83
iqtisodiy yoki siyosiy, moliyaviy, ilmiy-texnik tazyiq vositasi bo‗lib, hukumat tomonidan
joriy etiladi. 2) o‗z hatti-harakatlari bilan butun dunyo tinchligiga va xalqaro xavfsizlikka
tahdid soluvchi davlatlarga nisbatan iqtisodiy va moliyaviy bosimning repressiv chorasi
sifatida qo‗llaniladigan tovarlar va valyutalarni, shun.,
tijorat va savdo-iqtisodiy
faoliyatning boshqa turlarini mamlakatga olib kirishni va undan olib chiqib ketishni to‗liq
yoki qisman man qilish. BMT qaroriga ko‗ra, BMT Ustavini buzganligi yoki boshqa
nojo‗ya ishlari uchun jazo chorasi tarzida muayyan mamlakatlarning boshqa mamlakatlar
bilan savdo aloqalarini to‗sib qo‗yshi ham E. hisoblanadi. E. aksariyat hollarda iqtisodiy
xarakterga ega bo‗ladi. E. qo‗llash hamisha ham adolatli bo‗lishini ta‘kidlash qiyin.
Geosiyosiy raqobat natijasida qudratli davlatlar tazyiqi ostida ayrim davlatlarga nisbatan
E. bir yoqlama qo‗llanilishini kuzatish mumkin. Bunga qudratli davlatlarga nisbatan
deyarli hech qachon E. qo‗llanilmasligini yoki neft ko‗p bo‗lgan, ammo o‗z
mustaqil
siyosatini yuritishga harakat qilgan ayrim zaif mamlakatlarga nisbatan bunday
taqiqlashni qo‗llanilishini misol keltirish mumkin.
EMIGRANT (
lot.
emigrare
– chiqish
) -
o‗z davlati fuqoroligini
tark etgan yoki
boshqa bir davlatga butunlay yashash uchun ko‗chib ketgan shaxs.
EMIGRATSIYA
(lot.
emigro
–
ko‗chish, ko‗chib ketmoq) — aholining muayyan
mamlakatdan boshqa mamlakatga doimiy yoki vaqtinchalik yashash uchun (ixtiyoriy
yoki majburiy) iqtisodiy, ijtimoiy (ko‗pincha diniy) va siyosiy sababga ko‗ra ko‗chib
ketishi. E., asosan, kam rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga xos bo‗lib, u
yerdagi ishsizlik va b.lar
iqtisodiy qiyinchiliklar, ijtimoiy va milliy tengsizlik, siyosiy,
diniy va b.lar ta‘qiblar tufayli sodir bo‗ladi. E. mamlakatlar aholisining soni va tarkibiga
bevosita ta‘sir etadi. E. tushunchasi uchun yagona ta‘rif mavjud emas., har bir davlatning
o‗z mezonlari bor. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‗g‗risidagi xalqaro paktda har bir
fuqaroning
xohlagan davlatni, jum., o‗z mamlakatini ham tark etish huquqi nazarda
tutilgan.
EMISSAR
(lot. vakil) — bir davlat tomonidan boshqa bir davlatga muayyan
(odatda, maxfiy) topshiriq bilan yuboriladigan shaxs, agent. E. missiyasi, odatda, rasmiy
xarakterga ega bo‗lmaydi.
Dostları ilə paylaş: