlik, turli 
bid‘atlardan qutilish (mas., xotin-qizlar E.si); 2) voyaga yetmagan kishini muomalaga 
layoqatli deb e‘lon qilish. O‗zbekiston Respublikasining Fuqarolik huquqida E. qoidalari 
Fuqarolik kodeksiga birinchi marta kiritildi. Voyaga yetmagan shaxsni to‗la muomalaga 
layoqatli deb e‘lon qilish ota-onaning, farzandlikka oluvchilarning yoki homiyning 
roziligi bilan vasiylik va homiylik organining qaroriga muvofiq yoxud bunday rozilik 
bo‗lmagan taqdirda, sudning qarori bilan amalga oshiriladi. Ota-ona, farzandlikka 
oluvchilar va homiy, E. qilingan voyaga yetmagan shaxsning majburiyatlari bo‗yicha, 
xususan, u yetkazgan zarar oqibatida kelib chiqqan majburiyatlar bo‗yicha javobgar 
bo‗lmaydilar. 3) mustaqillikni va teng huquqlikni qo‗lga kiritish. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin