ETATISTIK SIYOSIY MADANIYAT —
davlat va davlat institutlarini jamiyat
siyosiy hayotini tashkil etish, individlarning siyosatda ishtirok etishining prinsip va
normalarini belgilovchi yetakchi rolini anglatuvchi ham amaliyotda uchrab turadi.
ETATIZM (fr.
etat – davlat) — davlatning jamiyat siyosiy va iqtisodiy sohalarida
faol aralashuvini, asoslovchi ijtimoiy nazariya. Davlatning jamiyat hayotiga faol
aralashuvi. Davlatni jamiyat taraqqiyotining yuqori natijasi va maqsadi hamda o‗z
navbatida, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning asosiy, hal qiluvchi omili deb hisoblovchi
ijtimoiy tafakkur yo‗nalishi. «E.» terminini Shveytsariyalik siyosatshunos N.Dro XIX
a.da qo‗llagan. E. iqtisodiy va siyosiy hokimiyatning o‗ta markazlashishi va
byurokratlashishini, davlatning jamiyat hayotining barcha sohalari (iqtisodiy, ijtimoiy,
madaniy va h.k.) da zo‗ravonligini anglatadi. Etatistik mafkuraning erkinlashuv va
demokratiyaga qarshi xarakteri davlatning avtoritar, totalitar va fashistik shakllarida
yaqqol namoyon bo‗ladi. XX a.ning 30-yillarida Turkiyada E. milliy iqtisodiyotning real
modeli sifatida rasman tan olingan edi. Turkiya Respublikasining birinchi prezidenti
M.K.Otaturk E. siyosatini e‘lon qilgan va bu siyosat mamlakatning 1937-yilgi
konstitutsiyasida mustahkamlab qo‗yilgan. Turli mamlakatlarning iqtisodiy tizimlari o‗z
taraqqiyotining ayrim davrlarida amalda etatistik modelga muayyan darajada
yaqinlashgan. Uning asosiy belgilari fashistlar Germaniyasi singari totalitar davlatlarda
amalga oshirilgan. SSSR, Sharqiy Yevropa, shun., Janubiy Sharqiy Osiyo va Lotin
Amerikasi mamlakatlarida davlat iqtisodiyoti aslida etatistik iqtisodiyot bo‗lgan edi.
Iqtisodiyot etatistik modelining samarasizligi SSSR va Sharqiy Yevropa mamlakatlari
iqtisodiyotining sinishida ayniqsa yaqqol ko‗zga tashlandi.